Ranitidin Akriretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: ranitidin gidroxloridi 100% moddaga qayta hisoblaganida 167,4 mg, bu  150 mg ranitidinga ekvivalent; yordamchi moddalar: sut qandi (laktoza) – 25 mg; mikrokristall tsellyuloza – 33,95 mg; kartoshka kraxmali – 22,35 mg; natriy kraxmal glikolyati (karboksikraxmal natriy) – 5,2 mg; polivinilpirrolidon (povidon) – 2,1 mg; aerosil (kolliod kremniy dioksidi) – 2 mg; magniy stearati – 2 mg; qobiq tarkibi: oq rangli “Opadray AMB” tayyor aralashmasi – 13 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ranitidin

Preparatning savdo nomi:

Ranitidin-Akri

Farmakalogik guruhi:

me’da-ichak yarasiga qarshi vosita (N-blokatori).

Dori shakli:

tabletkalar

dumaloq, ikki tomoni qabariq, oqdan och sarg‘ish yoki sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. G‘adir-budirlik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

me’da-ichak yarasiga qarshi vosita (N-blokatori).

A02VA02

Tez so‘riladi, ovqat qabul qilish so‘rilish darajasiga ta’sir qilmaydi. Ichga qabul qilinganida ranitidinning biokiraolishligi taxminan 50% ni tashkil qiladi. Maksimal kontsentratsiyasi 36-94 ng/ml chegaralarida o‘zgaradi va 150 mg doza qabul qilinganidan keyin 2-3 soat o‘tgach aniqlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 15% dan oshmaydi. Jigarda dismetilranitidin hosil bo‘lishi bilan ahamiyatsiz metabolizmga uchraydi. Jigar orqali “birinchi o‘tish” samarasiga ega. Eliminatsiyasining tezligi va darajasi jigarning holatiga kam bog‘liq. Ichga qabul qilinganidan keyin yarim chiqarilish davri – 2,5 soat, kreatinin klirensi minutiga20-30 ml bo‘lganida – 8-9 soat. Asosan siydik bilan o‘zgarmagan holda, ozgina miqdori ahlat bilan chiqariladi. Gematoentsefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi. Ko‘krak suti bilan chiqariladi (ayollarda laktatsiya davrida ko‘krak sutidagi kontsentratsiyasi plazmadagidan yuqori). Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ranitidinning yarim chiqarilish davri buyrak faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlar bilan solishtirganda 2-3 marta uzayadi.

Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash va oldini olish, shu jumladan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYAQP) qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan; reflyuks-ezofagit; eroziv ezofagit; Zollinger-Ellison sindromi, me’da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlarini operatsiyadan keyingi “stress” yaralarini davolash va oldini olish; me’da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlaridan qon ketishlarining qaytalanishini oldini olish; umumiy anesteziya ostidagi operatsiyalarda me’da shirasining aspiratsiyasini oldini olish (Mendelson sindromi)larda qo‘llanadi.

Ichga, ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar, chaynamasdan, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi. Me’da va 12-barmoq ichak yara kasalligi. Zo‘rayishlarini davolash uchun 150 mg dan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) yoki 300 mg kechasiga buyuriladi. Zarurati bo‘lganida –      300 mg dan sutkada 2 marta. Davolash kursining davomiyligi – 4-8 hafta. Zo‘rayishlarini oldini olish uchun kechasiga 150 mg dan, chekuvchi patsiyentlarga kechasiga – 300 mg dan buyuriladi. NYAQP larni qabul qilish bilan bog‘liq yaralar. 150 mg dan sutkada 2 marta yoki kechasiga 300 mg 8-12 hafta davomida buyuriladi. NYAQP larni qabul qilishda yara hosil bo‘lishini oldini olish – 150 mg dan sutkada 2 marta. Operatsiyadan keyingi va “stress” yaralar. 150 mg dan sutkada 2 marta 4-8 hafta davomida buyuriladi. Eroziv reflyuks-ezofagit. 150 mg dan sutkada 2 marta yoki 300 mg kechasiga buyuriladi. Zarurati bo‘lganida doza 150 mg dan sutkada 4 martagacha oshiriladi. Davolash kursi        8-12 hafta. Davomli profilaktik davolash – 150 mg dan sutkada 2 marta. Zollinger-Ellison sindromi. Boshlang‘ich doza sutkada 3 marta 150 mg ni tashkil qiladi; zarurati bo‘lganida doza oshirilishi mumkin. Davolash davomiyligi – zaruratga qarab. Qaytalanuvchi qon ketishlarni oldini olish. 150 mg dan sutkada 2 marta. Davolash davomiyligi – zaruratga qarab. Mendelson sindromini rivojlanishining oldini olish. Umumiy anesteziyadan 2 soat oldin 150 mg dozada buyuriladi, shuningdek yaxshirog‘i 150 mg oldingi kuni kechqurun. Yo‘ldosh jigar faoliyatini buzilishi mavjudligida dozani pasaytirish talab qilinishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kamligida tavsiya qilinadigan doza sutkada 150 mg ni tashkil qiladi.

