Ranitidinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: yadroning tarkibi: ranitidin gidroxloridi 0,168 g ranitidinga qayta hisoblanganda – 0,15 g; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, povidon (tibbiy quyimolekulyar polivinilpirrolidon), magniy stearati, oydragit Ye 100, polietilenglikol 4000, talk, titan dioksidi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ranitidin

Preparatning savdo nomi:

Ranitidin

Farmakalogik guruhi:

me’da bezlarining sekretsiyasini pasaytiruvchi vositalar – N-gistamin retseptorlarining blokatori.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

oq yoki och-sariq tusli oq rangli, qobiq bilan qoplangan, dumaloq, ikki yoqlama qavariq tabletkalar.

me’da bezlarining sekretsiyasini pasaytiruvchi vositalar – N-gistamin retseptorlarining blokatori.

A02VA02

Tez so‘riladi, ovqat qabul qilish so‘rilish darajasiga ta’sir qilmaydi. Ichga qabul qilinganida ranitidinning biokiraolishligi taxminan 50% ni tashkil qiladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga qabul qilingandan so‘ng 2-3 soat o‘tgach erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 15% dan oshmaydi. Jigarda dismetilranitidinning hosil bo‘lishi bilan biroz metabolizmga uchraydi. Jigardan “birinchi o‘tish” samarasiga ega. Chiqarilish tezligi va darajasi jigarning holatiga kam darajada bog‘liq. Ichga qabul qilinganidan keyingi yarim chiqarilish davri 2,5 soat, kreatinin klirensi minutiga 20-30 ml bo‘lganida – 8-9 soat. Asosan siydik bilan o‘zgarmagan holda, ozroq miqdori – ahlat bilan chiqariladi. Gematoentsefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi. Ko‘krak suti bilan chiqariladi (ayollarda laktatsiya davrida ko‘krak sutidagi kontsentratsiyasi plazmadagidan yuqori).

Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishini; nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) ni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasini zo‘rayishini davolash va oldini olish; reflyuks-ezofagit, eroziv ezofagit; Zollinger-Ellison sindromi; me’da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlarining operatsiyadan keyingi “stress” yaralarini davolash va oldini olish; me’da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlaridan qon ketishini oldini olish; umumiy anesteziya ostidagi operatsiyalarda me’da shirasini tiqilib qolishi (Mendelson sindromi) ni oldini olish uchun qo‘llanadi.

