Realis Neoretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: 100% suvsiz moddaga qayta xisoblangandagi tadalafil – 20 mg; yordamchi modalar: laktoza, makkajo‘xori kraxmali, natriy lauril sulfat, izopropil spirti, povidon K-30, aerosil, talk, natriy kroskarmelloza, magniy stearat.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tadalafil

Preparatning savdo nomi:

Realis Neo

Farmakalogik guruhi:

Potentsiyani muvofiqlashtiruvchi vosita.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

och-sariq rangdan jigarrang-sarg‘ish ranggacha bo‘lgan, romb shaklidagi, ikkiyoqlama qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Potentsiyani muvofiqlashtiruvchi vosita.

G04BE

Ichga qabul qilingandan keyin tadalafil tez so‘riladi. Maksimal kontsentratsiyaga (Smax) o‘rtacha 2 soatdan keyin erishiladi. So‘rilish darajasi va tezligi ovqat qabul qilishga bog‘liq emas. 2,5 dan 20 mg gacha bo‘lgan dozalar diapazonida “kontsentratsiya-vaqti” (AUC) egri chiziq osti maydoni dozaga proportsional oshadi. Plazmadagi muvozanat kontsentratsiyasiga (Sss) preparat sutkada 1 marta qabul qilinganida 5 kun davomida erishiladi. Tadalafil organizmning to‘qimalarida taqsimlanadi. Taqsimlanish hajmi (Vd) 63 l atrofidagini tashkil qiladi. Terapevtik kontsentratsiyalarda tadalafilning 94% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. CYP3A4 izofermenti ishtirokida metabollanadi. Asosiy metaboliti metilkatexolglyukuroniddir. Sog‘lom shaxslarda ichga qabul qilinganida tadalafilning o‘rtacha klirensi 2,5 l/soatni, o‘rtacha yarim chiqarilish davri (T1/2) -17,5 soatni tashkil qiladi. Nofaol metabolitlar ko‘rinishida asosan ahlat bilan (61% atrofida) va kam darajada siydik bilan (36% atrofida) chiqariladi. Alohida klinik vaziyatlardagi farmakokinetikasi – yengil (kreatinin klirensi (KK 51 dan 80 ml/min gacha) yoki o‘rtacha darajali og‘irlikdagi (KK 30 dan 50 ml/min gacha) buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda AUC sog‘lom shaxslardagiga nisbatan katta. Og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (KK<30 ml/min) preparatni qo‘llanishi o‘rganilmagan. Jigar faoliyatining kuchsiz yoki o‘rtacha ifodalangan buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda tadalafil farmakokinetikasi sog‘lom shaxslardagi bilan o‘xshash.

Jinsiy olatni qoniqarli jinsiy aloqa uchun yetarli bo‘lgan erektsiyasiga erishaolmasligi yoki saqlay olmasligi bilan ifodalanuvchi erektsiyaning buzilishi.

Ko‘proq: bosh og‘rig‘i (11%), dispepsiya (7%). Bo‘lishi mumkin: belda og‘riq, mialgiya, burunni bitishi, yuzga qonni oqib kelishi. Kam: qovoqlarning shishi, ko‘zlarda og‘riq, kon’yunktivaning qizarishi, bosh aylanishi.

– Tadalafilga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; – har qanday organik nitratlarni saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish; – 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar.

