Prolonretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: nimesulid – 100 mg; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, kolloidli kremniy dioksidi, povidon K-30, talk, magniy stearati, aspartam, limon kislotasi, natriy saxarini, maxsus trusil mango, to‘q sariq rang beruvchi (Sunset yellow).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

nimesulid

Preparatning savdo nomi:

Prolon

Farmakalogik guruhi:

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

och-sariqdan sariq ranggacha, yassi tsilindrik shaklida, bir tomonida “N”yozuvi bosilgan tabletkalar.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

M01AX17

Ichga qabul qilinganidan keyin nimesulid me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi 2-3 soatdan keyin aniqlanadi. Nimesulidning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 97,5% ga yetadi. Preparat jigarda metabolizmga uchraydi, metabolizmning asosiy mahsuloti – farmakologik faol modda – gidroksinimesuliddir. Qabul qilingan nimesulid dozasining taxminan 65% siydik bilan, qolgan 35% ahlat bilan chiqariladi.

– revmatoidli artrit; – podagra zo‘rayishi natijasida kelib chiquvchi bo‘g‘im sindromi; – psoriatik artrit; – Bexterev kasalligi (ankilozlovchi spondiloartrit); – osteoartroz; – mialgiya; – nevralgiya; – bog‘lam va paylarning yallig‘lanishi; – bursitlar, shuningdek yumshoq to‘qimalar va tayanch-harakat apparatining jarohat yallig‘lanishi; – og‘riqli sindrom (algodisminoreya, posttravmatik og‘riqlar, tish va bosh og‘rig‘i, artralgiya, lyumboishalgiya); – umurtqa pog‘onasidagi og‘riqlar; – infektsion-yallig‘lanish kasalliklaridagi isitma sindromi; – sinovit; – tendinit; – tendovaginitda qo‘llanadi.

Nojo‘ya reaktsiyalarning paydo bo‘lishini oldini olish maqsadida va ko‘rinishlarini susaytirish uchun preparatni juda qisqa vaqt davomida va minimal samarali dozada qabul qilish kerak. Preparatni faqat xavf/foyda nisbatini sinchiklab baholashdan keyin buyurish kerak. Preparat ovqatdan keyin va yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun – sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) 1 tabletka (100 mg) dan buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 200 mg tashkil qiladi. Davolashning maksimal davomiyligi 15 kun tashkil qiladi. Keksa yoshdagi bemorlar uchun ko‘rsatilgan dozalash sxemasiga tuzatish kiritish talab qilmaydi.

Preparat qo‘llanganida asosan davolash boshlanganidan keyingi birinchi hafta davomida quyidagi nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkin: Teri tomonidan: ko‘pincha toshma, qichishish, kuchli terlash, eritema, dermatit; yakka hollarda – angionevrotik shish, yuzni shishi, ko‘p shaklli eritema, eshakemi, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz; Ovqat qabul qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, gastrit, qorin og‘rig‘i, diareya, qabziyat, meteorizm; yakka hollarda – stomatit, melena, me’da yoki o‘n ikki barmoq ichakning peptik yarasi, yarani perforatsiyasi yoki me’da-ichakdan qon ketishi; Jigar tomonidan: sariqlik, xolestaz, jigar transaminazalarining faolligini oshishi, ba’zida o‘tkir gepatit holatlari, xatto o‘lim bilan yakunlanishi mumkin; Markaziy nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, entsefalopatiya (Rey sindromi); Ruxiy buzilishlar: xavotirlik hissi, asabiylik, dahshatli tush ko‘rishlar; Buyrak tomonidan: shishlar, dizuriya, gematuriya, siydik chiqarilishini tutilishi, oliguriya, interstitsial nefrit va buyrak yetishmovchiligining alohida hollari; Qon yaratish tizimi tomonidan: anemiya, eozinofiliya, yakka hollarda – pantsitopeniya, purpura va trombotsitopeniya; Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik, anafilaksiya; Nafas tizimi tomonidan: dispnoe, yakka hollarda – bronxial astma, bronxospazm, ayniqsa atsetilsalitsil kislotasi va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda; Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial gipertenziya, kam xollarda – qon ketishi, oqib kelishlar, arterial bosimini o‘zgarishlari. Shuningdek preparatni qabul qilish vaqtida ko‘rishning aniqligini buzilishi, asteniya, gipotermiya, giperkaliyemiya bo‘lishi mumkin.

