Protsiproretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: tsiprofloksatsin gidroxloridi; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, natriy lauril sulfati, magniy stearati, tozalangan talk, kolloidli kremniy dioksidi, mikrokristall tsellyuloza, natriy kraxmal glikolyati; qobiq: tabletkalar uchun oq koplam, vinkoat Vt-1001, izopropil spirti, metilen xloridi; bo‘yovchisi: titan dioksidi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsiprofloksatsin (tsiprofloksatsin gidroxlorid monogidrati ko‘rinishida).

Preparatning savdo nomi:

Protsipro

Farmakalogik guruhi:

antibakterial sintetik vositalar (ftorxinolonlar guruhi).

Dori shakli:

tabletkalar

Oq yoki deyarli oq, dumaloq ikki tomonlama qavariq, qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskali tabletkalar. Sindirilgandagi ko‘rinishi – oq yoki deyarli oq rangli biroz g‘adir budir yuzali ko‘rinishga ega.

antibakterial sintetik vositalar (ftorxinolonlar guruhi).

J01MA02

Preparat me’da-ichak yo‘llarida tez va yaxshi so‘riladi. Asosan o‘nikki barmoq va ingichka ichaklarda so‘riladi. Ichga qabul qilinganida tsiprofloksatsinning biologik kiraolishligi 70 dan 80% gachani tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish so‘rilishini sekinlashtiradi, ammo Smax va biokiraolishligini o‘zgartirmaydi. Taxminan 20-30% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Preparat qabul qilingandan to uni qonda paydo bo‘lishi aniqlanishigacha bo‘lgan vaqt, odatda 30 minutnitashkil qiladi. Qonda maksimal kontsentratsiyaga yetish vaqti 1-1,5 soatni tashkil qiladi. To‘qimalar, suyuqlik va hujayralarga kirib yuqori kontsentratsiya hosil qiladi. Tsiprofloksatsinning o‘pka to‘qimasidagi va prostata bezidagi kontsentratsiyasi qon zardobidagi kontsentratsiyasidan bir necha marta ortiq. Jigarda metabolizmga uchrab, kam faol metabolitlarni hosil qiladi. Buyrak klirensi 3-5 ml/min/kg. Asosan buyraklar orqali, (taxminan 30-60% o‘zgarmagan holda, 15% metabolitlari holida) va qolgan qismi ahlat bilan chiqariladi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng yarimchiqarilish davri 3-5 soat. Buyraklar faoliyatini sezilarli buzilishida bu ko‘rsatkich oshishi mumkin (hatto 12 soatgacha).

Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (o‘tkir va surunkali piyelonefrit, obstruktiv litiaz, tsistit, siydik yo‘llarining asoratlangan yoki qaytalanuvchi infektsiyalari, prostatit, epididimit), nafas yo‘llarining infektsiyalari (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, infektsiyalangan plevrit, o‘pka abstsessi, infektsiyalangan bronxoektazlar, surunkali bronxitni zo‘rayishi), teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (infektsiyalangan yaralar, jarohat infektsiyalari, abstsesslar, tsellyulitlar, tashqi otit, infektsiyalangan kuyishlar), me’da-ichak yo‘llarining infektsiyalari (qorin tifi, bakterial diareya va boshqalar), qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari (peritonit, qorin bo‘shlig‘i ichidagi abstsess, xolangit, xoletsistit, o‘t qopi empiyemasi), ko‘z, o‘rta quloq va yondosh bo‘shliqlar, suyak va bo‘g‘imlar, kichik chanoq a’zolarining infektsiyalari, gonoreya. Immuniteti pasaygan bemorlarda infektsiyalarni oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

Ichga. Tabletkalarni och qoringa yoki ovqatdan so‘ng, butunligicha ozgina suyuqlik bilan yutish lozim. Doza infektsiyaning joylashishi va kechishini og‘irligiga, shuningdek mikroorganizmning sezgirligiga qarab shaxsiy belgilanadi. Buyraklar faoliyatini o‘rtacha va yaqqol buzilishlari bo‘lgan bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinadi (ya’ni kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam bo‘lganida, bir martalik doza o‘rtacha dozaning 50% sutkada 2 marta buyuriladi yoki odatdagi bir martalik doza sutkada bir marta yuboriladi). Juda og‘ir hollarda va tsiprofloksatsinga sezgirligi kam bo‘lgan mikroorganizmlar chaqirgan qaytalanuvchi infektsiyalarda, preparatning kunduzgi dozasini bir qabulga 750 mg gacha oshirish mumkin, kuniga 2 marta har 12 soatda qabul qilinadi. Keksa bemorlar uchun dozani kamaytirish lozim (odatda 1/3 ga). Siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalarida sutkada 2 marta 0,25-0,5 g dan buyuriladi. Davolash kursi 7-10 kun. Asoratlanmagan gonoreyada bir marta 0,25-0,5 g; gonokokk infektsiyasi xlamidiya va mikoplazma infektsiyasi bilan birga qo‘shilganida 0,75 g dan har 12 soatda 7-9 kun davomida buyuriladi. Shankroidda 0,5 g dan sutkada ikki marta bir necha kun. Burun-xalqumdagi meningokokk tashuvchilikda bir marta 0,5 g yoki 0,75 g dozada. Salmonellalarni surunkali tashuvchilikda 0,25 g dan sutkada 4 marta buyuriladi. Pnevmoniyada, osteomiyelitda 0,75 g dan sutkada 2 marta, 7-14 kun davomida buyuriladi. Staphylococcus aureus chaqirgan me’da-ichak yo‘llarining infektsiyalarida 0,75 g dan har   12 soatda, 7-28 kun davomida buyuriladi.

