Protopikretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

100 g surtma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: takrolimus kristallgidrat suvsiz modda xisobida – 0,03/0,1 g takrolimus; yordamchi moddalar: 77,47/77,40 g yumshoq oq parafin, 11,00/11,00 g suyuq parafin,    5,00/5,00 g propilenkarbonat, 3,50/3,50 g asalari oq mumi, 3,00/3,00 g qattiq parafin.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

takrolimus (tacrolimus)

Preparatning savdo nomi:

Protopik

Farmakalogik guruhi:

mahalliy qo‘llash uchun yallig‘lanishga qarshi vosita.

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun surtma.

oqdan biroz sarg‘ish rangligacha bo‘lgan bir xil konsistentsiyali surtma.

mahalliy qo‘llash uchun yallig‘lanishga qarshi vosita.

D11AN01

So‘rilishi. Mahalliy qo‘llanganida takrolimusning tizimli qon oqimiga so‘rilishi minimaldir. Atopik dermatiti bo‘lgan ko‘pchilik patsiyentlarda (kattalarda va bolalarda) 0,03% va 0,1% takrolimus surtmasi bir marta qo‘yilganida ham, ko‘p martada qo‘yilganida ham plazmadagi uning kontsentratsiyasi <1,0 ng/ml ni tashkil qilgan. Tizimli so‘rilishi shikastlanish maydoniga bog‘liq va atopik dermatitning klinik ko‘rinishlarini yo‘qolishi bilan kamayadi. Bolalar va kattalarda uzoq vaqt qo‘llanganida (1 yilgacha) preparatning to‘planishi kuzatilmagan. Organizmda taqsimlanishi. Takrolimus surtmasining tizimli so‘rilishini pastligi, plazma oqsillari bilan bog‘lanish xususiyatini yuqoriligi (98,8% dan ko‘p) tufayli, klinik jihatdan ahamiyatsiz deb qaraladi. Metabolizmi. Takrolimus terida metabolizmga uchramaydi. Tizimli qon oqimiga tushganida takrolimus jigarda CYP3A4 yordamida ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi. Takrolimus surtmasi ko‘p marta mahalliy qo‘llanganida yarim chiqarilish davri kattalarda 75 soat, bolalarda 65 soatni tashkil qiladi.

Protopik® surtmasi sirtga qo‘llash uchun boshqa vositalarga chidamli yoki ularga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lgan holda, atopik dermatitni (o‘rtacha og‘ir va og‘ir darajadagi shakllarini) davolash uchun kattalarda 0,03% va 0,1% dozalari va 2 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda faqat 0,03% dozasi qo‘llanadi.

Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga Protopik® surtmasi terining shikastlangan sohalariga yupqa qavat qilib qo‘yiladi. Preparatni terining har qanday sohalariga, shu jumladan yuz va bo‘yin, teri burmalariga qo‘llash mumkin. Preparatni shilliq qavatlarga va okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘yish mumkin emas. Bolalar (2 yosh va undan kattalar) va 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llanishi Davolashni 0,03% Protopik® surtmasini sutkada 2 marta qo‘yishdan boshlash kerak. Ushbu sxema bo‘yicha davolash davomiyligi uch haftadan oshmasligi kerak. Keyinchalik qo‘llash tez-tezligi sutkada bir martagacha kamaytiriladi, davolash shikastlanish o‘choqlari to‘liq tozalangunicha davom ettiriladi. Kattalar va 16 yoshdagi va undan oshgan o‘smirlarda qo‘llanishi Davolashni 0,1% Protopik® surtmasini sutkada 2 marta qo‘llashdan boshlash va shikastlanish o‘choqlari to‘liq tozalangunicha davom ettirish kerak. Yaxshilangan sari, 0,1% surtmani qo‘yish tez-tezligini kamaytirish yoki 0,03% Protopik® surtmasiga o‘tish mumkin. Kasallik simptomlari qayta paydo bo‘lgan holda, davolashni 0,1% Protopik® surtmasi bilan kuniga ikki marta qo‘llab qayta boshlash kerak. Agar klinik manzarasi imkon bersa, preparatni qo‘llash tez-tezligini pasaytirishiga harakat qilish yoki kichik dozasi – 0,03% Protopik® surtmasini ishlatish kerak. Keksa yoshdagi odamlarda (65 yosh va undan katta) qo‘llash Keksa yoshdagi odamlarda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari yo‘q. Odatda yaxshilanish davolash boshlangan vaqtdan boshlab keyingi birinchi hafta davomida kuzatiladi. Agar ikki hafta davomidagi davolash fonida yaxshilanish belgilari bo‘lmasa, davolash taktikasini o‘zgartirish haqidagi masalani ko‘rib chiqish kerak. Kasallikni zo‘rayishini davolash Protopik® surtmasini vaqti-vaqti bilan takrorlanuvchi davolash kurslari ko‘rinishida qisqa vaqt yoki uzoq vaqt ishlatish mumkin. Terining shikastlangan sohalarini davolash atopik dermatitni klinik ko‘rinishlari to‘liq yo‘qolgunicha o‘tkaziladi. Odatda, yaxshilanish davolashning birinchi haftasida kuzatiladi. Agar yaxshilanish belgilari surtmani ishlatish vaqtdan boshlab, 2 hafta davomida kuzatilmasa, navbatdagi davolashning boshqa variantlarini ko‘rib chiqish kerak. Atopik dermatitni zo‘rayishini birinchi belgilari paydo bo‘lganida davolashni qayta boshlash kerak. Kasallikni zo‘rayishini oldini olish Anamnezida kasallikni zo‘rayishlari tez-tez (yiliga 4 martadan ko‘p) kuzatiladigan patsiyentlarda zo‘rayishlarning va qaytalanishlarning davomiyligini oshishini oldini olish uchun Protopik® surtmasi bilan samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash tavsiya qilinadi. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni buyurishning maqsadga muvofiqligi, ko‘pi bilan 6 hafta davomida standart sxema (kuniga 2 marta) bo‘yicha o‘tkazilgan dastlabki davolash samaradorligi bilan belgilanadi. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashda Protopik® surtmasini odatda zo‘rayishlarda shikastlangan sohalarga haftada 2 marta (masalan dushanba va payshanba) surtish kerak. Preparatni surtishlar orasidagi vaqt oralig‘i kamida 2-3 kunni tashkil qilishi kerak. Kattalarda va 16 yoshli o‘smirlar va undan kattalarda 0,1% Protopik® surtmasi, bolalarda (2 yosh va undan katta) – 0,03% Protopik® surtmasi ishlatiladi. Zo‘rayish belgilari paydo bo‘lganida Protopik® surtmasi bilan odatdagi davolash tartibiga (“Zo‘rayishlarni davolash” bo‘limiga qarang) o‘tish kerak. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashdan so‘ng 12 haftadan keyin klinik dinamikani baholash va Protopik® surtmasini profilaktika maqsadida ishlatishni davom ettirish zarurligi haqidagi masalani hal qilish kerak. Bolalarda klinik dinamikani baholash uchun preparatni vaqtincha bekor qilish va so‘ngra samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni davom ettirish zarurati haqidagi masalani ko‘rib chiqish kerak.

