Prozerinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 0,5 mg neostigmin metilsulfati; yordamchi modda: inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

neostigmin (neostigmine)

Preparatning savdo nomi:

Prozerin

Farmakalogik guruhi:

antixolinesteraz vositalar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz suyuqlik.

antixolinesteraz vositalar.

N07AA01.

Miasteniya, o‘tkir miastenik krizis; bosh miya jarohatlaridan keyingi harakat buzilishlari; falajlar; meningit, poliomiyelit, entsefalit o‘takizilganidan keyingi tiklanish davri; nevrit, ko‘ruv nervi atrofiyasi; ichak atoniyasi, qovuq atoniyasi; qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar tomonidan nerv-mushak impuls o‘tkazilishini blokadasidan keyingi ko‘rinishlarni yo‘qotishda qo‘llaniladi.

Preparat teri ostiga 0,5-2 mg (1-4 ml) sutkada 1-2 marta buyuriladi. Kattalar uchun maksimal bir martalik doza – 2 mg, sutkalik – 6 mg ni tashkil qiladi. Davolash kursining davomiyligi (miasteniya, miastenik kriz, operatsiyadan keyingi ichak va qovuq atoniyasi, miorelaksantlarning dozasini oshirib yuborilishidan tashqari) – 25-30 kun. Zarurat tug‘ilganida 3-4 haftadan keyin takroriy kurs buyuriladi. Umumiy sutkalik dozaning ko‘proq qismini bemor ko‘proq charchagan paytda, ya’ni kunduzi buyuriladi. Miasteniya: preparat teri ostiga yoki mushak ichiga sutkada 0,5 mg (1 ml) dozada buyuriladi. Davolash kursi, yuborish yo‘llarini o‘zgartirish bilan uzoq muddatlidir. Miastenik krizis (nafasni va yutishni qiyinlashishi bilan): preparat vena ichiga 0,25-0,5 mg (0,5-1 ml) dozada, keyinchalik – teri ostiga uncha katta bo‘lmagan intervallarda buyuriladi. Operatsiyadan keyingi ichak va qovuq atoniyasi, shu jumladan operatsiyadan keyingi siydikni tutilishi: preparat teri ostiga yoki mushak ichiga 0,25 mg (0,5 ml) dozada operatsiyadan keyin iloji boricha vaqtliroq va takroran – har 4-6 soatda 3-4 kun davomida buyuriladi. Miorelaksantlarning dozasi oshirib yuborilganida antidot sifatida (atropin sulfati 0,6-1,2 mg dozada vena ichiga oldin yuborilganidan keyin, puls tezligi minutiga 80 zarbgacha oshganda): preparat vena ichiga sekin 0,5-2 mg dozada 0,5-2 minutdan so‘ng buyuriladi. Zarurat tug‘ilganida inyektsiyalar, umumiy dozani 5-6 mg (10-12 ml) dan oshirmasdan 20-30 minut davomida (shu jumladan bradikardiya holida atropin) takroran bajariladi. Muolaja vaqtida  o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi ta’minlanadi. Bolalar (faqat statsionar sharoitida qo‘llaniladi). Gravis miasteniyasi: yangi tug‘ilgan chaqaloqlar: boshlang‘ich etapida preparat 0,1 mg dozada inyektsiya ko‘rinishida mushak ichiga buyuriladi. Shundan keyin doza shaxsiy ravishda tanlanadi, odatda 0,05-0,25 mg yoki tana vazniga 0,03 mg/kg preparat xar 2-4 soatda mushak ichiga yuboriladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kasallikning o‘ziga xosligi tufayli, preparatning sutkalik dozasi butunlay bekor qilinguncha kamaytirilishi mumkin;12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: preparat zaruratga qarab, 0,2-0,5 mg dozada inyektsiya ko‘rinishida buyuriladi. Preparatning dozasiga patsiyentning reaktsiyasiga muvofiq tuzatish kiritilishi kerak. Miorelaksantlarning dozasi oshirib yuborilganida antidot sifatida (atropin sulfati 0,6-1,2 mg dozada vena ichiga oldin yuborilganidan keyin, puls tezligi minutiga 80 zarbgacha oshganda): preparat vena ichiga sekin tana vazniga 0,05 – 0,07 mg/kg dozada 1 minut davomida yuborish buyuriladi. Bolalar uchun maksimal tavsiya qilingan doza 2,5 mg ni tashkil qiladi. Boshqa ko‘rsatmalar: preparat 0,125-1 mg dozada inyektsiya ko‘rinishida buyuriladi. Patsiyentning shaxsiy ehtiyojlariga muvofiq dozalar o‘zgartirilishi mumkin.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: aritmiya, bradi- yoki taxikardiya, atrioventrikulyar blokada, tugunli ritm, EKGda nospetsifik o‘zgarishlar, yurakni to‘xtab qolishi, arterial bosimni pasayishi (asosan parenteral yuborilganida). Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, xushdan ketish, holsizlik, uyquchanlik, tremor, tirishishlar, skelet mushaklarini, shu jumladan til va hiqildoq mushaklarini spazmi va tortishishi, oyoqlarni uvishishi, dizartriya. Ko‘rish a’zolari tomonidan: mioz, ko‘rishni buzilishi. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan: hansirash, nafasni hatto to‘xtab qolishigacha susayishi, bronxospazm, bronxial sekretsiyani kuchayishi. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: gipersalivatsiya, ichakni spastik qisqarishi va peristaltikani kuchayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, diareya, beixtiyor ich kelishi. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siyishni tezlashishi, beixtiyor siyish. Immun tizimi, teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: toshma, qichishish, giperemiya, eshakemi, allergik reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik shok. Boshqalar: ter ajralishini kuchayishi, issiqlik hissi, ko‘z yoshini oqishi, artralgiya. Preparat qo‘llanganida terini qichishishi, toshmalar va hatto anafilaktik shokkacha bo‘lgan boshqa allergik samaralar ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. Nojo‘ya ta’sirlarni yo‘qotish uchun preparatning dozasi kamaytiriladi yoki uni qo‘llash to‘xtatiladi. Zarurati bo‘lganida atropin, metatsin va boshqa xolinolitik vositalar yuboriladi.

