Nojo‘ya samaralari a’zolar tizimi sinfi va tez-tezligiga muvofiq quyida keltirilgan.
Tez-tezligi bo‘yicha nojo‘ya reaktsiyalari quyidagicha taqsimlanadi: juda tez-tez – ≥1/10 (>10%); tez-tez – ≥1/100 dan <1/10 1-10%) gacha; tez-tez emas – ≥1/1000 dan <1/100 (0,1-1%) gacha; kam hollarda – ≥1/10000 dan <1/1000 (0,01-0,1%) gacha; juda kam hollarda – <1/10000 (<0,01%), shu jumladan alohida hollarda.
Har bir tez-tezlik guruhida noxush samaralari ularning jiddiyligini susayishi tartibida berilgan.
Qon yaratish a’zolari va limfa tizimi tomonidan: juda kam hollarda – qon formulasining o‘zgarishlari (leykopeniya, trombotsitopeniya).
Agranulotsitoz, pantsitopeniya, suyak ko‘migining gipo- va aplaziyasi, immun gemolitik anemiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda – bradikardiya, atrio-ventrikulyar blokada, vaskulit, arterial bosimni pasayishi, aritmiya, taxikardiya, erta qorincha ekstrasistoliyasi.
Sezgi a’zolari tomonidan: juda kam hollarda – ko‘rishning noaniqligi, akkomodatsiya falaji.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda kam hollarda – ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, qabziyat, qusish, diareya, qorin og‘rig‘i.
Jigar-o‘t chiqarish yo‘llari va me’da osti bezi tomonidan: kam hollarda – funktsional jigar sinamalarining o‘tkinchli o‘zgarishlari, juda kam – gepatit (gepatotsellyulyar, xolestatik yoki aralash), sariqlik bilan yoki usiz (odatda qaytuvchan), bunday holda ranitidin bekor qilinishi kerak.
Jigar yetishmovchiligi.
Juda kam hollarda – o‘tkir pankreatit.
Tayanch-harakat tizimi tomonidan: juda kam hollarda – artralgiya, mialgiya.
Nerv tizimi tomonidan: juda kam hollarda – ongni qaytuvchi chalkashishi, gallyutsinatsiyalar va depressiya.
Bu ko‘rinishlar asosan og‘ir bemorlarda va keksa patsiyentlarda aniqlangan.
Juda kam hollarda – bosh og‘rig‘i (ba’zida kuchli), bosh aylanishi, qaytuvchan ixtiyorsiz harakatlar, kuchli toliqish, uyquchanlik, uyqusizlik, quloqlarda shovqin, ta’sirchanlik, emotsional labillik, xavotirlik.
Allergik reaktsiyalar: kam hollarda – eshakemi, teri toshmasi, angionevrotik shish, bronxospazm; juda kam hollarda – ko‘pshaklli ekssudativ eritema, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, eksfoliativ dermatit, toksik epidermal nekroliz, anafilaktik shok.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda kam hollarda – o‘tkir interstitsial nefrit.
Endokrin tizimi tomonidan: juda kam hollarda – qaytuvchan impotentsiya, ginekomastiya, galaktoreya, giperprolaktinemiya, amenoreya, libidoni pasayishi.
Boshqalar: alopetsiya, giperkreatininemiya, glutamattranspeptidazaning faolligini oshishi, o‘tkir porfiriya.