Nojo‘ya samaralari a’zolar tizimi sinfi va tez-tezligiga muvofiq quyida keltirilgan. Tez-tezligi bo‘yicha nojo‘ya reaktsiyalari quyidagicha bo‘linadi: juda tez-tez – ≥1/10 (>10%); tez-tez – ≥1/100 dan <1/10 gacha (1-10%); tez-tez emas – ≥1/1000 dan <1/100 gacha (0,1-1%); kam – ≥1/10000 dan <1/1000 gacha (0,01-0,1%); juda kam – <1/10000 (<0,01%), shu jumladan alohida hollar. Har bir tez-tezlik guruhida noxush samaralari ularning jiddiyligini susayishi tartibida berilgan. Qon yaratish a’zolari va limfa tizimi tomonidan: juda kam hollarda – qon formulasini o‘zgarishlari (leykopeniya, trombotsitopeniya). Agranulotsitoz, pantsitopeniya, suyak ko‘migining gipo- va aplaziyasi, immun gemolitik anemiya. Yurak – qon tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda – bradikardiya, atrio-ventirkulyar blokada, vaskulit, arterial bosimni pasayishi, aritmiya, taxikardiya, erta qorincha ekstrasistoliyasi. Sezgi a’zolari tomonidan: juda kam hollarda – ko‘rishning noaniqligi, akkomodatsiya parezi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda kam hollarda – ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, qabziyat, qusish, diareya, qorin og‘rig‘i. Jigar, safro chiqarish yo‘llari va me’da osti bezi tomonidan: kam hollarda– funktsional jigar sinamalarining o‘tkinchli o‘zgarishlari, juda kam hollarda – gepatit (gepatotsellyulyar, xolestatik yoki aralash), sariqlik bilan yoki usiz (odatda qaytuvchi), bunday holda ranitidin bekor qilinishi kerak. Jigar yetishmovchiligi. Juda kam hollarda – o‘tkir pankreatit. Tayanch-harakat tizimi tomonidan: juda kam hollarda – artralgiya, mialgiya. Nerv tizimi tomonidan: juda kam hollarda – ongni qaytuvchi chalkashishi, gallyutsinatsiyalar va depressiya. Bu ko‘rinishlar asosan og‘ir bemorlarda va keksa patsiyentlarda aniqlangan. Juda kam hollarda – bosh og‘rig‘i (ba’zida kuchli), bosh aylanishi, qaytuvchi ixtiyorsiz harakatlar, yuqori charchoqlik, uyquchanlik, uyqusizlik, quloqlarda shovqin, ta’sirchanlik, emotsional labillik, xavotirlik. Allergik reaktsiyalar: kam hollarda – eshakemi, teri toshmasi, angionevrotik shish, bronxospazm; juda kam hollarda – ko‘p shaklli ekssudativ eritema, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, eksfoliativ dermatit, toksik epidermal nekroliz, anafilaktik shok. Buyraklar va siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda kam hollarda – o‘tkir interstitsial nefrit. Endokrin tizimi tomonidan: juda kam hollarda – qaytuvchi impotentsiya, ginekomastiya, galaktoreya, giperprolaktinemiya, amenoreya, libidoni pasayishi. Boshqalar: alopetsiya, giperkreatininemiya, glutamattranspeptidazaning faolligini oshishi, o‘tkir porfiriya kuzatilishi mumkin.