Ta’sir etuvchi moddaga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Tutqanoq; giperkinezlar, vagotomiya; yurak ishemik kasalligi; aritmiyalar; bradikardiya; bronxial astma; yaqqol ateroskleroz; tireotoksikoz; me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi; peritonit; me’da-ichak yo‘llari va siydik chiqarish yo‘llarining mexanik  obstruktsiyasi (to‘silib qolishi); dizuriya bilan kechuvchi prostata bezining gipertrofiyasi; infektsion kasallikning o‘tkir davri; o‘ta holsizlangan bolalardagi intoksikatsiyalar; qutbsizlantiruvchi miorelaksantlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Preparat boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida quyidagilar bo‘lishi mumkin: mahalliy anesteziya preparatlari va ayrim umumiy anestetiklar, antiaritmik preparatlar, organik nitratlar, tritsiklik antidepressantlar, tutqanoqqa qarshi vositalar, parkinsonizmga qarshi vositalar, guanetidin bilan – prozerinning samaradorligini pasayishi kuzatiladi; m-xolinoblokatorlar bilan – prozerinning xolinomimetik samarasi susayadi; qutbsizlantiruvchi miorelaksantlar bilan – oxirgilarining ta’sirini uzayishi va kuchayishi yuz beradi; qutbsizlantirmaydigan qarshi miorelaksantlar bilan – oxirgilarining ta’siri susayishi mumkin. Prozerin qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlarning dozasi oshirib yuborilganida antidot sifatida qo‘llanadi; boshqa antixolinesteraz preparatlar bilan – toksiklikni kuchayishi kuzatiladi; m-xolinomimetiklar bilan – me’da-ichak yo‘llarining faoliyatini buzilishi, nerv tizimiga toksik ta’siri; β-adrenoblokatorlar bilan – bradikardiyani kuchayishi; efedrin bilan – prozerinning ta’sirini potentsiyalanishi yuz beradi. Neomitsin, streptomitsin, kanamitsin bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Miasteniyada aldosteron antagonistlari, glyukokortikosteroidlar va anabolik gormonlar bilan birga buyuriladi.

