Pregnilretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: 1 ampulada 1500 yoki 5000 xalqaro birlik (XB) xorionik gonadotropin Yordamchi moddalar: natriy karmelloza, mannitol, suvsiz natriy gidrofosfati, suvsiz natriy digidrofosfati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

xorionik gonadotropin

Preparatning savdo nomi:

Pregnil

Farmakalogik guruhi:

Lyuteinlovchi vosita.

Dori shakli:

mushak ichiga va teri ostiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat.

Oq rangli liofilizat yoki liofilizatsiyalangan kukun. Erituvchi: rangsiz, tiniq eritma.

Lyuteinlovchi vosita.

G03GA01.

OXG ni bir marta mushak ichiga yoki teri ostiga yuborilgandan so‘ng uning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga erkaklarda 6-16 soatdan so‘ng, ayollarda taxminan 20 soatdan so‘ng. Garchi yuqori shaxsiy o‘zgaruvchanlik kuzatilsa, bir marta mushak ichiga yuborilgandan so‘ng so‘rilish tezligining jinslar orasidagi farqi, ehtimol ayollarda teri osti yog‘ qatlamining qalinligi bilan bog‘liq. Taxminan 80% oXG buyrak metabolik o‘zgarishlarga uchraydi. Bir marta mushak ichiga yoki teri ostiga oXG inyektsiyasi so‘rilish davomiyligiga nisbatan bioekvivalent va taxminan 33 soatga teng bo‘lgan taxminiy yarim chiqarilish davri ko‘rsatkichlariga tengligi aniqlangan. Tavsiya qilingan dozalash tartibi va yarim chiqarilish davrini hisobga olgan holda, preparatni to‘planishi kutilmaydi.

Ayollarda: anovulyatsiya yoki follikulalarni yetilishini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan bepushtlikda ovulyatsiyani induktsiya qilish;nazorat qilinadigan tuxumdonlarni rag‘batlantirish dasturlarida follikulalarni punktsiyaga tayyorlash (yordamchi reproduktsiya usullari uchun);sariq tana fazasini bir maromda tutib turish. O‘g‘il bolalarda va erkaklarda: gipogonadotrop gipogonadizm;gipofizning gonadotrop faoliyati yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan jinsiy yetilishning orqada qolishi;anatomik obstruktsiya bilan bog‘liq bo‘lmagan kriptorxizmda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli Erituvchini liofilizatga qo‘shgandan keyin, tayyorlangan Pregnil® eritmasi sekinlik bilan mushak ichiga yoki teri ostiga yuboriladi. Ayollarda: Anovulyatsiya yoki follikulalarni yetilishini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan bepushtlikdagi ovulyatsiyani induktsiya qilishda Odatda follikulani rag‘batlantiruvchi gormon (FRG) bilan davolashni oxiriga yetkazish maqsadida Pregnil® preparati 5000 dan 10000 XB dozada bir inyektsiya yuboriladi. Nazorat qilinadigan tuxumdonlarni rag‘batlantirish dasturlarida follikulalarni punktsiyaga tayyorlashda Odatda FRG preparatlari bilan davolashni tugallash uchun Pregnil® preparati 5000 dan 10000 XB dozada bir inyektsiyada yuboriladi. Sariq tana fazasini bir maromda tutib turish uchun Ovulyatsiyadan keyin yoki embrion ko‘chirib o‘tkazilgandan keyin 9 kun davomida ikkitadan uchtagacha har biri 1000 dan 3000 gacha XB dozada takroriy inyektsiya (masalan, ovulyatsiya rag‘batlantirilgandan keyin 3, 6, 9-kunlarda) qilish mumkin. O‘g‘il bolalarda va erkaklarda: Gipogonadotrop gipogonadizmda Haftada 2-3 marta 1000-2000 XB Pregnil® preparati yuboriladi. Bepushtlikda Pregnil® preparatini o‘zida follitropin (FRG) saqlovchi qo‘shimcha preparat bilan birga yuborish mumkin. Spermatogenez jarayoni qandaydir yaxshilanishini olish uchun davolash kursi kamida 3 oy davom etishi kerak. Bunday davolash davomida testosteron bilan o‘rnini bosuvchi davolashni to‘xtatib turish kerak. Spermatogenez jarayoni yaxshilanishiga erishilganda, uni bir maromda saqlab turish uchun ba’zi xollarda oXG ni o‘zini qo‘llash yetarli bo‘ladi; Gipofizning gonadotrop faoliyati yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan jinsiy yetilishning orqada qolishida Haftada 2-3 marta 1500 XB. Davolash kursi-kamida 6 oy ni tashkil etadi. Anatomik obstruktsiya bilan bog‘liq bo‘lmagan kriptorxizmda 2 yoshgacha: 250 XB xaftada 2 marta, 6 hafta davomida yuboriladi;6 yoshgacha: 500-1000 XB xaftada 2 marta, 6 xafta davomida yuboriladi;6 yoshdan katta: 1500 XB xaftada 2 marta, 6 xafta davomida yuboriladi. Zarurati bo‘lgan hollarda davolash kursi takrorlanishi mumkin.

