Reamoks Neoretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: amoksitsillin trigidrat – 250 mg yoki 500 mg. yordamchi moddalar: kaltsiy yoki magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

amoksitsillin

Preparatning savdo nomi:

Reamoks Neo

Farmakalogik guruhi:

Antibiotiklar (penitsillinlar guruxi).

Dori shakli:

kapsulalar.

oq yoki deyarli, oq rangli kukun bilan to‘ldirilgan “2” razmer 250 mg li kapsulalar uchun, “0” razmerli 500 mg li kapsulalar uchun qattiq jelatinli kapsulalar.

Antibiotiklar (penitsillinlar guruxi).

J01CA04

So‘rilishi – tez, yuqori (93%), ovqat qabul qilish so‘rilishiga ta’sir qilmaydi, me’daning kislotali muhitida parchalanmaydi. 125 va 250 mg dozada suspenziya (yoki tabletkalar) ko‘rinishida ichga qabul qilinganida, maksimal kontsentratsiyasi muvofiq – 1,5-3 mkg/ml va 3,5-5 mkg/ml. Peroral qabul qilinganidan keyin maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti 1-2 soat. Katta taqsimlanish hajmiga ega – yuqori kontsentratsiyasi plazmada, balg‘amda, bronxial sekretida (yiringli bronxial sekretida taqsimlanishi kuchsiz), plevral va peritoneal sekretida, siydikda, teri qavariqlarining ichidagisida, o‘pka to‘qimasida, ichakning shilliq qavatida, ayollarning jinsiy a’zolarida, prostata bezida, o‘rta quloq suyuqligida, suyakda, yog‘ to‘qimasida, o‘t-qopida (jigarning normal faoliyatida), homila to‘qimalarida aniqlanadi. Doza 2 marta oshirilganida kontsentratsiyasi ham 2 marta oshadi. Safrodagi kontsentratsiyasi plazmadagi kontsentratsiyasidan 2-4 marta yuqori. Amniotik suyuqligi va kindik tasmasi tomirlaridan amoksitsillinning kontsentratsiyasi, homilador ayol plazmasidagi darajadan -25-30%. Gematoentsefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi, miya pardalarini yallig‘lanishida (meningit) orqa miya suyuqligidagi kontsentratsiyasi plazmadagi darajasidan taxminan 20%. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 17%. Nofaol metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan qisman metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 1-1,5 soat. 50-70% buyraklar orqali o‘zgarmagan holda naychalar ekskretsiyasi (80%) va kalava filtratsiyasi (20%), jigar tomonidan – 10-20% chiqariladi. Katta bo‘lmagan miqdori ko‘krak suti bilan chiqariladi. Buyraklarning faoliyatini buzilishida (kreatinin klirensi minutiga 15 ml dan kamroq yoki teng) yarim chiqarilish davri 8,5 soatgacha oshadi. Amoksitsillin gemodializ yordamida chiqariladi.

Sezgir mikroflora chaqirgan bakterial infektsiyalar: nafas yo‘llari va LOR a’zolarining (sinusit, faringit, tonzillit, o‘tkir o‘rta otit, bronxit, pnevmoniya), siydik jinsiy yo‘llarining (piyelonefrit, piyelit, tsistit, uretrit, gonoreya, endometrit, tservitsit), me’da-ichak yo‘llarining (enterokolit, qorin tifi, xolangit, xoletsistit) infektsiyalari, teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infektsiyalangan dermatozlar), leptospiroz, listerioz, Layma kasalligi (borrelioz), dizenteriya, salmonellez, salmonella tashuvchilik, endokardit (oldini olish) da qo‘llaniladi.

Ichga, ovqat qabul qilishlan oldin yoki keyin. Kattalar va 10 yoshdan (tana vazni 40 kg dan ko‘proq) oshgan bolalarga 0,5 g dan sutkada 3 marta buyuriladi; infektsiyani og‘ir kechishida 0,75-1,0 g dan sutkada 3 marta. 5-10 yoshli bolalarga 0,25 g dan; 3-5 yoshli 0,125 g dan sutkada 3 marta buyuriladi; infektsiyani og‘ir kechishida sutkada 60 mg/kg 3 qabulda (maksimal sutkalik doza). Davolash kursi 5-12 kun. O‘tkir asoratlanmagan gonoreyada 3 g bir marta buyuriladi; ayollarni davolashda ko‘rsatilgan dozani takroriy qabul qilish tavsiya etiladi. Me’da-ichak (paratiflar, qorin tifi) va o‘t yo‘llarining o‘tkir infektsion kasalliklarida, ginekologik infektsion kasalliklarda kattalarga 1,5-2 g dan sutkada 3 marta yoki 1-1,5 g sutkada 4 marta. Leptospirozda kattalarga 0,5-0,75 g dan sutkada 4 marta 6-12 kun davomida. Salmonella tashuvchilikda kattalarga 1,5-2 g dan sutkada 3 marta 2-4 hafta davomida. Kichik xirurgik aralashauvlarda endokarditni oldini olish uchun kattalarga 3-4 g muolajani o‘tkazishdan 1 soat oldin. Zarurati bo‘lganida takroriy doza 8-9 soat o‘tgach buyuriladi. Bolalarda doza ikki martaga kamaytiriladi. Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda kreatinin klirensi 15-40 ml/minut bo‘lganida, qabullar orasidagi interval 12 soatgacha oshiriladi; kreatinin klirensi 10 ml/minutdan pastligida doza 15-50% ga kamaytiriladi; anuriyada maksimal doza sutkada 2 g ni tashkil qiladi.