Boshqa preparatlarni tadalafilga ta’siri CYP3A4 ning selektiv ingibitori ketokonazol AUC ni 107% ga, rifampitsin uni 88% ga kamaytiradi. Mahsus o‘zaro ta’sirlari o‘rganilmaganligiga qaramay, ritonavir va sakvinavir kabi proteazalarning ingibitorlari, hamda CYP3A4 ning eritromitsin va itrakonazol kabi ingibitorlari, tadalafilning faolligini oshiradi. Antatsid (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) va tadalafilni bir vaqtda qabul qilish oxirgini, uning AUC ni o‘zgarishsiz, so‘rilish tezligini kamaytiradi. Gistamin N2-retseptorlarining blokatori nizatidinni qabul qilish natijasida me’da shirasining rN ni oshishi, tadalafilning farmakokinetikasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Tadalafilni boshqa preparatlarga ta’siri Tadalafil nitratlarning gipotenziv ta’sirini kuchaytiradi. Bu nitratlar va tadalafilni azot oksidi va mGMF metabolizmiga additiv ta’siri natijasida yuz beradi. Shuning uchun preparatni nitratlar fonida qo‘llash mumkin emas. Tadalafil metabolizmi R450 tsitoxrom izofermentlari ishtirokida yuz beradigan preparatlarning klirensiga klinik sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Varfarinning protrombin vaqtiga nisbatan ta’sir ko‘rsatmaydi va atsetilsalitsil kislotasining ta’siri fonidagi qon ketishining davomiyligini oshirmaydi. Tadalafilni antigipertenziv preparatlar kaltsiy kanallarining blokatorlari (amlodipin), angiotenzin – aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari (enalapril), beta-adrenoblokatorlar (metoprolol), alfa-adrenoblokatorlar, tiazid diuretiklar (bendoflyuazid), angiotenzin II retseptorlarining blokatorlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sir namoyon qilmaydi. Preparatni gipotenziv preparatlar bilan birga yoki ularsiz qo‘llangan patsiyentlarda nojo‘ya ko‘rinishlari bo‘yicha farqlar aniqlanmagan. Preparat bir marta qabul qilinganida etanolning qondagi kontsentratsiyasiga, etanolning kognitiv faoliyatga ta’siriga va arterial bosimga (AB) ta’siri aniqlanmagan. Bundan tashqari, tadalafil etanol bilan birga qabul qilinganidan so‘ng 3 soatdan keyin uning qondagi kontsentratsiyasining darajasini o‘zgarishi kuzatilmagan. Tadalafil teofillinning farmakokinetikasiga klinik sezilarli samara ko‘rsatmaydi.

Og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligida (KK <30 ml/min) va og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni o‘ta ehtiyotkorlik bilan va juda zarur bo‘lgan hollarda qo‘llash kerak. O‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparat bilan davolash fonida (KK 31 dan 50 ml/mingacha) yengil og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi (KK 51 dan 80 ml/mingacha) yoki sog‘lom ko‘ngillilar bilan solishtirganda ko‘proq belda og‘riq aniqlangan. KK<50 ml/min bo‘lgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Yurak-tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar uchun seksual faollik potentsial havfga ega. Shuning uchun erektil disfunktsiyani, shu jumladan preparatni qo‘llash bilan davolashni yurakning seksual faollik tavsiya qilinmaydigan kasalliklari bo‘lgan erkaklarda o‘tkazish mumkin emas. Yurak-tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda seksual faollikda asoratlarning rivojlanishini potentsial havfini hisobga olish lozim: – oxirgi 90 kun davomida miokard infarkti; – noturg‘un stenokardiya yoki jinsiy aloqa vaqtida paydo bo‘ladigan stenokardiya; – oxirgi 6 oy davomida rivojlangan surunkali yurak yetishmovchiligi (II funktsional sinfi va yuqori NYHA tasnifi bo‘yicha); – yurak ritmining nazorat qilinmaydigan buzilishlari; – arterial gipotenziya (AB 90/50 mm sim. ust. kamroq) yoki nazorat qilinmaydigan arterial gipotenziya; – oxirgi 6 oy davomida o‘tkazilgan insult. Preparatni priapizmga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, o‘roq-hujayrali anemiyada, ko‘p sonli miyeloma yoki leykemiyada) yoki jinsiy olatning anatomik deformatsiyasi (masalan, angulyatsiyada, kavernoz fibrozda yoki Peyron kasalligida) bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Patsiyent 4 soat va undan ko‘p davom etgan erektsiya hollarida darhol shifokorga murojaat qilishi kerak. Priapizmni o‘z vaqtida davolamaslik jinsiy olat to‘qimasining shikastlanishiga olib keladi, buning natijasida potentsiyani uzoq muddatli yo‘qolishi yuz berishi mumkin. Preparatni davolashning boshqa turlari bilan majmuaviy qo‘llashning havfsizligi va samarasi o‘rganilmagan. Shuning uchun bunday majmualar tavsiya qilinmaydi. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri – maxsus tavsiyalar yo‘q. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Quruq, salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Sog‘lom ko‘ngillilarda sutkada 500 mg dan bir marta va erektil disfunktsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda ko‘p marta sutkada 1000 mg gacha bo‘lgan dozada qo‘llanganida, nojo‘ya samaralari preparatni kichik dozalarda qo‘llanganidek bo‘lgan. Davolash: standart simptomatik davolashni o‘tkazish.

Retsept bo‘yicha

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 20 mg dan №4.

3 yil.