Prolid Neoretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: nimesulid – 100 mg; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, kolloidli kremniy dioksidi, povidon K-30, talk, magniy stearati, aspartam, limon kislotasi, natriy saxarini, maxsus trusil mango, bo‘yovchi (Sunset yellow).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

nimesulid

Preparatning savdo nomi:

Prolid Neo

Farmakalogik guruhi:

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

Dori shakli:

tabletkalar.

och-sariqdan sariq ranggacha bo‘lgan, yassi tsilindrik shaklli, bir tomonida “N” yozuvi bosilgan tabletkalar.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

M01AX17

Ichga qabul qilinganida yuqori so‘rilishiga – ega (ovqat qabul qilish so‘rilish darajasiga ta’sir qilmasdan, uning tezligini pasaytiradi). Smax 1,5-2,5 soatga teng. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 95%, eritrotsitlar bilan – 2%, lipoproteinlar bilan – 1%, nordon alfa 1-glikoprotsidlar bilan – 1%. Dozani o‘zgarishi bog‘lanish darajasiga ta’sir qilmaydi. Smax – 3,5-6,5 mg/l. Taqsimlanish hajmi – 0,19-0,35 l/kg. Ayollar jinsiy a’zolarining to‘qimalariga o‘tadi, bir marta qabul qilinganidan keyin u yerda uning kontsentratsiyasi plazmadagi kontsentratsiyasining taxminan 40% ni tashkil qiladi. Yallig‘lanish o‘chog‘ining nordon muhitiga (40%), sinovial suyuqlikka (43%) yaxshi o‘tadi. Gistogematik to‘siqlar orqali oson o‘tadi. Jigarda to‘qima monooksigenazalari tomonidan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti – 4-gidroksinimesulid (25%), o‘xshash farmakologik faollikka ega, lekin molekulasining o‘lchamini kamayishi oqibatida, metil guruhini bog‘lanishini faol markaziga TsOG-2 ning gidrofob kanali bo‘ylab tez diffundirlanish qobiliyatiga ega. 4-gidroksinimesulid suvda eruvchi birikma bo‘lib, uning chiqarilishi uchun glutation va metabolizmining II fazasini (sulfatlanish, glyukuronlanish va boshq.) kon’yugatsiya reaktsiyasi talab qilinmaydi. Nimesulidning T1/2 – 1,56-4,95 soat, 4-gidroksinimesulidniki – 2,89-4,78 soat. 4-gidroksinimesulid buyraklar orqali (65%) va o‘t bilan (35%) chiqariladi, enterogepatik retsirkulyatsiyaga duchor bo‘ladi.

– revmatoid aritrit; – osteoartroz; – turli etiologiyali artritlar; – artralgiyalar; – mialgiyalar; – operatsiyadan keyingi va jarohatdan keyingi og‘riqlar; – bursit; – tendenit; – algodismenoreya; – tish va bosh og‘rig‘i; – turli genezli isitmada qo‘llanadi.

Nimesulid tabletkalarini ichga, ovqatdan keyin chaynamasdan butunligicha suv bilan birga yutish kerak. Preparat 100 mg dan (1 tabletka) kuniga 2 marta buyuriladi. Pediatriya amaliyotida qo‘llanganida, bolalar uchun mo‘ljallangan dori shakllarini ishlatish kerak. Tana vazni 40 kg dan yuqori bo‘lgan o‘smirlarga 100 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Nojo‘ya reaktsiyalarini rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun iloji boricha qisqa vaqt davomida minimal samarali doza buyurilishi kerak. Preparatni qabul qilishning maksimal davomiyligi 15 kundan oshmasligi kerak.

Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda – anemiya, eozinofiliya; juda kam hollarda – trombotsitopeniya, pantsitopeniya, purpura. Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik; juda kam hollarda – anafilaktik reaktsiyalar. Moddalar almashinuvi tomonidan: kam hollarda – giperglikemiya. Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – bezovtalik, xavotirlik, asabiylik, tungi daxshatlar; juda kam hollarda – bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, entsefalopatiya (Rey sindromi); kam kuzatiladigan reaktsiya – bosh aylanishi. Ko‘rishni buzilishi: kam hollarda – yoyilgan (surkalgan) ko‘rish; juda kam – ko‘rishni buzilishi. Eshitish a’zosi va vestibulyar apparati tomonidan: juda kam hollarda – bosh aylanishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam kuzatiladigan reaktsiya – gipertenziya; kam hollarda – taxikardiya, qon ketishi, qon bosimining turg‘un emasligi, qon tomirli distoniya. Nafas tizimi tomonidan: kam kuzatiladigan reaktsiya – hansirash; juda kam hollarda – astma, bronxospazm. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez kuzatiladigan reaktsiyalar – diareya, ko‘ngil aynishi, qusish; kam kuzatiladigan reaktsiyalar – qabziyatlar, meteorizm, gastrit; juda kam hollarda – qorin og‘rig‘i, dispepsiya, qon aralash ich kelishi, me’da-ichak qon ketishlari, perforatsiya bilan me’da-ichak yo‘llarining yara kasalligi. Gepato-biliar tizimi tomonidan: juda kam hollarda – gepatit, fulminant gepatit, xolestaz, sariqlik. Dermatologik reaktsiyalar: tez-tez emas – terini qichishishi, terini qizarishi, ko‘p terlash; kam hollarda – eritema, dermatit; juda kam hollarda – eshakemi, angionevrotik shish, yuzni shishi, ko‘pshaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – dizuriya, gematuriya, siydikni tutilishi; juda kam hollarda – buyrak yetishmovchiligi, oliguriya, interstitsial nefrit. Butun organizm tomonidan: kam kuzatiladigan reaktsiya – shish; kam hollarda – umumiy loxaslik, asteniya; juda kam hollarda – gipotermiya. Laborator-klinik tekshirishlarda tez-tez aniqlanadigan reaktsiyalar: qonda jigar fermentlarining darajasini oshishi. Har qanday odatdagi bo‘lmagan reaktsiyalar paydo bo‘lganida, albatta keyinchalik preparatni qo‘llash bo‘yicha shifokor bilan maslahatlashish kerak.

