Prorenalretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidarilarni saqlaydi: faol moddalar: DL-3-metil-2-okso-valerian kislotasi(DL-izoleytsinni α-keto-analogi), kaltsiyli tuzi67 mg4-metil-2-okso-valerian kislotasi(leytsinni α-keto-analogi), kaltsiyli tuzi101 mg2-okso-3-fenil-propion kislotasi(fenilalaninni α-keto-analogi), kaltsiyli tuzi68 mg3-metil-2-okso-moy kislotasi(valinni α-keto-analogi), kaltsiyli tuzi86 mgDL-2-gidroksi-4-metiltio-moy kislotasi(metioninni α-gidroksi-analog), kaltsiyli tuzi59 mgL-lizin monoatsetati105 mgL-treonin53 mgL-triptofan23 mgL-gistidin38 mgL-tirozin30 mg yordamchi moddalar: izopropil spirti, polividon, mikrokristall tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy kroskarmelloza, talk, magniy stearati; qobig‘ini tarkibi: titan ikki oksidi, dixlormetan, etanol, FDC sariq 5 Al-Lake, makrogollar, gipromelloza, vanilin.

Preparatning savdo nomi:

Prorenal

Farmakalogik guruhi:

buyrak yetishmovchiligini davolash uchun qo‘llanadigan vosita.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

buyrak yetishmovchiligini davolash uchun qo‘llanadigan vosita.

V06DD

Preparatning farmakokinetikasi o‘rganilmagan, chunki uning barcha komponentlari moddalar almashinuvida qatnashadigan tabiiy moddalar hisoblanadi va organizmda ularning harakatini kuzatish imkoni yo‘q.

Kompensatsiyalangan va kompensatsiyalanmaran siydik tutilishida surunkali buyrak yetishmovchiligini davolash (kam oqsilli,  yuqori kaloriyali parhez bilan bir vaktda) uchun qo‘llanadi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi: Ko‘pchilik xollarda, kuniga 3 marta qabul qilinadi. Ovqatlanish vaktida 4-8 tabletkadan butun holida yutiladi. Kompensatsiyalangan siydik tutilishi: Odatda 4-6 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi, tarkibida kuniga tana vazniga 0,5-0,6 oqsil/kg saqlovchi, oqsil kam, yuqori kaloriyali ovqat bilan birga qabul qilinadi, bu taxminan 35-45 g ni va kuniga tana vazniga 150-170 kDj (35-40 kkal)/kg ni tashkil etadi. Kompensatsiyalanmagan siydik tutilishi Odatda 4-6 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi, tarkibida kuniga tana vazniga 0,3-0,4 oqsil/kg saqlovchi, oqsil kam, yuqori kaloriyali ovqat bilan birga qabul qilinadi, bu taxminan 20-30 g ni va kuniga tana vazniga 150-170 kDj (35-40 kkal)/kg ni tashkil etadi. Yuqorida ko‘rsatilgan dozalash tartibi tana vazni taxminan 70 kg bo‘lgan kattalar uchun yaroqlidir. Ketokislota buyrak yetishmovchiligining darajasiga bog‘liq ravishda uzoq muddat davolash uchun qo‘llanadi. Ketokislotalarni ayollarga homiladorlik vaqtida va bolalarga qo‘llash bo‘yicha natijalar olinmagan.

Giperkaltsiyemiya rivojlanishi mumkin. Zardobda kaltsiyning miqdorini muntazam ravishda tahlil qilish kerak. Yetarli kaloriyali ovqat iste’mol qiling.

– Giperkaltsiyemiya; – Aminokislotalar metabolizmini buzilishida qo‘llash mumkin emas; Xomilador ayollar va bolalar uchun preparatning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan .

So‘rilishiga xalaqit bermasligi uchun, kaltsiy bilan qiyin eruvchan birikmalarni hosil qiladigan preparatlar (masalan, tetratsiklin) Ketokislota tabletkalari bilan bir vaqtda qabul qilinmasligi kerak.

Kaloriyaning zahirasi yetarli ekanligiga ishonch hosil qiling. Ketokislotalar anabolik yo‘l bilan o‘zlashtirilishiga kafolat bo‘lishi uchun patsiyent kuniga tana vazniga 150-170 kDj (35-40 kkal)/kg qabul qilishi kerak. Ketokislota uremiya simptomlarini yaxshilanganligi sababli, alyuminiy gidroksidini qabul qilish, imkon boricha, kamaytirilishi kerak. Kaltsiy: bir tabletka tarkibida 50 mg kaltsiy saqlaydi. Ketokislota giperkaltsiyemiyani chaqirishi mumkin. Kuniga 25 dan ortiq Ketokislota tabletkalari qabul qilinganida yoki tarkibida kaltsiy saqlovchi boshqa preparatlar (masalan, giperkaltsiyemiyani davolashda ionitlar) yoki antatsidlar bir vaqtda qabul qilinganida, ayniqsa giperkaltsiyemiyadan saqlanish kerak. Shuning uchun zardobda kaltsiyning miqdorini muntazam ravishda nazorat qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Xona xaroratida (15-30oS) saqlansin. Yorug‘likdan himoyalansin.

Prorenal preparatining dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ma’lumotlar keltirilmagan. Preparatning nojo‘ya ta’sirlari kuchayishi mumkin.

Retsept bo‘yicha

Qutida plyonka qobiq bilan qoplangan 10 tabletkadan 10 strip va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma saqlanadi.

2 yil.