Me’da-ichak yo‘llari va jigarga ta’siri: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, diareya, qorin sohasida og‘riq, meteorizm, ishtahani yo‘qolishi, xolestatik sariqlik, gepatit. Nerv tizimiga ta’siri: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, migren, charchoqlik, holsizlik, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, qaltirash, periferik nevralgiya, paresteziyalar, ko‘p terlash, harakat koordinatsiyasini buzilishi, tirishish, bezovtalik holati, depressiya, gallyutsinatsiyalar, tungi dahshatlar (bu reaktsiyalar preparatni darhol to‘xtatishni talab qiladi). Teri reaktsiyalari: qichima, eshakemi, fotosensibilizatsiya, qizarish. Yurak-qon tomir tizimiga ta’siri: taxikardiya, hushdan ketishlar, gipertenziya, stenokardiya, miokard infarkti, tserebral trombozlar. Qon va uning tarkibiga ta’siri: eozinofiliya, leykotsitopeniya, leykotsitoz, anemiya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, trombotsitoz. Siydik-chiqarish tizimiga ta’siri: glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, kristalluriya, albuminuriya, uretral qon ketishlar, hatto tranzitor buyrak yetishmovchiligini rivojlanishigacha bo‘lgan faoliyatini buzilishi mumkin. Sezgi a’zolariga ta’siri: ta’m va hid sezishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, xromatopsiya), quloqlarda shovqin, vaqtinchalik quloq og‘irligi (ayniqsa baland tovushlarga). Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: teri toshmalari, dorilar ta’siridagi isitma, kam hollarda – Kvinke shishi, bronxospazm, artralgiya, kamdan-kam hollarda – anafiliktik shok, petexiyalar, gemorragik pufakchalar, mialgiya, vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, Layel sindromi kuzatilishi mumkin.

Tsiprofloksatsinga yoki boshqa xinolon preparatlarga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar (yoshlarda tog‘aylarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin), keksalar, homiladorlar va emizikli ayollarda qo‘llash mumkin emas.

Ftorxinolonlardan tashqari, boshqa antibiotiklar va antibakterial vositalar bilan bir vaqtda buyurilganida, ularning ta’sirining susayishi aniqlanmagan. Temir preparatlari, sukralfat, alyuminiy, magniy yoki kaltsiy gidroksidini saqlovchi antatsidlar bir vaqtda qabul qilinganida preparatning so‘rilishini pasayishini chaqiradi, shuning uchun bu preparatlarni qo‘llash orasidagi vaqt 4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Teofillin bilan bir vaqtda qo‘llash uning nojo‘ya ta’sirini kuchaytiradi, bu teofillinning miqdorini kamaytirishni talab qiladi. Tsiklosporin bilan bir vaqtda qabul qilish kreatininning qon plazmasidagi darajasini oshishiga olib keladi, shuning uchun ushbu ko‘rsatkichni nazorat qilish (haftada 2 marta) lozim. Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida varfarinning ta’siri kuchayadi. Probenetsid bilan birga buyurish preparatning ta’siri kuchaytiradi.

Bosh miya tomirlarining yaqqol aterosklerozi, miya qon aylanishini buzilishlari, tutqanog‘i, anamnezida tirishish hurujlari bo‘lgan, buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda (faqat hayotiy ko‘rsatilishlar bo‘yicha) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Davolanish vaqtida bemorlar yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishlari lozim. Preparat reaktsiyalar tezligini pasaytirishi mumkin (ayniqsa alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida), buni kasbi yuqori diqqat va tezkor reaktsiyalarni talab etadigan shaxslar (masalan, transport haydovchilari) hisobga olishlari kerak. Og‘ir va uzoq davom etuvchi diareya hollarida soxtamembranoz kolit tashxisini istisno qilish lozim, u preparat qo‘llashni darhol bekor qilishni va kerakli davolashni buyurilishini talab qiladi. Preparat bilan davolash fonida ayrim laboratoriya ko‘rsatkichlari o‘zgarishi mumkin: siydikda cho‘kma paydo bo‘lishi, qon zardobida kreatinin, mochevina, bilirubin, jigar transaminazalarining kontsentratsiyasini vaqtinchalik oshishi; ayrim hollarda – giperglikemiya, kristalluriya yoki gematuriya, protrombin ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi. Davolanish vaqtida fotoallergik reaktsiyalarining paydo bo‘lishini ehtimoli tufayli, bevosita quyosh nurlari bilan kontaktdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq joyda, 25°S dan past haroratda.

Simptomlari: ba’zida tsiprofloksatsin dozasi sezilarli oshirib yuborilganida buyraklarni o‘tkinchi shikastlanishi aniqlangan. Davolash: Maxsus antidoti yo‘q. Me’dani yuvish va qusishni chaqirishni o‘tkazish lozim. Qo‘shimcha gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkazish mumkin.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan alyuminiy/alyuminiy blisterda; 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida; 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida (statsionar uchun).

5 yil.