Proktosedil M rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir kapsula saqlaydi: Faol moddalar: framitsetin sulfati*                               5,00 mg gidrokortizon atsetat                     2,79 mg eskulozid                                          5,00 mg benzokain (etilaminobenzoat)      5,00 mg butamben (butilaminobenzoat)      5,00 mg *- faolligi 670 mkg/mg Yordamchi moddalar: lanolin, oq yumshoq parafin, suyuq parafin** **-framitsetin sulfatning miqdoriga asoslangan holda suyuq parafinning miqdori o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, glitserol (glitserin), metilparagidroksibenzoat (metilparaben), propilparagidroksibenzoat (propilparaben), titan dioksidi (Ye171), tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

Proktosedil M

Farmakalogik guruhi:

gemorroyni davolash uchun vosita.

sarg‘ish-oq rangli yog‘li modda saqlovchi noksimon shakldagi och-sariq rangli yumshoq jelatin kapsulalar.

gemorroyni davolash uchun vosita.

Ichki gemorroy.

Proktosedil M ertalab va kechqurun, shuningdek, har bir defekatsiyadan keyin buyuriladi. Rektal kapsulalarni imkon boricha to‘g‘ri ichakka chuqurroq kiritilishi kerak. Ahvol yaxshilanganidan so‘ng rektal kapsulalar sonini bir kunda bir martagacha qisqartirish mumkin. Proktosedil M rektal kapsulalarini Proktosedil surtmasi bilan birga qo‘llash mumkin. Preparat qisqa muddat (ko‘pi bilan 7 kun) davomida qo‘llaniladi.

– To‘g‘ri ichak sohasida diskomfort hissi. – To‘g‘ri ichak sohasida achishish, to‘g‘ri ichak shilliq qavatini qurishi. – Ikkilamchi infektsiyani qo‘shilishi. – Allergik reaktsiyalar. – Proktosedil M katta dozalarda va/yoki uzoq vaqt davomida qo‘llanganda gidrokortizon bilan bog‘liq tizimli nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelishi xavfi oshadi.

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Anorektal sohasini tuberkulyoz, virus, zamburug‘ infektsiyalari bilan zararlanishi. Homiladorlik va emizish davri. Emizikli davr. Preparatni arterial gipertenziyada, surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

8°S dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Retseptsiz

Rektal kapsulalar. 20 kapsuladan buraladigan qopqoqli to‘q shisha flakonda. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.