– Nimesulidga va preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; – MIY eroziv-yarali shikastlanishlari (zo‘rayish bosqichida); – MIY qon ketishlar; – “aspirin” astmasi; – jigar yetishmovchiligi; – buyrak yetishmovchiligi (KK 30 ml/min dan kam); – homiladorlik (III uch oyligi) va laktatsiya davri; – 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar; – boshqa potentsial gepatotoksik dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash; – alkogolizm, dorilarga qaramlik; – tana haroratini oshishi va/yoki grippsimon simptomlarda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: arterial gipertenziya, surunkali yurak yetishmovchiligi, 2 tur qandli diabet.

Noxush reaktsiyalar xavfi preparat maksimal qisqa vaqt davomida qo‘llash sharoitida pasaytirilishi mumkin. Istalgan samara bo‘lmaganida preparatni qo‘llash to‘xtatilishi kerak. Juda kam preparatni qo‘llash jigar tomonidan og‘ir reaktsiyalarga, shu jumladan o‘lim xollari, olib kelishi mumkin. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qo‘llash vaqtida sariqlik, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, umumiy holsizlikni xis qilish paydo bo‘lgan patsiyentlarda yoki jigar faoliyatining ko‘rsatgichlari o‘zgargan patsiyentlarda, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va keyinchalik nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qo‘llamaslik kerak. Qisqa vaqt davomidagi nimesulidni qo‘llash chaqirgan jigarni shikastlanishi, ko‘pchilik hollarda qaytuvchi bo‘ladi. Bir vaqtda boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Me’da-ichak qon ketishlari yoki yaralar, perforatsiyalarni hosil bo‘lishi preparatni qo‘llashning har qanday vaqtida, me’da-ichak yo‘llari tomonidan dastlabki ko‘rinishlari bilan yoki ko‘rinishlarisiz paydo bo‘lishi mumkin.  Qon ketishi yoki yara paydo bo‘lganida preparatni qo‘llash to‘xtatilishi kerak. Preparatni me’da-ichak yo‘llarining kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak: qachonlardir paydo bo‘lgan peptik yara, me’da-ichak qon ketishlari, yarali kolit yoki Kron kasalligi. Yurak yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki preparatni qo‘llash buyraklarning faoliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Buyraklarning faoliyatini buzilishi aniqlanganida preparatni qo‘llash to‘xtatilishi kerak. Keksa yoshli patsiyentlar nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qo‘llashdagi noxush samaralarga, shu jumladan me’da-ichak qon ketishlariga, yarali perforatsiyaga, jigar, buyraklar, yurak faoliyatini buzilishlariga moyilroq bo‘ladilar. Shuning munosabati bilan Prolid Neo ni keksa yoshli patsiyentlarga, ayniqsa astenizatsiyalanganlarga, muvofiq klinik kuzatuvni o‘tkazib, ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Nimesulidni qo‘llash antiagregant ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi tufayli, gemorragik diatezi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Shu bilan birga preparat atsetilsalitsil kislotasini o‘rnini bosuvchisi hisoblanmaydi. Preparatni qo‘llash reproduktiv faoliyatiga shikastlovchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin va homiladorlikni rejalashtirayotgan va bepushtligi bo‘lgan yoki bepushtlik bo‘yicha davolash o‘tayotgan ayollarda qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlikning uchinchi uch oyligida nimesulidni qo‘llash mumkin emas. Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalari kabi nimesulid homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga tavsiya qilinmaydi. Prostaglandinlarning sintezini ingibirlanishi tufayli, nimesulid arterial yo‘lini muddatidan oldin yopilishini, o‘pka gipertenziyasini, oliguriyani, oligoamniozni, qon ketishining yuqori xavfini, periferik shishlarni chaqirishi mumkin. Homiladorlikning kechki davrida onalari nimesulid qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda, buyrak yetishmovchiligining yakka hollari haqida ma’lumotlar bor. Quyonlarda o‘tkazilgan tekshirishlar reproduktiv faoliyatga nimesulidni toksik ta’sirini ko‘rsatadi va ayollarning reproduktiv faoliyatiga nimesulidni ta’siri bo‘yicha muvofiq ma’lumotlar yo‘q. Shuning uchun odamda qo‘llashning potentsial xavfi noma’lum va homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyliklari davomida nimesulidni qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Emizish davrida nimesulidni qo‘llash mumkin emas.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Simptomlari: arterial bosimni oshishi, buyraklar faoliyatini buzilishi, tirishishlar, me’da-ichak yo‘llarini ta’sirlanishi, nafasni susayishi, jigar yetishmovchiligi. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir buyurish, simptomatik davolashni o‘tkazish. Spetsifik antidoti mavjud emas.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan blisterda, 1 yoki 2 blisterdan karton o‘ramda; 10 o‘ram karton qutida.

3 yil.