Eng ko‘p kuzatiladigan noxush reaktsiyalari, surtma qo‘yilgan joyda terini ta’sirlanish simptomlari (qichishish va achishish xissi, qizarish, og‘riq, paresteziyalar va toshma) hisoblanadi. Odatda, ularning yaqqolligi o‘rtacha bo‘ladi va davolash boshlanganidan so‘ng birinchi hafta davomida o‘tib ketadi. Alkogolni o‘zlashtiraolmaslik (spirtli ichimliklar iste’mol qilinganidan so‘ng yuzni qizarishi yoki ta’sirlanish simptomlari) tez-tez kuzatiladi. Protopik® surtmasini qo‘llayotgan patsiyentlarda follikulit, xusnbuzar va gerpes infektsiyalarini rivojlanish xavfini oshishi kuzatiladi. Uchrash tez-tezligi bo‘yicha noxush reaktsiyalar juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100, <1/10) va kam hollarda (>1/1000, <1/100) kuzatiladigan noxush reaktsiyalarga bo‘linadilar. Umumiy buzilishlar va mahalliy reaktsiyalar Juda tez-tez:             qo‘llangan joyda qichishish va achishish. Tez-tez:                       issiqlik hissi, qizarish, og‘riq, ta’sirlanish, qo‘llangan sohada toshma Infektsiyalar Tez-tez:                       gerpetik infektsiya (yuz va lablarning oddiy gerpesi, varitselli shaklli Kaposhi toshmasi). Teri va teri osti yog‘ qavati Tez-tez:                       follikulit, qichishish. Tez-tez emas:              xusnbuzar. Nerv tizimi Tez-tez:                       paresteziyalar, giperesteziya Metabolizm va ovqatlanishni o‘ziga xos xususiyati Tez-tez:                       alkogolni o‘zlashtira olmaslik (spirtli ichimliklar iste’mol qilinganidan so‘ng yuzni qizarishi yoki terini ta’sirlanish simptomlari). Preparatni kuzatishning hamma davrida rozatsea, maliginizatsiyaning (limfomalarning teri va boshqa shakllari, terining raki) yakka hollarda qayd qilingan.

Takrolimus, yordamchi moddalar, makrolidlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Neterton sindromi kabi epidermal to‘siqning genetik nuqsonlari bo‘lgan patsiyentlarga, shuningdek takrolimusning tizimli so‘rilishini avj olib boruvchi oshishi xavfi tufayli yoyilgan eritrodermiyada Protopik®ni qo‘llash mumkin emas. Protopik® surtmasining 0,1% dozasini bolalar va 16 yoshdan kichik o‘smirlarda, 0,03% dozasini 2 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Protopik® jigarda ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydi, garchi sirtga qo‘llanganida qonda uning kontsentratsiyasi juda past bo‘lsada, dekompensatsiyalangan jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda surtma ehtiyotkorlik bilan ishlatiladi. Terining katta shikastlanishlari bo‘lgan, ayniqsa davomli kurslar olgan bemorlarda va bolalarda Protopik® surtmasi ishlatilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Takrolimus terida metabolizmga uchramaydi, bu terida uning metabolizmiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan dorilarning o‘zaro ta’sirlanish xavfini inkor etadi. Takrolimus surtma shaklida ishlatilganida tizimli so‘rilishi minimal bo‘lganligi sababli, Protopik® surtmasi bilan bir vaqtda qo‘llanganida CYP3A4 ingibitorlari (eritromitsin, itrakonazol, ketokonazol, diltiazem) bilan o‘zaro ta’sirining ehtimoli kam, biroq terining katta sohalari shikastlangan va/yoki eritrodermiyasi bo‘lgan patsiyentlarda bu istisno butunlay qilib bo‘lmasligi mumkin. Vaktsinatsiyaning samaradorligiga Protopik® surtmasining ta’siri o‘rganilmagan. Biroq, samaradorligini pasayishini potentsial xavfi bo‘lganligi sababli, vaktsinatsiyani Protopik® surtmasini qo‘llashni boshlashdan oldin yoki oxirgi marta ishlatilganidan so‘ng 14 kundan keyin o‘tkazish kerak. Tirik attenuirlangan vaktsina qo‘llangan holda, bu davr 28 kungacha oshirilishi kerak, aks holda muqobil vaktsinalarni ishlatish mumkinligini ko‘rib chiqish kerak. Bolalarda qo‘llanishi Kon’yugatsiyalangan vaktsina bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish bo‘yicha, 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirokida tadqiqot o‘tkazilgan. Bu tadqiqotning natijalari, takrolimusni bir vaqtda qo‘llanilishi vaktsinatsiyaga bo‘lgan birlamchi javobga, immun xotirani shakllanishiga, shuningdek gumoral va xujayraviy immun javobga ta’sir ko‘rsatmasligidan dalolat beradi. Protopik® surtmasini boshqa sirtga qo‘llanadigan preparatlar, tizimli glyukokortikosteroidlar va immunodepresantlar bilan birga qo‘llash mumkinligi o‘rganilmagan.

