Prosuktsinretsept bilan rasmini ko'rish

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

qahrabo kislotasi, natriy xloridi, kaliy xloridi, kaltsiy xloridi, magniy xloridi, natriy gidrokarbonati. Dori shakli: infuziya uchun eritma. Tarkibi: qahrabo kislotasi – 2,0 g, natriy xloridi – 6,2 g, kaliy xloridi – 0,3 g, kaltsiy xloridi – 0,082 g, magniy xloridi – 0,1 g, natriy gidrokarbonati – 3,0 g, inyektsiya uchun suv 1 litrgacha.

Preparatning savdo nomi:

Prosuktsin

Farmakalogik guruhi:

Tuzli eritmalar.

tiniq, rangsiz eritma.

Tuzli eritmalar.

V05SV01

Shoshilinch holatlar: qon ketishlari (operatsiya vaqtidagi gipotonik, operatsiyadan keyingi, me’da-ichak, travmatik) va shoklar (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik), qon yo‘qotishlarda (1000 ml gacha) aylanayotgan qon hajmini to‘ldirish, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash, metabolik atsidozni korrektsiya qilish va hujayralarda metabolizmni tiklash uchun, shuningdek o‘rtacha va og‘ir darajali temir tanqisligi anemiyasida (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi.

Shoshilinch holatlarda: qon ketishlarda (operatsiya vaqtidagi gipotonik, me’da-ichak, operatsiyadan keyingi, travmatik), qon yo‘qotishlarida (1000 ml gacha) va shoklarda (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik): 200-400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi. Tayanch-harakat apparatini shikastlanishi va kasalliklari yuzasidan operatsiyalardan oldin va keyin: 400 ml dan sutkada bir martda buyuriladi. Operatsiyadan keyingi davrda atsidozni bartaraf qilish uchun:200- 400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi. Temir tanqisligi anemiyasida: asosiy davolar fonida 200 ml dan sutkada bir marta yuboriladi.

Doza sezilarli oshirib yuborilganida, kamdan-kam hollarda alkaloz ko‘rinishlari paydo bo‘lishi mumkin.

Preparatni alkalozda (ayniqsa dekompensatsiyalangan), organizmga katta miqdordagi suyuqlikni yuborish mumkin bo‘lmagan barcha hollarda (bosh miya ichki bosimi bilan kechuvchi bosh miya yopiq jarohatida, yurak faoliyatini dekompensatsiyasi, o‘pka shishida va shunga o‘xshashlarda) homiladorlik va laktatsiya davrida, 18 yoshgacha bo‘lganlarda (bu toifa patsiyentlarida qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli), patsiyentga boshqa ishqorlashtiruvchi va tuzli eritmalarni yuborish zarurati tug‘ilganda, shuningdek preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llanmaydi.

Preparatni antibiotiklar, suvda eruvchi vitaminlar va glyukoza eritmasi bilan birga qo‘llash mumkin. Prosuktsinni boshqa ishqoriylashtiruvchi va tuzli eritmalar bilan birga qo‘llash taqiqlanadi.

Preparatni qo‘llash fonida (organizmda aerob jarayonlarning faollashuvi tufayli) qon va siydikda ishqoriy reaktsiyani paydo bo‘lishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Preparatni tashishda muzlatishga yo‘l qo‘yiladi. 250S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim qilinmagan.

Retsept bo‘yicha

Infuziya uchun eritma 200 ml dan shisha butilkalarda (flakonlarda).

3 yil.