Immun tizimi buzilishlari Juda kam hollarda tarqalgan toshmalar va isitma kuzatilishi mumkin. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi holatlar Pregnil® preparati qo‘llanilganda inyektsiya qilingan joyda reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin, masalan, qontalash, og‘riq, qizarish, shish va qichishish. Ba’zi hollarda allergik reaktsiyalar to‘g‘risida xabarlar berilgan, ularning ko‘pchiligi inyektsiya qilingan joyda og‘riq va/yoki toshmalar ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Ayollarda Qon tomirlar tizimi tomonidan buzilishlar Odatda FRG/oXG davolash bilan assotsiatsiyalangan tuxumdonlar giperstimulyatsiyasi sindromi (TGSS) bilan bog‘liq bo‘lgan tromboemboliyalar kam hollarda kuzatilgan. Respirator, ko‘krak, mediastinal buzilishlar Og‘ir TGSS asorati sifatida gidrotoraks, Me’da-ichak  yo‘llari tomonidan buzilishlari O‘rtacha og‘irlikda kechadigan TGSS bilan bog‘liq qorinda og‘riq va ko‘ngil aynishi va diareya kabi me’da-ichak yo‘llari tomonidan simptomlar. Og‘ir kechadigan TGSS asorati sifatida astsit. Reproduktiv tizim va sut bezi tomonidan buzilishlar O‘rtacha yoki og‘ir TGSS bilan bog‘liq tuxumdonlarning noxush giperstimulyatsiyasi. O‘rtacha og‘irlikdagi TGSS bilan bog‘liq sut bezlarida og‘riq, tuxumdonlarning biroz yoki o‘rtacha kattalashishi va tuxumdonlar kistasi. Odatda og‘ir TGSS bilan bog‘liq bo‘lgan tuxumdonlarning katta (yorilishga moyil) kistalari. Tekshirish natijalariga ko‘ra Og‘ir kechayotgan TGSS belgisi sifatida tana vaznini oshishi Erkaklarda va o‘g‘il bolalarda Metabolizm va ovqatlanishni buzilishlari Ba’zi holatlarda yuqori dozalar yuborilganda suv va natriyni tutib qolinishi kuzatiladi, bu androgenlar ko‘p ishlab chiqarilishi natijasida kelib chiqadi deb hisoblanadi. Reproduktiv tizim va ko‘krak bezlari buzilishlari OXG bilan davolash ba’zida ginekomastiya chaqirishi mumkin.

odam gonadotropini yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik;jinsiy gormonlarga bog‘liq bo‘lgan aniqlangan yoki gumon qilingan o‘smalar (tuxumdon raki, ayollarda sut bezi raki va bachadon raki, erkaklarda prostata bezi raki, ko‘krak bezi raki); O‘g‘il bolalarda vaqtidan oldin jinsiy balog‘atga yetish Ayollarda (qo‘shimcha) homilador bo‘lishga yo‘l qo‘ymaydigan jinsiy a’zolarning noto‘g‘ri shakllanishi;homilador bo‘lishga yo‘l qo‘ymaydigan bachadonning fibrozli o‘smasida qo‘llash mumkin emas.

