Propassitretsept bilan

Tarkibi:

faol moddalar: dorivor o‘simliklarning ekstraktlarini majmuasi: valeriana ildizi ildizpoyasi bilan – 6,25 g, arslonquyruq o‘ti — 12,5 g, do‘lana mevasi – 12,5 g, na’matak mevasi – 12,5 g, oddiy qulmoq – 3,125 g, zira mevasi -3,125 g; yordamchi moddalar: 40% etil spirti, qand siropi, natriy benzoati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

dorivor o‘simliklarning ekstraktlarini majmuasi: valeriana ildizi ildizpoyasi bilan, arslonquyruq o‘ti, do‘lana mevasi, na’matak mevasi, oddiy qulmoq, zira mevasi.

Preparatning savdo nomi:

Propassit

Farmakalogik guruhi:

o‘ziga hos hidli va shirin ta’mli och sariq siropsimon suyuqlik. Sedativ vosita.

Dori shakli:

sirop.

o‘ziga hos hidli va shirin ta’mli och sariq siropsimon suyuqlik. Sedativ vosita.

o‘ziga hos hidli va shirin ta’mli och sariq siropsimon suyuqlik. Sedativ vosita.

Propassit ta’siri uni komponentlarining yig‘indi ta’siridir, bu esa kinetik kuzatuvlarni o‘tkazishni qiyinlashtiradi.

Ta’sirchanlik, xavotirlik, qo‘rquv, charchoqlik, xorg‘inlik, parishonxotirlik, xotira buzilishi, ruxiy mador qurishi bilan kechuvchi nevrasteniyaning yengil shakllari. Uyquni buzilishining yengil shakllari. Ruhiy zo‘riqish oqibatidagi bosh og‘riqlari. Migren, Me’da-ichak yo‘llarining funktsional kasallilari (dispeptik sindrom, ta’sirlangan ichak sindromi). Neyrotsirkulyator distoniya. Qichishish bilan kechuvchi dermatozlarda (atonik ekzema, seboreyali ekzema, eshakemi) qo‘llanadi.

5 ml (1 choy qoshiq) dan sutkada 3 marta ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Zaruriyatga qarab sutkalik dozani oshirish mumkin. Bir martalik dozani qabul qilishdagi oraliq vaqt – 8 soat.

MNS tomonidan: bosh aylanishi, charchash hissi, uyquchanlik. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, diareya, qabziyat. Dermatologik reaktsiyalar: terini qichishi, ekzantema. Boshqalar: mushaklar bo‘shashi, pay tortishi.

Preparat komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik.Miasteniya. -12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va laktatsiya davrida preparat shifokor nazorati ostida qo‘llanishi lozim.

Me’da-ichak tizimi kasalliklarida preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar preparatni davolovchi shifokor nazorati ostida qo‘llash kerak. Preparat tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganda uyquchanlikni chaqirmaydi, shuningdek diqqatni jamlash qobiliyatini pasaytirmaydi, shuning uchun uni kunduzi qo‘llash mumkin. Avtotransportni boshqarish qobiliyatiga ta’siri, shuningdek diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish mumkinligi xususidagi masala, faqat patsiyentning preparatga shaxsiy reaktsiyasini baholangandan keyin hal qilinadi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin:

15°S dan 25°S gacha haroratda yorug‘likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Simptomlari: uyquchanlik, ma’yuslik, ko‘ngil aynishi, mushak kuchsizlik,  bo‘g‘imlarda og‘riq, me’dada og‘irlik hissi. Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi. Maxsus antidoti yo‘q.

Sirop, 50, 90 ml dan flakonlarda.

2 yil.