Psoralenretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: psoralen – 1 g; yordamchi moddalar: 96% rektifikatlangan etil spirti, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

psoralen

Preparatning savdo nomi:

Psoralen

Farmakalogik guruhi:

Fotosensibilizatsiya qiluvchi vosita.

Dori shakli:

0,1% eritma

tiniq suyuqlik.

Fotosensibilizatsiya qiluvchi vosita.

D05AX

Vitiligo va sochning uya-uya bo‘lib to‘kilishini davolashda qo‘llanadi.

Ichish uchun va sirtga qo‘llanadi. Ichga kuniga 2-3 marta 0,01 g yoki 0,02 g dan ovqatlanishdan 30 minut oldin qabul qilinadi. Ichga qabul qilish bilan bir vaqtda har kuni yoki 2 kunda bir marta uyquga yotish yoki kvarts lampasi bilan nurlanishdan 2 soat oldin soch tushib ketgan yoki depigmentlangan joyga preparatning 0,1%-li eritmasi surtiladi. Yoz vaqtida kvarts lampasi o‘rniga quyosh insolyatsiyasidan foydalanish mumkin. Ekspozitsiya vaqti 1-2 minutdan boshlab, asta-sekin ultrabinafsha nurlariga shaxsiy sezuvchanlikka qarab 10-15 minutgacha yetkaziladi. O‘ta yuqori reaktsiya (o‘tkir eritema) bo‘lganda vaqtincha nur bilan davolash to‘xtatiladi. Ko‘z atrofi yoki qovoqda depigmentlangan joy bo‘lganda psoralen eritmasini surtish mumkin emas. Vitiligoga uchragan joylarda terapevtik samara paydo bo‘lganligi 3-6 haftada, ba’zan undan ham kechroq pigmentatsiya paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Davolash kursi 3-3,5 oy davom etadi. Kerak bo‘lganda 1-1,5 oylik oraliq bilan qayta davolash kurslari belgilanadi. Umumiy davolash kursi pigmentatsiya va soch o‘sib chiqishi bilan belgilanib, 10-12 oyni tashkil etishi mumkin. Asosan kasallanganiga uzoq muddat bo‘lmagan yosh bolalar va o‘smirlar 2-3 davolash kursi o‘tkazilganda, soch to‘kilishidan xalos bo‘ladilar. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga psoralen 0,005 g sutkalik dozada tavsiya etiladi; 5-10 yoshlilarga – 0,01 g; 10-13 yoshlilarga – 0,015 g; 13-16 yoshlilarga 0,02 g; kattalarga 0,04-0,06 g dan tavsiya etiladi.

Ayrim bemorlarda ko‘ngil aynishi, me’da va yurakda og‘riq, shuningdek, nerv qo‘zg‘alishi (uyqusizlik, tajanglik) bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni og‘iz orqali qabul qilish to‘xtatiladi va 5-6 kundan so‘ng preparat kamaytirilgan dozalarda tavsiya etiladi yoki faqat mahalliy davolash o‘tkaziladi. Sezuvchan bemorlarda uzoq vaqt insolyatsiya (kvarts lampasi yordamida nurlanish) qilinganda, psoralen eritmasi surtilgan terida o‘tkir dermatit (II darajali kuyishgacha eritema) paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni mahalliy ishlatish to‘xtatiladi, psoralenni faqat og‘iz orqali qabul qilish tavsiya etiladi.

Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, o‘tkir me’da-ichak kasalliklari, diabet, kaxeksiya, homiladorlik.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Retsept bo‘yicha

0,1% eritma 50 ml, 100 ml dan flakonlarda.

2 yil.