Allergik reaktsiyalar: eshakemi, terining giperemiyasi, eritema, angionevrotik shish, rinit, kon’yunktivit; kam – isitma, bo‘g‘imlarda og‘riq, eozinofiliya, eksfoliativ dermatit, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, Stivens-Djonson sindromi; zardob kasalligiga o‘xshash reaktsiyalar; yakka hollarda – anafilaktik shok kuzatilishi mumkin. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: disbakterioz, ta’mni o‘zgarishi, qusish, ko‘ngil aynishi, diareya, stomatit, glossit, jigar faoliyatini buzilishi, “jigar” transaminazalarining faolligini o‘rtacha oshishi, soxtamembranoz enterokolit. Nerv tizimi tomonidan: qo‘zg‘alish, havotirlik, uyqusizlik, ongni chalkashishi, hulqni o‘zgarishi, depressiya, periferik neyropatiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tirishishli reaktsiyalar. Laboratoriya ko‘rsatkichlari: leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopenik purpura, anemiya. Boshqalar: nafasni qiyinlashishi, taxikardiya, interstitsial nefrit, qin kandidozi, superinfektsiya (ayniqsa surunkali kasalliklari bo‘lgan yoki organizmning rezistentligi pasaygan patsiyentlarda).

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa penitsillinlarga, tsefalosporinlarga, karbapenemlarga), 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun). Ehtiyotkorlik bilan – allergik kasalliklar (shu jumladan anamnezdagi), anamnezdagi me’da-ichak yo‘llarining kasalliklari (ayniqsa antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan kolit), buyrak yetishmovchiligi, jigar faoliyatining og‘ir darajali buzilishlari, homiladorlik, laktatsiya davri, infektsion mononukleoz, limfoleykoz.

Antatsidlar, glyukozamin, surgi vositalari, ovqat, aminoglikozidlar – so‘rilishini sekinlashtiradi va pasaytiradi; askorbin kislotasi so‘rilishini oshiradi. Bakteritsid antibiotiklar (shu jumladan aminoglikozidlar, tsefalosporinlar, vankomitsin, rifampitsin) – sinergik; bakteriostatik preparatlar (makrolidlar, xloramfenikol, linkozaminlar, tetratsiklinlar, sulfanilamidlar) – antagonistik ta’sir ko‘rsatadi. Bilvosita antikoagulyantlarning samaradorligini oshiradi (ichak mikroflorasini bostirib, K vitaminining sintezini va protrombin indeksini pasaytiradi); estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlarning, metabolizmi jarayonida paraaminobenzoy kislotasi xosil bo‘luvchi dori vositalarining samaradorligini kamaytiradi, etinilestradiolni – “yorib o‘tish” qon ketishlarini rivojlanish xavfi. Diuretiklar, allopurinol, oksifenbutazon, fenilbutazon, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, naychalar sekretsiyasini bloklovchi preparatlar – naychalar sekretsiyasini pasaytirib, kontsentratsiyasini oshiradi. Allopurinol teri toshmasining rivojlanishi xavfini oshiradi. Metotreksatning klirensini kamaytiradi va toksikligini oshiradi. Digoksinni so‘rilishini kuchaytiradi.

Kursli davolashda qon yaratish a’zolari, jigar va buyraklar faoliyatining holatini nazorat qilish kerak. Amoksitsillinga rezistent mikrofloraning o‘sishi hisobiga superinfektsiya rivojlanishi mumkin, bu antibakterial davolashni muvofiq o‘zgartirishni talab qiladi. Bakteriyemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolashda endotoksik shok reaktsiyasi (Yarish-Gerksgeymer reaktsiyasi) rivojlanishi mumkin. Penitsillinlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda, tsefalosporin antibiotiklari bilan kesishgan allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Yengil diareyani davolashda kursli davolash fonida, ichakning peristaltikasini pasaytiruvchi diareyaga qarshi preparatlardan saqlanish kerak. Og‘ir darajali diareyada mutaxassis bilan maslahatlashish kerak. Kasallikning klinik belgilari yo‘qolganidan keyin davolash yana 48-72 soat davom ettirilishi kerak. Estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlar va amoksitsillin bir vaqtda qo‘llanganida, iloji boricha kontratseptsiyaning boshqa yoki qo‘shimcha usullarini ishlatish kerak.

Preparatni homiladorlik vaqtida faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan holda qo‘llash mumkin. Laktatsiya davrida preparatni buyurishning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, suv-elektrolit balansini buzilishi (qusish va diareyaning oqibati sifatidagi). Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, tuzli surgilarni buyurish, suv-elktrolit balansini to‘g‘irlash; gemodializ. Chiqarilish shakli Kapsulalar 250 mg va 500 mg dan blisterda. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil.

Retsept bo‘yicha