Polisorb MPretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: kolloid kremniy dioksidi 1,0 g

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

kolloid kremniy dioksidi

Preparatning savdo nomi:

Polisorb MP

Farmakalogik guruhi:

Enterosorbent vosita.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun

Oq yoki moviy tusli oq rangli, yengil, hidsiz kukun. Suv bilan aralashtirilganda suspenziyani hosil qiladi.

Enterosorbent vosita.

A07V

Polisorb MP me’da-ichak yo‘llarida parchalanmaydi va so‘rilmaydi va o‘zgarmagan holda chiqariladi.

kattalar va bolalarda kelib chiqishi turlicha bo‘lgan o‘tkir va surunkali intoksikatsiyalar;har qanday genezli o‘tkir ichak infektsiyalari, shu jumladan ovqat toksikoinfektsiyalari, shuningdek noinfektsion kelib chiqishga ega diareya sindromi, disbakterioz (kompleks davolash tarkibida);yaqqol intoksikatsiya bilan kechuvchi yiringli-septik kasalliklar;kuchli ta’sir etuvchi va zaharli moddalar bilan, shu jumladan dori preparatlari va alkogol bilan, alkoloidlar, og‘ir metall tuzlari va boshqalar bilan o‘tkir zaharlanishlar;ovqat va dorivor allergiyalar;va boshqa o‘tkir rivojlanuvchi ekzo- va (yoki) endogen intoksikatsiyalarda (gripp, ORVI);gepatitlar va boshqa sariq kasalliklar;surunkali buyrak yetishmovchiligi;ekologik noxush hududlarda yashovchilarda va zararli moddalarni ishlab chiqarish korxonalari xizmatchilarida profilaktik maqsadlarda qo‘llaniladi.

Polisorb MP ichga, faqat suvli suspenziya ko‘rinishida qabul qilinadi! Suspenziyani tayyorlash uchun preparatning kerakli miqdorini 1/4-1/2 stakan suvda yaxshilab aralashtiriladi. Preparatni har gal qabul qilishdan oldin yangi suspenziyani tayyorlash va uni ovqat va boshqa preparatlarni qabul qilishdan 1 soat oldin ichish tavsiya etiladi. Kattalarda o‘rtacha sutkalik doza 1 kg tana vazniga 0,1-0,2 g (6-12 g) ni tashkil etadi. Preparat sutka davomida 3-4 marta qabul qilinadi. Kattalarda maksimal sutkalik doza 1 kg tana vazniga 0,33 g (20 g) ni tashkil etadi. Bolalar uchun doza tana vazniga qarab hisoblanadi (jadvalga qarang). Patsiyentning tana vazniDozasiSuvning hajmi10 kg gachaSutkada 0,5-1,5 choy qoshiq30-50 ml11-20 kg1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lmagan” 1 choy qoshiq30-50 ml21-30 kg1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lgan” 1 choy qoshiq50-70 ml31-40 kg1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lgan” 2 choy qoshiq70-100 ml41-60 kg1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lgan” 1 osh qoshiq100 ml60 kg dan ortiq1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lgan” 1-2 osh qoshiq100-150 ml 1 “to‘la” choy qoshiq – 1 gramm preparat saqlaydi, 1 to‘la osh qoshiq – 2,5-3 gramm preparat saqlaydi. Ovqatdan allergiya bo‘lgan hollarda preparat bevosita ovqat qabul qilishdan oldin qabul qilinadi, sutkalik dozani kun davomida 3 marta qabul qilishga bo‘linadi. Davolash davomiyligi kasallikning og‘irligiga va qo‘yilgan tashxisga bog‘liq, o‘tkir intoksikatsiyalarda davolash kursi – 3-5 kun; allergik kasalliklarda, surunkali intoksikatsiyalarda davolash kursi 10-14 kungacha davom etadi. 2-3 haftadan keyin shifokor tavsiyasiga ko‘ra takroriy kurslarni o‘tkazish mumkin.

