Ran Dit 150.retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: ranitidin gidroxloridi (ranitidinga qayta hisoblanganda) – 150 mg; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, ikki asosli kaltsiy fosfati, mikrokristall tsellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talk, magniy stearati. qobig‘ining tarkibi: gidroksipropilmetiltsellyuloza), tozalangan talk, titan dioksidi, propilenglikol 6000, Sunset Yellow Lake bo‘yovchisi.

Preparatning savdo nomi:

Ran-Dit 150.

Farmakalogik guruhi:

me’da-ichak yarasiga qarshi vosita (N-gistamin retseptorlari blokatori).

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

dumaloq, ikki tomonlama qavariq, zarg‘aldoq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

me’da-ichak yarasiga qarshi vosita (N-gistamin retseptorlari blokatori).

A02VA02

Tez so‘riladi, ovqat qabul qilish so‘rilish darajasiga ta’sir qilmaydi. Biokiraolishi – 50%. Maksimal kontsentratsiyasi – 150 mg ranitidin; maksimal kontsentratsiyasiga erishish uchun zarur vaqt – 2-3 soat. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 15%. Gematoentsefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi; yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ona sutiga kiradi (ayollarda laktatsiya davrida ona sutidagi kontsentratsiyasi plazmadagi kontsentratsiyasidan yuqori). Jigarda ahamiyatsiz darajada metabolizmga uchraydi va dezmetilranitidin va ranitidinning S-oksidini hosil qiladi. Jigardan “birinchi o‘tish” samarasiga ega. Chiqarilish tezligi va darajasini jigarning holatiga bog‘liqligi kam. Kreatinin klirensi (KK) normal bo‘lganida yarim chiqarilish davri -2,5 soat, KK minutiga 20-30 ml bo‘lganida – 8-9 soatni tashkil qiladi. 60-70% buyrak orqali (asosan o‘zgarmagan shaklda 35%) va ichak orqali chiqariladi.

Davolash va oldini olishda – me’da va 12-barmoq ichak yara kasalligi, NYAQP-gastropatiya, jig‘ildon qaynashi (giperxlorgidriya bilan bog‘liq), me’da shirasini gipersekretsiyasi, simptomatik yaralar, me’da-ichak yo‘llarining stress yaralari, eroziv ezofagit, reflyuks-ezofagit, Zollinger-Ellison sindromi, tizimli mastotsitoz, poliendokrin adenomatoz; ovqat qabul qilish bilan bog‘liq yoki uyquni buzuvchi epigastral yoki to‘sh orti og‘riqlari bilan xarakterlanadigan, ammo yuqoridagi holatlarga bog‘liq bo‘lmagan dispepsiya; me’da-ichak yo‘llarining yuqori sohalaridan qon ketishi, operatsiyadan keyingi davrda me’dadan qon ketishini oldini olish; umumiy anesteziya ostida operatsiya o‘tkaziladigan bemorlarda me’da shirasi aspiratsiyasini (Mendelson sindromi) oldini olish, aspiratsion pnevmonit (profilaktika), revmatoid artrit (yordamchi davolash sifatida).

Ichga. Me’da va 12-barmoq ichak yara kasalligi (zo‘rayish bosqichi), operatsiyadan keyingi yaralarda – 150 mg dan sutkada 2 marta yoki kechqurun 300 mg dan 4-8 hafta davomida. Ushbu muddatda chandiqlanishi kuzatilmagan patsiyentlarda – keyingi 4 hafta davomida davolash davom ettiriladi. Qaytalanishlarni oldini olish – kechqurun 150 mg; chekuvchi patsiyentlarga – kechqurun 300 mg. NYAQP-gastropatiya – 150 mg dan sutkada 2 marta yoki kechqurun 300 mg dan 8-12 hafta davomida; profilaktika – 150 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Eroziv reflyuks-ezofagit – 150 mg sutkada 2 marta yoki kechqurun 300 mg dan 8 hafta davomida; zarurati bo‘lganida davolash kursini 12 haftagacha uzaytiriladi. Reflyuks-ezofagitning II-III og‘irlik daradasida dozani 12 hafta davomida 4 qabulda sutkada 600 mg gacha oshiriladi. Uzoq muddatli profilaktik davolash – 150 mg sutkada 2 marta. Zollinger-Ellison sindromi – boshlang‘ich doza 150 mg sutkada 3 marta; zarurati bo‘lganida – sutkada 6 g gacha. Dispepsiyaning surunkali epizodlarida – 150 mg dan sutkada 2 marta 6 hafta davomida. Peptik yarani davolash uchun bolalarga – 2-4 mg/kg sutkada 2 marta; reflyuks-ezofagitda – 2- 8 mg/kg sutkada 3 marta; maksimal sutkalik doza – 300 mg. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga dozalash tartibini to‘g‘rilash talab etiladi. KK minutiga 50 ml dan kam bo‘lganida – sutkada 150 mg. Yo‘ldosh jigar faoliyatini buzilishi bo‘lganda dozani keyinchalik kamaytirish talab etilishi mumkin. Gemodializda bo‘lgan bemorlarga navbatdagi dozani gemodializ tugaganidan keyin darhol buyuriladi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, qabziyat, qusish, diareya, qorinda og‘riq, sariqlik, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, kam – gepatotsellyulyar, xolestatik yoki aralash gepatit, o‘tkir pankreatit. Qon yaratish a’zolari tomonidan: leykopeniya, trombotsitopeniya; agranulotsitoz, pentsitopeniya, neytropeniya, immun gemolitik va aplastik anemiya. Yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi; bradikardiya, taxikardiya, vaskulit, aritmiya, atrioventrikulyar (AV) blokada. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, gipertermiya, yuqori charchoqlik, uyquchanlik; uyqusizlik, emotsional labillik, bezovtalik, xavotirlik, depressiya, asabiylik, kam- ongni chalkashishi, quloqni shang‘illashi, ta’sirchanlik, gallyutsinatsiyalar (asosan keksa yoshli va og‘ir darajali kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda), beixtiyor harakatlar. Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘rishni noaniqligi, akkomodatsiya falaji. Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, mialgiya. Endokrin tizimi tomonidan: giperprolaktinemiya, ginekomastiya, amenoreya, potentsiyani va/yoki libidoni pasayishi. Allergik reaktsiyalar: eshakemi, teri toshmasi, qichishish, angionevrotik shish, anafilaktik shok, bronxospazm, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, eksfoliativ dermatit, toksik epidermal nekroliz. Boshqalar: alopetsiya.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, entsefalopatiya bilan jigar tsirrozi (anamnezida), o‘tkir porfiriya (shu jumladan anamnezidagi), immunitetni susayishi, bolalar (12 yoshgacha), homiladorlik. Homilaga ta’sir qilish toifasi – V (hayvonlarda reproduktivlikka o‘tkazilgan tadqiqotlarda homilaga nohush ta’siri xavfi aniqlanmagan, homilador ayollarda adekvat va qat’iy nazoratlangan tadqiqotlar o‘tkazilmagan).