Ichga, ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar chaynamasdan, oz miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi. Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi. Zo‘rayishlarini davolash uchun 150 mg dan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) yoki 300 mg dan kechasiga buyuriladi. Zarurati bo‘lganida – 300 mg dan sutkada 2 marta. Davolash kursining davomiyligi – 4-8 hafta. Zo‘rayishni oldini olish uchun 150 mg dan kechasiga buyuriladi, chekuvchi patsiyentlarga – kechasiga 300 mg. NYAQP qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan yaralar. 150 mg dan sutkada 2 marta yoki kechasiga 300 mg dan 8-12 hafta davomida buyuriladi. NYAQP qabul qilinganida yaralar hosil bo‘lishini oldini olish uchun – 150 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Operatsiyadan keyingi va “stress” yaralari. 150 mg dan sutkada 2 marta 4-8 hafta davomida buyuriladi. Eroziv reflyuks-ezofagit. 150 mg dan sutkada 2 marta yoki 300 mg dan kechasiga buyuriladi. Zarurati bo‘lganida dozani 150 mg dan sutkada 4 martagacha oshirish mumkin. Davolash kursi 8-12 hafta. Uzoq muddatli profilaktik davolash – 150 mg sutkada 2 marta. Zollinger-Ellison sindromi. Boshlang‘ich doza 150 mg dan sutkada 3 martani tashkil qiladi, Zarurati bo‘lganida dozani oshirish mumkin. Davolash davomiyligi – zaruratga ko‘ra. Qaytalanuvchi qon ketishlarini oldini olish. 150 mg dan sutkada 2 marta. Davolash davomiyligi – zaruratga ko‘ra. Mendelson sindromining rivojlanishini oldini olish. Umumiy anesteziyadan 2 soat oldin 150 mg dozada buyuriladi, shuningdek umumiy anesteziya arafasida kechqurun 150 mg buyurish yaxshiroq. Jigar faoliyatini yondosh buzilishi bo‘lganida dozani pasaytirish talab qilinishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam bo‘lganida tavsiya qilinadigan doza sutkada 150 mg ni tashkil qiladi.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, qabziyat, qusish, diareya, abdominal og‘riqlar; kam hollarda – gepatotsellyulyar, xolestatik yoki aralash gepatit, o‘tkir pankreatit. Qon yaratish tizimi tomomonidan: leykopeniya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, pantsitopeniya, suyak ko‘migining gipo- va aplaziyasi, immun gemolitik anemiyasi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi, bradikardiya, aritmiya, atrioventrikulyar blokada. Nerv tizimi tomonidan: kuchli toliqish, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; kam hollarda – ongni chalkashishi, quloqlarda shovqin, ta’sirchanlik, gallyutsinatsiyalar (asosan keksa patsiyentlar va og‘ir bemorlarda), ixtiyorsiz harakatlar. Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘rishning noaniqligi, akkomodatsiya falaji. Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, mialgiya. Endokrin tizimi tomonidan: giperprolaktinemiya, ginekomastiya, amenoreya, libidoni pasayishi, impotentsiya. Taxikardiya, vaskulit, gipertermiya, uyqusizlik, emotsional labillik, bezovtalik, xavotirlik, depressiya, asabiylik, kam hollarda – ongni chalkashishi, quloqlarda shovqin, qichishish, eksfoliativ dermatit, toksik epidermal nekroliz. Allergik reaktsiyalar: eshakemi, teri toshmasi, angionevrotik shish, anafilaktik shok, bronxospazm, ko‘p shaklli ekssudativ eritema. Boshqalar: alopetsiya, giperkreatininemiya, glutamattranspeptidazaning faolligini oshishi, o‘tkir porfiriya.

Ranitidinga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik, laktatsiya, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ranitidin bilan davolash me’da kartsinomasi bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni niqoblashi mumkin, shuning uchun davolashni boshlashdan oldin rak-yarani istisno qilish kerak. Ranitidinni boshqa barcha N2-gistamin blokatorlari kabi, keskin bekor qilish mumkin emas (“rikoshet” sindromi). Kam quvvatli bemorlarni stress sharoitida uzoq muddatli davolashda keyinchalik infektsiyani tarqalishi bilan me’daning bakterial shikastlanishi yuz berishi mumkin. 12 yoshdan kichik bolalarda ranitidinning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Ranitidinni o‘tkir porfiriya xurujlarini chaqirishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar bor. Davolanish davrida diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Glutamattranspeptidaza faolligini oshirishi mumkin. N2-gistamin retseptorlarining blokatorlari pentagastrin va gistaminni me’daning kislota hosil qilish faoliyatiga qarshi ta’sir qilishi mumkin, shuning uchun test o‘tkazilishidan oldingi 24 soat davomida N2 gistamin retseptorlarining blokatorlarni qo‘llash tavsiya qilinmaydi. N2-gistamin retseptorlarining blokatorlari gistaminga bo‘lgan teri reaktsiyasini bostirishi va shu tariqa soxtamusbat natijalarga olib kelishi mumkin (darxol tur teri allergik reaktsiyalarini aniqlash uchun diagnostik teri sinamalarini o‘tkazishdan  oldin N2-gistamin retseptorlarining blokatorlarini qo‘llashni to‘xtatish tavsiya qilinadi). Davolash vaqtida me’da shilliq qavatining ta’sirlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan ovqat mahsulotlari, ichimliklar va boshqa dori vositalarini iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda.

Simptomlari: tirishishlar, bradikardiya, qorinchalar aritmiyalari. Davolash: simptomatik. Tirishishlar paydo bo‘lganida – vena ichiga diazepam, bradikardiya yoki qorinchalar aritmiyalarida – atropin, lidokain. Gemodializ – samarali. Dozani oshirib yuborilishida birinchi yordam: peroral qabul qilinganida qusishni qo‘zg‘atish yoki/va me’dani yuvish ko‘rsatilgan.

Retsept bo‘yicha

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 150 mg. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.