Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: qizilmiya ildizi quyuq ekstrakti – 4 g; yordamchi moddalar: qandli sirop – 86 g, 90% li etil spirti – 10 g.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
qizilmiya ildizi quyuq ekstrakti
Preparatning savdo nomi:
Qizilmiya ildizining siropi-LIK
Farmakalogik guruhi:
Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
Dori shakli:
sirop
qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos hidga va ta’mga ega quyuqroq suyuqlik.
Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
R05CA
Preparatning farmakokinetik tekshirishlari o‘tkazilmagan, chunki preparat turli biologik faol moddalarni saqlaydi.
Nafas yo‘llarining balg‘am ajralishi qiyin bo‘lgan, yo‘tal bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini (bronxitlar, traxeobronxitlar, bronxopnevmoniya, bronxoektatik kasallik va boshqalar) davolashda qo‘llanadi.
Me’da va o‘n ikki barmoq ichak asoratlanmagan yara kasalligida, yuqori sekretor faoliyatli surunkali gastritni majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.
Organizmining nospetsifik rezistentligini oshiruvchi vosita sifatida holsizlangan patsiyentlarda qo‘llanadi.
Bolalarda kuzatiladigan allergik dermatit va dermatozlarni davolashda qo‘llanadi.
Qizilmiya ildizi siropi kuniga 3 marta ichga qabul qilinadi: kattalarga – 1 qabul qilishda bir desert qoshiq ½ stakan suvda buyuriladi;12 yoshdan kattalarga – 1 qabul qilishda 1 choy qoshiq ¼ stakan suvda buyuriladi;2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir qabul qilishda ½ choy qoshiq ¼ stakan suvda buyuriladi;2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1-2 tomchidan 1 desert qoshiq suvda qabul qilinadi.
Davolash kursi 7-10 kunni tashkil etadi.
Preparatni bundan uzoqroq vaqt davomida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Allergik reaktsiyalar.
Uzoq vaqt qo‘llanilganda arterial qon bosimini oshishi, suyuqlikni tutilishi, xatto shish paydo bo‘lishi mumkin.
Gipokaliyemiyaning rivojlanishi ehtimoli tufayli, qizilmiya preparatlarini tiazid diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Qizilmiyani uzoq vaqt qo‘llash bilan bog‘liq gipokaliyemiya yurak glikozidlarining toksik ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Qizilmiya va kortikosteroidlarni bir vaqtda qo‘llanilganda kortizolning yarim chiqarilish davri uzayishi mumkin.
Avtomobil va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparat etil spirti saqlaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Simptomlari: ko‘rsatilgan dozalarda yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganda gipokaliyemiya, arterial bosimni oshishi, suv-tuz almashinuvini buzilishi oqibatida periferik shishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Retseptsiz
50, 90 yoki 100 ml dan buraladigan qopqoqli shisha flakonlarda.
Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga kartonli penalda.