– Preparatning ta’sir etuvchi moddasiga va har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik; – anamnezdagi boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari; – anamnezdagi preparatni qabul qilishga gepatotoksik reaktsiyalar; – me’da va o‘nikki barmoq ichakning zo‘rayish bosqichidagi yara kasalligi; – qon ivishining og‘ir buzilishlari; – “aspirin”li astma; – jigar faoliyatining yaqqol buzilishlari; – boshqa gepatotoksik dori vositalari bilan birga qo‘llanilishi; – alkogolizm, dori vosiatsiga nisbatan qaramlik; – buyrak faoliyatining og‘ir buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam); – yurak kasalliklarining og‘ir ko‘rinishlari; – tana haroratining oshishi va/yoki grippga o‘xshash simptomlar; – homiladorlik, emizish davri; – 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Varfarin va unga o‘xshash antikoagulyantlar, atsetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ketishlarining yuqori xavfi mavjud. Buyrak va yurak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarni davolashda nimesulid va furosemidni bir vaqtda qo‘llash ehtiyotkorlikni talab qiladi. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar litiyning klirensini kamaytiradi, u plazmada litiyning kontsentratsiyasini oshishiga va uning toksikligini oshishiga olib keladi. Shuning uchun nimesulid va litiy bir vaqtda qo‘llanganida plazmada litiyning kontsentratsiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak. Nimesulid digoksin, teofillin, glibenklamid, ranitidin, antatsidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri aniqlanmagan. Nimesulid CYP 2C9 fermentining ta’sirini susaytiradi. Shuning uchun bu fermentning ta’siriga duchor bo‘lgan preparatlarning plazmadagi kontsentratsiyasi, ular nimesulid bilan bir vaqtda qo‘llanganida oshishi mumkin. Agarda preparat metotreksat qo‘llanganidan keyin kamida 1 sutkadan kamroq o‘tgach yoki 1 sutka oldin qo‘llangan bo‘lsa, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki metatreksatning qon zardobidagi kontsentratsiyasi va uning toksikligi oshadi. Nimesulid bilan bir vaqtda qo‘llanganida tsiklosporinlarning nefrotoksikligi oshishi mumkin.

Nojo‘ya samaralarining rivojlanishi xavfini pasaytirish uchun eng kam davomiylikka ega davolash kursi bilan minimal samarali dozani qo‘llash kerak. Agarda bemorning holati yaxshilanmasa, davolashni to‘xtatish kerak. Jigar fermentlarining faolligini oshishi yoki jigarning shikastlanish belgilari (masalan, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, charchoqlik hissi, to‘q rangli siydik) aniqlangan hollarda preparatni bekor qilish kerak. Bunday bemorlarga keyinchalik nimesulidni buyurish man etiladi. preparat bilan davolanish vaqtida gepatotoksik preparatlar, analgetiklar, boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni bir vaqtda qo‘llashdan, shuningdek alkogolni iste’mol qilishdan saqlanish tavsiya qilinadi. Me’da-ichakdan qon ketishi yoki yara/perforatsiya, preparat qo‘llanganida, ogohlantiruvchi simptomlar bilan yoki ularsiz, anamnezdagi me’da-ichak asoratlarida ham, ularsiz ham har qanday vaqtda rivojlanishi mumkin. Me’da-ichakdan qon ketishlari yoki yaralar paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak. Preparatni anamnezida me’da-ichak buzilishlari, yarali koliti yoki Kron kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Buyrak yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki uni qo‘llash buyrak faoliyatini yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Buyrak faoliyati yomonlashgan hollarda preparatni bekor qilish kerak. Keksa yoshdagi bemorlarda preparatni qabul qilish oqibatida, ko‘pincha nojo‘ya samaralari, shu jumladan me’da-ichakdan qon ketishlari, perforatsiyalar, yurak, buyrak va jigarning faoliyatini buzilishlari rivojlanishi mumkin. Shuning uchun patsiyentning holatini muntazam klinik nazorat qilish tavsiya qilinadi. Gemorragik diatezi bo‘lgan bemorlarda nimesulid trombotsitlarning faoliyatini buzishi mumkinligi tufayli, uni ehtiyotkorlik bilan, doimiy nazorat ostida qo‘llash kerak. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qo‘llash, bakterial infektsiya foni bilan bog‘liq bo‘lgan tana haroratini oshishini niqoblashi mumkin. Tana harorati oshganida yoki grippga o‘xshash simptomlar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. preparatni homiladorlikning oxirgi uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Nimesulidni qo‘llash ayollar fertilligini buzishi mumkin va homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga tavsiya qilinmaydi. Prostaglandinlarning sintezini susaytiruvchi boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalari kabi, preparat ham botallov yo‘lini barvaqt yopilishiga sabab bo‘lib xizmat qilishi va o‘pka gipertenziyasini, oliguriya va kam xollarda – suvsizlikni chaqirishi mumkin. Qon ketishlari, bachadon atoniyasi va periferik shishlarning rivojlanishini xavfi oshadi. Shuningdek preparatni homilador ayollarda qo‘llash yuzasidan ma’lumotlarning yo‘qligini hisobga olib, preparat homiladorlikning I va II uch oyliklarida buyurish tavsiya qilinmaydi. Emizish davrida qo‘llanilishi. Nimesulidni ko‘krak sutiga o‘tishini, noma’lumligi tufayli, preparat emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Bolalar. Preparatni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. 12 yoshdan oshgan bolalar uchun dozalash kattalarniki bilan bir xil. Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati Davolash davomida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashga va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari. Dozani oshirib yuborilganida lohastlanish, letargiya, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qorin usti sohasida og‘riq kuzatiladi, shuningdek me’da-ichakdan qon ketishlari, arterial gipertenziya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, nafasni susayishi, anafilaktoid reaktsiyalar va koma paydo bo‘lishi mumkin. Davolash. Spetsifik antidoti yo‘q. Dozani oshirib yuborilgan hollarda simptomatik davolash o‘tkazilishi kerak. Bemorlarda birinchi 4 soat davomida me’dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash kerak. Gemodializ samarasiz. Buyrak va jigar faoliyatini sinchiklab nazorat qilish kerak.

Retsept bo‘yicha

10 ta tabletkadan blisterda, 1 yoki 2 blisterdan karton o‘ramda.

3 yil.