Metoprololning “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni (AUC) va qon zardobidagi kontsentratsiyasi ortadi (80 va 50% muvofiq), bunda metoprololning yarim chiqarilish davri 4,4 dan 6,5 soatgacha oshadi. Itrakonazol va ketokonazolni so‘rilishini kamaytiradi. Fenazon, aminofenazon, diazepam, geksobarbital, propranolol, metoprolol, nifedipin, varfarin, diazepam, lidokain, fenitoin, teofillin, aminofillin, bilvosita antikoagulyantlar, glipizid, buformin, metronidazol, “sekin” kaltsiy kanallari blokatorlari (SKKB) ning jigarda metabolizmini susayiradi. Prokainamidning kontsentratsiyasini oshiradi. Antatsidlar, sukralfat ranitidinni so‘rilishini sekinlashtiradi (bir vaqtda qo‘llashda antatsidlar va ranitidinni qabul qilishlar orasidagi tanaffus kamida 1-2 soat bo‘lishi kerak). Suyak ko‘migini susaytiruvchi dori vositalari neytropeniya xavfini oshiradi. Chekish ranitidinning samaradorligini kamaytiradi.

12-barmoq ichak yara kasalligining simptomlari 1-2 hafta davomida yo‘q bo‘lishi mumkin, endoskopik yoki rentgen tekshirish ma’lumotlari bilan chandiqlanish tasdiqlanmagunigacha davolashni davom ettirish kerak. Me’da kartsinomasi bilan bog‘liq simptomlarni niqoblanish mumkin, shuning uchun davolashni boshlashdan oldin xavfli o‘sma mavjudligini inkor qilish kerak. Ranitidinni to‘satdan to‘xtatish maqsadgi muvofiq emas (“rikoshet” sindromi). Stress holatida xolsizlangan bemorlarni uzoq muddatli davolashda me’dani bakterial shikastlanishi va keyinchalik infektsiya tarqalishi mumkin. Itrakonazol yoki ketokonazolni so‘rilishini ahamiyatli darajada kamayishidan saqlanish uchun N2-gistamin retseptorlarining blokatorlarini ularni qabul qilgandan 2 soatdan keyin qabul qilish kerak. Siydikda oqsil sinamasini o‘tkazishda soxta musbat reaktsiyani sababi bo‘lishi mumkin. Qon zardobida kreatinin, gamma-glutamintransferaza (GGT) va transaminazalarning miqdorini oshiradi. Me’daning kislota hosil qiluvchi faoliyatiga pentagastrin va gistaminning ta’siriga qarshilik qiladi, shuning uchun sinama o‘tkazilishidan 24 soat oldin uni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Gistaminga teri reaktsiyasini susaytiradi, shu tariqa soxta musbat reaktsiyalarga olib keladi (tezkor turdagi allergik teri reaktsiyasini aniqlash uchun diagnostik teri sinamalarini o‘tkazishdan oldin preparatni qo‘llashni to‘xtatish tavsiya etiladi). Preparatning me’dada kislota tungi sekretsiyasini ingibirlash samaradorligi chekish natijasida kamayishi mumkin. Davolash vaqtida me’da shilliq qavati ta’sirlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va boshqa dori vositalarini iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Yaxshilanish kuzatilmaganida shifokorga murojaat qilish kerak. Davolash davrida avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, saqlansin.

Simptomlari: tirishishlar, bradikardiya, yurak qorinchalari aritmiyalari. Davolash: simptomatik. Peroral qabul qilinganda qusishni chaqirish va/yoki me’dani yuvish buyurilgan. Tirishishlar rivojlanganida – diazepam v/i, bradikardiyada – atropin, yurak qorinchalari aritmiyalarida – lidokain. Gemodializ samarasiz.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan alyumin folgali kontur uyasiz o‘ramda. 10 kontur uyasiz o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

3 yil.