Ranitidin yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Chekish ranitidinning samaradorligini pasaytiradi. Ranitidin tsitoxrom450-oksigenaza tizimiga bostiruvchi ta’sir ko‘rsatadi: Qon zardobida metoprololning “kontsentratsiya-vaqt” (AUC) – farmakologik egri chiziq ostidagi maydoni va kontsentratsiyasini (muvofiq 80 va 50% ga) oshiradi, bunda metoprololning yarim chiqarilish davri 4,4 soatdan 6,5 soatgacha oshadi. Jigarda fenazon, aminofenazon, diazepam, geksobarbital, propranolol, lidokain, fenitoin, teofillin, aminofillin, bilvosita antikoagulyantlar, glipizid, buformin, metronidazol, kaltsiy antagonistlarining metabolizmini susaytiradi. Kumarin antikoagulyantlari bilan davolash fonida (masalan, varfarin) protrombin vaqtini o‘zgarishlarini hollari qayd qilingan, shuning uchun ranitidinni qabul qilish jarayonida protrombin vaqtini sinchkov monitoringini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ranitidinning raqobatli buyrak naychalari sekretsiyasi: Ranitidin qisman kation tizimi tomonidan chiqarilishi oqibatida, bu shu yo‘l bilan chiqariladigan dori vositalarining klirensiga ta’sir qilishi mumkin. Ranitidinning yuqori dozalarini qo‘llash (masalan, Zollinger-Ellison sindromini davolashda) prokainamid va uning faol metabolitining (N-atsetilprokainamidning) chiqarilishini pasaytirishi mumkin, bu plazmada prokainamidning kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi. Me’da ichidagisining rN ga ta’siri: Ranitidin triazolam, midazolam, glipizidning so‘rilishini oshirishi, itrakonazol, ketokonazol, atanazavir, delaviridin, gefitinibning so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Antatsidlar, sukralfat bilan yuqori dozalarda bir vaqtda qo‘llashda ranitidinni so‘rilishi sekinlashishi mumkin, shuning uchun preparatlarni qabullari orasidagi tanaffus kamida 2 soat bo‘lishi kerak. Suyak ko‘migini susaytiruvchi dori vositalari neytropeniya xavfini oshiradi.

Ranitidin-Akri preparati bilan davolash me’da raki bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni niqoblashi mumkin, shuning uchun davolashni boshlashdan oldin xavfli o‘sma borligini istisno qilish kerak. Ranitidin-Akri buyraklar orqali chiqariladi va shuning uchun og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligida plazmada preparatning kontsentratsiyasi oshadi. Bunday holda preparatning dozasini tavsiyalarga muvofiq tanlash kerak. Ranitidin-Akrini o‘tkir porfiriya xurujlarini chaqirishi mumkinligi haqida xabarlar bor, shuning uchun anamnezida o‘tkir porfiriyasi bo‘lgan patsiyentlarga uni buyurishdan saqlanish kerak. N2-gistamin retseptorlarining blokatorlarini olayotgan ayrim guruh patsiyentlarida (keksa odamlar, o‘pkalarning surunkali kasalliklari, qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar, immuniteti susaygan patsiyentlar), kasalxonadan tashqari pnevmoniyaning rivojlanishini xavfi, ranitidin bilan davolashni to‘xtatgan patsiyentlar bilan solishtirganda yuqori. Ranitidinni barcha N2-gistaminoblokatorlari kabi “rikoshet” sindromi tufayli keskin bekor qilish maqsadga muvofiq emas. Ranitidin siydikda oqsilga sinama o‘tkazishda soxtamusbat reaktsiyaning sababi bo‘lishi mumkin. N2-gistamin retseptorlarining blokatorlari pentagastrin va gistaminning me’dani kislota hosil qiluvchi faoliyatiga qarshilik qilishi mumkin, shuning uchun sinamadan oldingi 24 soat davomida Ranitidin-Akri ni qo‘llash tavsiya etilmaydi. N2-gistamin retseptorlarining blokatorlari gistaminga teri reaktsiyasini susaytirishi, shunday qilib, soxtamusbat natijalarga olib kelishi mumkin (darhol allergik teri reaktsiyasini aniqlash uchun terining diagnostik sinamalarini o‘tkazishdan oldin Ranitidinni qo‘llashni to‘xtatish tavsiya qilinadi). Anamnezida peptik yarasi bo‘lgan keksa patsiyentlarda nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va Ranitidin-Akri birga qabul qilinganida, muntazam tibbiy kuzatuv tavsiya qilinadi. Davolash vaqtida me’da shilliq qavatining ta’sirlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan ovqat mahsulotlari, ichimliklar va boshqa dori vositalarini iste’mol qilishdan saqlanish kerak. 12 yoshdan kichik bolalarda Ranitidin-Akri ning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Ranitidin yo‘ldosh orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. Homiladorlik va laktatsiya davrida ranitidinni faqat ona uchun potentsial foyda, homila yoki bola uchun mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan hollarda qo‘llash kerak. Laktatsiya davrida qo‘llanganida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Retseptsiz. Ulashish: 4 106 Views

Simptomlari: tirishishlar, bradikardiya, yurak qorinchalari aritmiyasi, arterial bosimni pasayishi va yurishni buzilishi. Davolash: simptomatik. Tirishishlar rivojlanganida – vena ichiga diazepam, bradikardiya va yurak qorinchalari aritmiyasida – atropin, lidokain. Gemodializ – samarali.

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 150 mg dan. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.