Preparatning dozasini, unga yuqori shaxsiy sezuvchanlik bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, ehtiyotkorlik bilan aniqlash kerak. Arterial gipotenziyada, yurak ritmi buzilganida, ayniqsa bradikardiyada, n.vagus tonusi ustunligida, gipertireoidizmda, Addison kasalligida, antixolinergik vositalar qo‘llanganidagi me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida, miasteniyasi bo‘lgan bolalarda va qutbsizlantirishga qarshi samaraga ega (neomitsin, streptomitsin, kanamitsin)  antibiotiklar, mahalliy va umumiy anestetiklar, xolinergik impuls o‘tkazilishini ko‘taruvchi aritmiyaga qarshi  preparatlar qo‘llanganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Prozerinning katta dozalari qo‘llanganida undan avval yoki bir vaqtda atropin buyurilishi kerak. Keksa yoshli bemorlarda preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Davolash vaqtida miastenik (terapevtik dozasi yetarli bo‘lmaganida) yoki xolinergik (dozani oshirib yuborilishi oqibatida) kriz paydo bo‘lganida, simptomatikasining o‘xshashligi tufayli preparatni keyingi qo‘llanishi sinchiklab differentsial diagnostikani talab etadi. Tibbiy yoki stomatologik davolash va jarrohlik aralashuvidan oldin shifokorga prozerinni qabul qilayotgani haqida xabar berish kerak. Dori vositasini ichak va qovuqda operatsiya o‘tkazgan bemorlarga, parkinsonizmli bemorlarga alohida ehtiyotkorlik bilan  buyurish kerak.

Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Preparatni qo‘llash zarurati tug‘ilganida emizishni to‘xtatish kerak.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramda saqlansin.

Simptomlari: xolinopetseptorlarni o‘ta yuqori qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq (xolinergik kriz): taxikardiya, bradikardiya, gipersalivatsiya, yutishni qiyinlashishi, mioz, bronxospazm, nafasni qiyinlashishi, ko‘ngil aynishi, qusish, peristaltikani kuchayishi, diareya, siyishni tezlashishi, koordinatsiyani buzilishi, til mushaklarini va skelet mushaklarini tortishishi, sovuq ter chiqishi, asta-sekin umumiy holsizlikni rivojlanishi, falajlik, arterial bosimni pasayishi, xavotirlik, sarosimalik. Juda yuqori dozalari qattiq hayajon, betoqatlikni chaqirishi mumkin. O‘lim holati yurakni to‘xtab qolishi yoki nafas falaji, o‘pka shishi natijasida yuz berishi mumkin. Miasteniya gravis bo‘lgan dozani oshirib yuborilishining ehtimoli yuqori bemorlarda, mushaklarni tortishishi va parasimpatomimetik samaralari bo‘lmasligi yoki kuchsiz ifodalangan bo‘lishi mumkin, bu dozani oshirib yuborilishini miastenik kriz bilan differentsial tashxisini qiyinlashtiradi. Davolash: doza kamaytiriladi yoki preparatni yuborish to‘xtatiladi. Zarurati bo‘lganida atropin (1 ml 0,1% eritma), metatsin yuboriladi. Keyingi davolash simptomatik.

Retsept bo‘yicha

1 ml dan ampulalarda, 10 ampuladan qutida; 5 ampuladan blisterda, 2 blisterdan qutida; 10 ampuladan blisterda, 1 blisterdan qutida.

4 yil.