Protopik® surtmasi tug‘ma yoki orttirilgan immun tanqisligi bo‘lgan bemorlarda yoki immunosupressiv preparatlar qabul qilayotgan patsiyentlarda ishlatish mumkin emas. Protopik® surtmasini qo‘llash vaqtida teriga quyosh nurlarini tushishidan, solyariya qabul qilishdan, psoralen bilan majmuada A yoki B UB-nurlarini (PUMA-terapiya) bilan davolanishdan saqlanish kerak. Protopik® surtmasini terining potentsial xavfli yoki xavf oldi sifatida qaralgan shikastlangan sohalarini davolash uchun qo‘llash mumkin emas. Protopik® surtmasi qo‘yilgan terining sohalariga 2 soat davomida yumshatuvchi vositalarni ishlatish mumkin emas. Infektsiyalangan atopik dermatitni davolashda Protopik® surtmasini qo‘llash samaradorligini va xavfsizligi baholanmagan. Infektsiyalanish belgilari borligida Protopik® surtmasini buyurishdan oldin tegishli davolashni o‘tkazish kerak. Protopik® surtmasini qo‘llash gerpetik infektsiya rivojlanishining yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Gerpes infektsiyasining belgilari borligida Protopik®ni qo‘llashdan kuzatiladigan foyda va xavf nisbatini individual ravishda baholash kerak. Limfoadenopatiya borligida davolashni boshlashdan oldin patsiyentni tekshirish va surtmani qo‘llash davrida uni kuzatish kerak. Limfoadenopatiyaning aniq sabablari bo‘lmaganida yoki o‘tkir infektsion mononukleozning simptomlari borligida Protopik® surtmasini qo‘llashni to‘xtatish kerak. Ko‘zlar va shilliq qavatlarga surtmani tushishidan saqlanish kerak (surtma tasodifan tushgan hollarda surtmani olib tashlash va/yoki suv bilan yuvish kerak). Protopik® surtmasini okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘yish va havo o‘tkazmaydigan zich kiyimlarni kiyish tavsiya qilinmaydi. Boshqa har qanday mahalliy dori vositasi ishlatilganidagi kabi, patsiyentlar surtmani qo‘yganidan so‘ng, surtma davolash maqsadida qo‘llar sohasiga qo‘yilgan hollardan tashqari hollarda qo‘llarni yuvishlari kerak. Bolalarda qo‘llanilishi Rivojlanish bosqichida bo‘lgan 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda immun tizimiga ta’sirini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar borasida, kon’yugatsiyalangan vaktsina bilan vaktsinatsiya fonida 0,03% li takrolimus surtmasi bilan davolash vaktsinatsiyaga bo‘lgan birlamchi javobga, T-xujayraviy immunitetni induktsiyasiga va immun xotirani shakllanishiga ta’sir ko‘rsatmasligini namoyish etildi.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroartda saqlansin.

Mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborish hollari kuzatilmagan. Ichga qabul qilinganida organizmning hayotiy muhim faoliyatlarini nazorat qilish va umumiy holatini kuzatishni o‘z ichiga oluvchi umumiy qabul qilingan choralar ko‘rilishi kerak. Qusishni chaqirish yoki me’dani yuvish tavsiya qilinmaydi.

Retsept bo‘yicha

0,03% li va 0,1% li sirtga qo‘llash uchun surtma. 10, 30 yoki 60 g dan sirtga qo‘llash uchun surtma plastik tubalarda. 1 tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.