Kam hollarda: allergik reaktsiyalar, dispepsiya, qabziyat. Polisorb MP preparatini uzoq muddat, 14 kundan ortiqroq qabul qilinganida vitaminlarni so‘rilishi buziladi, shu boisdan polivitamin preparatlarni profilaktika maqsadida qabul qilish tavsiya etiladi.

me’da va 12 barmoq ichakning zo‘rayish bosqichidagi yara kasalligi;me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi;ichak atoniyasi;preparatni individual o‘zlashtira olmaslikda qo‘llash mumkin emas.

Polisorb MP preparatini boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda, oxirgi vositalarning terapevtik samarasi pasayishi mumkin.

Ovqat toksikoinfektsiyasi va o‘tkir zaharlanishlar. Davolashni Polisorb MP preparatining 0,5-1% li suspenziyasi bilan me’dani yuvishdan boshlash tavsiya etiladi. Og‘ir zaharlanishlarda birinchi sutkalarda me’dani yuvishni zond orqali har 4-6 soatda o‘tkaziladi, shu bilan bir qatorda preparat ichga ham beriladi. Kattalarda bir martalik doza kuniga 2-3 martadan, bemorning tana vazniga 0,1-0,15 g/kg ni tashkil etishi mumkin. O‘tkir ichak infektsiyalari. Polisorb MP preparati bilan davolashni birinchi soatlarda yoki sutkalarda kompleks davolash tarkibida boshlash tavsiya etiladi. Birinchi sutkalarda sutkalik doza 5 soat davomida qabul qilishlar orasida 1 soatlik interval bilan beriladi. 2-nchi sutkalarda sutkalik doza sutka davomida 4 marta qabul qilishga beriladi. Davolash davomiyligi 3-5 kunni tashkil etadi. Gepatitni davolash. Gepatitni kompleks davolashda Polisorb MP kasallikning birinchi 7-10 kuni davomida detoksikatsiya qiluvchi vosita sifatida odatdagi dozalarda qo‘llanadi. Allergik kasalliklar. Dori yoki ovqat genezli (oqibatidagi) o‘tkir allergik reaktsiyalarda avval Polisorb MP preparatining 0,5-1% li suspenziyasi bilan me’dani va ichakni yuvish tavsiya etiladi. so‘ngra preparatni odatdagi dozalarda klinik samaraga erishilguncha beriladi. Surunkali ovqat allergiyasida Polisorb MP preparati bilan 7-10-15 kundan iborat davolash kurslari tavsiya etiladi, preparat bevosita ovqatdan oldin qabul qilinadi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi. Polisorb MP preparati bilan tana vazniga 0,15-0,2 g/kg sutkalik dozada 25-30 kun davomida 2-3 haftalik tanaffus bilan davolash kurslari qo‘llaniladi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. O‘rami ochilganidan so‘ng zich yopiladigan idishda saqlansin. Suspenziyani saqlash muddati 48 soatdan ko‘p emas.

Shifokor retseptisiz

Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun. 3 g dan termo qavatli etiketka qog‘ozidan bir marta ishlatiladigan paketlarda. 10 ta bir marta ishlatiladigan paketdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Bir martalik paketlarni guruhlangan o‘ramga joylashga ruxsat beriladi, yo‘riqnomalar paketlar soniga muvofiq joylanadi. Shuningdek 12/25/50 g dan polistirol, polietilen, polietilenterftalat (PETF) dan, xuddi shunday materialdan qopqoqchalar bilan berkitilgan bankalarda. Bankalarni karton qutiga joylanadi. Davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani o‘ramga joylanadi yoki buklangan varaq ko‘rinishida murakkab etiketkaning harakatlanuvchi qismining ostiga joylanadi yoki murakkab etiketkaning ichki qismiga qo‘yiladi. Yoxud bankalarni, yo‘riqnomalarni bankalarning soniga muvofiq ravishda joylab, termo joylashtiruvchi plyonkaga o‘ramlanadi yoki yo‘riqnomalarni buklangan varaq ko‘rinishida murakkab etiketkaning harakatlanuvchi qismining ostiga joylanadi yoki murakkab etiketkaning ichki qismiga qo‘yiladi.

5 yil.