Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol moddalar: glyukoza suvsiz glyukozaga qayta hisoblanganda – 50 g; natriy xloridi – 0,9 g; yordamchi modda: inyektsiya uchun suv 1 l gacha.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
dekstroza (glyukoza), natriy xloridi.
Preparatning savdo nomi:
Regidrotonik
Farmakalogik guruhi:
Tuzli eritmalar.
Dori shakli:
infuziya uchun eritma..
rangsiz, tiniq suyuqlik.
Tuzli eritmalar.
V05VV
Preparatni turli genezli, qusish, diareya oqibatidagi degidratatsiyada, operatsiyadan keyingi davrda, kollapsda, shokda (turli qon o‘rnini bosuvchilari va shokka qarshi suyuqliklarning komopnenti sifatida), yo‘qotilgan suyuqlikning o‘rnini to‘ldirish uchun, operatsiya vaqtida va undan keyin qon plazmasi hajmini tutib turish uchun, organizmda uglevodlarni yetishmovchiligining o‘rnini qoplash uchun, gemorragik diatezlarda, dezintoksikatsiya maqsadida infuzion davolash uchun, shuningdek boshqa preparatlarning eritmalarini tayyorlash uchun qo‘llanadi.
Vena ichiga (v/i) tomchilab yuboriladi.
Yuborishdan oldin eritmani 36-380S gacha isitish kerak.
Preparatni yirik periferik venalarni ta’sirlanishini iloji boricha kamaytirish uchun kichik diametrli ignalar yordamida sekin yuborish tavsiya qilinadi.
Eritmani qon tomirdan tashqari to‘qimaga tushishi oqibatida infiltratlarni hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasin.
Dozalash shifokorning ko‘rsatmasiga binoan amalga oshiriladi va patsiyentning yoshi, tana vazni, klinik holati va laborator tekshirishlarining ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘ladi.
Odatda sutkada 300-1500 ml dan, minutiga maksimal 80 tomchigacha, bolalarga soatiga 5 ml/kg tezlikda qo‘llanadi.
Kattalar uchun maksimal sutkalik doza 2000 ml ni tashkil qiladi.
Preparatni gematokrit va qondagi elektrolitlarning kontsentratsiyasini nazorati ostida o‘tkaziladi.
Yuborilgan va yo‘qotilgan suyuqlik muvozanatini har 6 soatda aniqlanadi.
Preparat qo‘llanganda turli reaktsiyalar: febril reaktsiya (bosh og‘rig‘i, tana haroratini oshishi), inyektsiya qilingan joyda infektsiyalar, inyektsiya qilingan joydan boshlanadigan venalar trombozi yoki flebiti, ekstravazatsiya va gipervolemiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, diareya, terlash, isitma, taxikardiya, arterial gipertoniya, buyrak faoliyatini buzilishi, shishlar, hansirash, bezovtalik, holsizlik, mushaklarni tortishishi va gipertonusi paydo bo‘lishi mumkin.
Eritmani katta miqdorda yuborish xloridli atsidozga, gipergidratatsiyaga, organizmdan kaliyni chiqarilishini oshishiga olib kelishi mumkin.
Reaktsiyalar paydo bo‘lganida yuborishni to‘xtatish, patsiyent holatini baholash, muvofiq terapevtik qarshi choralarni o‘tkazish, shuningdek zarurati bo‘lganida qolgan suyuqlikni ekspertiza uchun saqlash zarur.
Gipernatriyemiya, gipergidratatsiya holati, giperglikemiya, qandli diabet, o‘pka, miyani shishishi bilan xavfini soluvchi qon aylanishini buzilishlari, surunkali buyrak va yurak yetishmovchiligi, kortikosteroidlarning katta dozalari bilan davolash, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni glyukokortikosteroidlar bilan birga qo‘llanganda gipernatriyemiya kuchayadi.
Shuning uchun uni kortikosteroidlar, kortikotropin olayotgan patsiyentlarga, shuningdek tuz to‘planishiga moyilligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Regidrotonik eritmasida natriy ionlari saqlanganligi sababli, uni zarurat tug‘ilganda dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, ayniqsa patsiyentlarda va keksa odamlarda operatsiyadan keyin, og‘ir buyrak yetishmovchiligida, siydik – chiqarish yo‘llarini obstruktsiyasida, gipervolemiyada, shuningdek natriyni tutilishi tufayli shishlar bilan kechadigan klinik holatlarda katta ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim.
Uzoq muddat parenteral davolashda glyukoza miqdorini o‘zgarishlarini, shuningdek qonda suyuqlik va elektrolitlarning muvozanatini laborator va klinik tekshirishlarni muntazam o‘tkazish yo‘li bilan kuzatish zarur.
Bolalarga, ayniqsa chaqaloqlarga va chala tug‘ilgan chaqaloqlarga (buyrak faoliyati hali yetilmagan yoki suyuqlikni chiqarilish qobilyati cheklangan bo‘lsa) v/i eritmani dozalash va preparatniin fuziyasini tezligi giperkalemiya/giperglikemiyani rivojlanishining yuqori xavfi, zardobni giperosmolyarligi va qon quyilishi ehtimoli tufayli ehtiyotkorlik bilan tanlanishi kerak.
Glyukozaning zardobdagi kontsentratsiyasini, suyuqlikni istyemol qilinishi, diurez va zardobdagi elektrolitlarning kontsentratsiyasi doimiy monitoringi talab qilinadi.
Chaqaloqlarda va juda kichik bolalarda xatto suyuqlikning oz miqdori suv-tuz muvozanatiga ta’sir qilishi mumkin.
Preparat glyukoza saqlaydi, shuning uchun uni yaqqol yoki subklinik qandli diabeti yoki uglevodlarga har qanday genezli intolerantlantligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Regidratonikni boshqa preparatlarning eritmalari bilan aralashtirganda yuz berishi mumkin bo‘lgan nomutanosiblikning xavfini iloji boricha minimumga yetkazish uchun, ushbu aralashmalar aralashtirilgandan keyinoq, yuborishdan oldin, shuningdek yuborish vaqtida loyqa yoki cho‘kma borligini aniqlash uchun vizual tekshirilishi lozim.
suyuqlik muvazanatini, elektrolitlarning kontsentratsiyasini o‘zgarishini va uzoq parenteral davolash vaqtida kislota ishqor muvazanatini kuzatish maqsadida, shuningdek zarur bo‘lganda bemorning holatiga ko‘ra vaqti-vaqti bilan muntazam klinik baholashni amalga oshirish va laboratoriya tahlillarini o‘tkazish kerak.
Preparatni homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Preparatni homilador ayollarga faqat juda zarur hollarda buyurish lozim.
Suyuqlik muvozanatini, glyukoza va elektrolitlarning kontsentratsiyasini kuzatish, shuningdek ona va homilada kislota ishqor muvozanatini vaqti-vaqti bilan kuzatib turish zarur.
Yuborilgan suyuqlikning miqdori, chaqirilayotgan siydik va elektrolitlarning zardobdagi darajasini kuzatish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin!
Ortiqcha suvli intoksikatsiyasi sindromi bilan xaraketlanadi.
Darhol yuborishni to‘xtatish va muvofiq davolashni buyurish kerak.
Natriy xloridining gipertonik eritmasini, kuchli diuretiklarni (o‘tkir yurak yetishmovchiligida va o‘pka shishida) yuborish, elektrolitlar muvozanatini to‘g‘rilash tavsiya qilinadi.
Retsept bo‘yicha
Infuziya uchun eritma 100, 250 yoki 500 ml dan flakonlarda.