Pregnil® preparatining boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta’siri o‘rganilmagan bo‘lsada, uning bunday o‘zaro ta’sirini inkor qilib bo‘lmaydi. Pregnil® preparati bilan davolash vaqtida va davolash tugatilgandan keyin 10 kun davomida u immunologik testlar ko‘rsatkichlari ahamiyatiga ta’sir etishi, zardobda/siydikda oXG miqdori ko‘rsatkichiga ta’sir etib homiladorlik testiga soxta ijobiy natija ko‘rsatishiga olib kelishi mumkin.

Ayollarda Gonadotrop preparatlar bilan ovulyatsiya induktsiyasi yordamida yuzaga kelgan homiladorlikda ko‘p homilali homiladorlikning yuqori xavfi mavjud;Yordamchi reproduktiv texnologiyalar o‘tkazilgan va ayniqsa, ekstrokorporal yo‘l bilan homilador bo‘lgan bepusht ayollarda ko‘pincha bachadon naychasi patologiyasi uchragani uchun ektopik homiladorlik paydo bo‘lish tez-tezligi ko‘payishi mumkin; Shuning uchun homiladorlik bachadon ichida yuz berganini tasdiqlaydigan erta ultratovush tasdiq katta ahamiyatga ega; Yordamchi reproduktiv texnologiyalar yordamida yuzaga kelgan homiladorlikni yo‘qotish tez-tezligi oddiy populyatsiyadagilardagiga qaraganda yuqori;Nazorat qilib bo‘lmaydigan gonadalardan tashqari endokrinopatiyalar (masalan, qalqonsimon bez, buyrak usti bezi yoki gipofiz kasalliklari) ni mavjudligini inkor qilish zarur;Yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) natijasida tug‘ma nuqsonlar rivojlanish tez-tezligi, spontan homiladorlikda yuzaga kelgan nuqsonlarda ko‘proq bo‘lishi mumkin. Bunday bir muncha yuqori ko‘rsatkich ota-onalarning o‘ziga xosligi (onaning yoshi, spermaning o‘ziga xos xususiyatlari), shuningdek YORT dan keyin ko‘p homilalik tez-tezligi yuqoriligi bilan bog‘liq. Rivojlanish nuqsonlarini rivojlanishining yuqori xavfi YORT paytida gonadotropinlar qo‘llanishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadigan ko‘rsatmalar yo‘q.Tuxumdonlarning noxush giperstimulyatsiyasi Anovulyatsiya yoki follikulalar yetilishi buzilishi natijasida kelib chiqqan bepushtlikda FSG/oXG majmuaviy davolanayotgan bemorlarda FSG saqlovchi preparatni qo‘llash tuxumdonlarning noxush giperstimulyatsiyasiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, FSG bilan davolashdan oldin va ma’lum muntazam vaqt oralig‘ida FSG bilan davolash paytida, follikulalar rivojlanishini baholash uchun ultratovush tekshirishlarini o‘tkazib turish va estradiol miqdorini aniqlash kerak. Estradiol darajasi juda tez oshishi, masalan ketma-ket ikki yoki uch kundan keyin sutka davomida ikki martadan ko‘proq oshishi va juda ham yuqori ko‘rsatkichlarga yetishi mumkin. Tuxumdonlarning noxush giperstimulyatsiyasini diagnozi ultratovush tekshirishlarida tasdiqlanishi mumkin. Tuxumdonlarning noxush giperstimulyatsiyasi rivojlangan holatlarda (ya’ni in vitro sharoitda embrionni olib kirish orqali homila paydo bo‘lishiga tayyorlash (IVT/ET), gametalarini bachadon naychalari ichiga kirishiga tayyorlash (TGFT) yoki spermatozoidlarni hujayra plazmasi ichiga inyektsiya qilish (IKSI) da davolashning bir qismi sifatida emas) FSG saqlovchi preparatni yuborish zudlik bilan to‘xtatiladi. Bunday holatlarda homiladorlikka yo‘l qo‘ymaslik va Pregnil® preparatini yubormaslik kerak, chunki bu bosqichda faol LG gonadotropinni yuborish ko‘p sonli ovulyatsiyadan tashqari qo‘shimcha TGSS keltirib chiqarishi mumkin. Bu ogohlantirish ayniqsa polikistozli tuxumdonlari bo‘lgan bemorlar uchun muhim. O‘rtacha og‘irlikdagi TGSS klinik simptomlariga me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlari (og‘riq, ko‘ngil aynishi, ich ketishi), sut bezlarida og‘riq, tuxumdonlarni kattalashishi va tuxumdonlarda katta bo‘lmagandan tortib o‘rtacha kattaliklardagicha kistalar rivojlanishi kiradi. TGSS bilan bog‘liq bo‘lgan jigar disfunktsiyasini ko‘rsatuvchi jigar faoliyati testlari natijalarining vaqtinchalik o‘zgarishlari va ularning jigar biopsiyasida morfologik o‘zgarishlar bilan davom etishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Kam holatlarda og‘ir TGSS rivojlanadi va u hayotga xavf solishi mumkin. U tuxumdonlarning katta kistalari (yorilishga moyil bo‘lgan) paydo bo‘lishi, astsit, tana vaznini oshishi, ko‘pincha gidrotoraks va ba’zi holatlarda tromboemboliya rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Pregnil® preparati tana vaznini kamaytirish uchun qo‘llash mumkin emas. OXG yog‘lar metabolizmi, yog‘lar taqsimlanishiga va ishtahaga ta’sir etmaydi.

Pregnil® preparatini tuxumdon sariq tana faoliyatini qo‘llab turish uchun qo‘llash mumkin, ammo homildorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Pregnil® ni emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

2 dan 15oS haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Odam siydigidan olingan gonadotropin preparatlarining o‘tkir toksikligining  juda pastligi ko‘rsatilgan. Biroq, shunga qaramasdan, oXG ning juda yuqori dozalari TGSS rivojlanishiga olib kelish ehtimolligi mavjud deb qaraladi.

Retsept bo‘yicha

Teri ostiga va mushak ichiga yuborish uchun 1500 va 5000 XB dagi eritma tayyorlash uchun liofilizat, erituvchi bilan majmuada (natriy xloridning 0,9% li eritmasi). 2 ml sig‘imdagi rangsiz I (YEF) tipli shisha ampulada 1500 XB liofilizat. Ampulaning yuqori qismida – ikkita havorang xalqa va ularning tagida qora rangli nuqta. 2 ml sig‘imdagi rangsiz I (YEF) tipli shisha ampulada 5000 XB liofilizat. Ampulaning yuqori qismida – sariq rangli xalqa va uning tagida qora rangli nuqta. 1 ml sig‘imdan rangsiz I (YEF) tipli shisha ampulada 1 ml erituvchi. Ampulaning yuqori qismida ko‘k rangli xalqa va uning tagida qora rangli nuqta. 1500 XB li 3 ampula liofilizat 3 ampula erituvchi bilan komplektda, har bir ampula ikki fiksator bilan mahkamlangan, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan. 5000 XB 1 ampula liofilizat, 1 ampula erituvchi bilan majmuada, har bir ampula ikki fiksator bilan mahkamlangan, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

3 yil.