PNЕVMOVAKS 23retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir doza (0,5 ml) quyidagilarni saqlaydi:

Preparatning savdo nomi:

PNЕVMOVAKS 23

Farmakalogik guruhi:

pnevmokokkli vaktsina.

Dori shakli:

Inyektsiyalar uchun eritma. Vaktsina pnevmokokklarning 23 serotiplaridan olingan, tozalangan kapsulyar polisaxaridli antigenlardan tayyorlangan bo‘lib, bu invaziv pnevmokokkli kasalliklarning taxminan 90% turlarini tashkil qiladi.

vaktsina tiniq, rangsiz eritmadan iborat.

pnevmokokkli vaktsina.

J07AL.

PNЕVMOVAKS 23 vaktsina bo‘lganligi uchun, farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

PNЕVMOMAKS 23 vaktsina tarkibiga kiruvchi pnevmokokklar serotiplari chaqirgan kasalliklarga qarshi faol immunizatsiya uchun tavsiya etilgan. Vaktsina 2 yosh va undan katta pnevmokokkli infektsiya chaqirgan kasallanishning va kasallikdan o‘limning yuqori xavfi bo‘lgan shaxslarga tavsiya etiladi. Vaktsinatsiya qilinadigan odamlar uchun xavf toifasini aniqlash, rasmiy tavsiyalar asosida aniqlangan bo‘lishi kerak. Vaktsina o‘tkir o‘rta otit, sinusit va yuqori nafas yo‘llarining boshqa tarqalgan infektsiyalarini oldini olish uchun samarali emas.

Dozalash Birlamchi vaktsinatsiya. Kattalar va 2 yoshli va katta bolalar – 0,5 ml li bir martalik doza Mushak ichiga yoki teri ostiga inyektsiya yo‘li bilan buyuriladi. PNЕVMOVAKS 23 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash uchun tavsiya etilmagan, chunki vaktsinaning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan, antitelalarning ishlab chiqarilishi esa yetarli bo‘lmasligi mumkin. Qo‘llashning o‘ziga xosligi. Pnevmokokk vaktsinasini rejali splenektomiya yoki ximioterapiyani yoki boshqa immunosupressiv davolashni boshlashdan ikki xafta oldin qo‘llash tavsiya etiladi. Ximioterapiya yoki nur bilan davolash vaqtida vaktsinatsiyadan saqlanish kerak. Neoplastik kasalliklar tufayli ximioterapiya va/yoki nur bilan davolash o‘tkazish yakunlangandan keyin, vaktsinatsiyaga immun javob past darajada qolishi mumkin. Bunday davolash yakunlangandan keyin kamida uch oy o‘tmagunicha vaktsinatsiyani buyurish mumkin emas. Jadal yoki davomli davolanayotgan patsiyentlar uchun vaktsinatsiyani davomliroq kechiktirish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Simptomsiz yoki simptomatik OITV-infektsiyasi bo‘lgan shaxslar, tashxis tasdiqlangandan keyin iloji boricha tezroq vaktsinatsiyalanishlari kerak. Revaktsinatsiya. 0,5 ml bir bir martalik doza mushak ichiga yoki teri ostiga inyektsiya yo‘li bilan buyuriladi. Revaktsinatsiya muddati va revaktsinatsiyaning zaruratini mavjud rasmiy tavsiyalar asosida aniqlanishi lozim. Nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanishining yuqori xavfi tufayli, uch yil o‘tmasdan oldin revaktsinatsiya qilish tavsiya etilmaydi. Revaktsinatsiyadan keyin maxalliy nojo‘ya reaktsiyalar, ≥65 yoshdagi shaxslarda esa – ayrim tizimli reaktsiyalarni rivojlanish tez-tezligi, birlamchi vaktsinatsiyadan keyingiga qaraganda vaktsinani qo‘llash orasidagi interval uch yildan to besh yilgacha bo‘lganida yuqori bo‘lishi ta’kidlangan. PNЕVMOVAKS 23 vaktsinasining ikki dozadan ortiq qo‘llashga nisbatan juda cheklangan klinik ma’lumotlar bor. Kattalar. Sog‘lom kattalarda oddiy revaktsinatsiyani o‘tkazish kerak emas. Kamida besh yil oldin pnevmokokkli vaktsinani olgan jiddiy pnevmokokk infektsiya rivojlanishini yuqori xavfi bo‘lgan shaxslar uchun yoki pnevmokokklarga qarshi antitelalar darajasini tez pasayishi bo‘lgan shaxslar uchun revaktsinatsiya o‘tkazish lozimligi ko‘rib chiqilishi mumkin. Fatal pnevmokokk infektsiyasining rivojlanishini yuqori xavfi ma’lum bo‘lgan alohida populyatsiyalar uchun (masalan, talog‘i olib tashlangan shaxslar), uch yil o‘tgach revaktsinatsiya o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish mumkin. Bolalar. Sog‘lom bolalarda oddiy revaktsinatsiyani o‘tkazish kerak emas. 10 yoshli va undan katta bolalar. Revaktsinatsiya kattalar uchun tavsiyalarga muvofiq ko‘rib chiqilishi mumkin (yuqoriga qarang). 2 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Agar pnevmokokk infektsiyasining rivojlanishini yuqori xavfi (masalan, nefrotik sindromi, talog‘i olib tashlangan yoki o‘roqsimon-xujayrali anemiyasi bo‘lgan bolalar) bo‘lsa, faqat vaktsinatsiyadan keyin uch yil o‘tgach revaktsinatsiya o‘tkazish masalasini ko‘rish kerak. Qo‘llash usuli Vaktsina mushak ichiga (MI) yoki teri ostiga (TO) yuboriladi. Vaktsinani u qanday taqdim etilsa, shunday holda ishlatilishi kerak; uni suyultirish yoki eritib tayyorlash talab qilinmaydi. Har qanday ishlatilmagan preparat yoki chiqindilarni mahalliy talablar asosida utilizatsiya qilish kerak.

PNЕVMOVAKS 23 ni birlamchi vaktsinatsiya va revaktsinatsiya uchun qo‘llashning klinik tadqiqotlari 50 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan 379 kattalar va ≥65 yoshdagi 629 kattalar ishtirokida o‘tkazilgan. Birlamchi vaktsinatsiya va revaktsinatsiyada inyektsiya joyidagi barcha nojo‘ya reaktsiyalarning rivojlanish tez-tezligi 50 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilarda muvofiq 72,8% va 79,6% ni, ≥65 yoshli ishtirokchilarda muvofiq 52,9% va 79,3% ni tashkil qilgan. Revaktsinatsiya olgan keksa yoshdagi shaxslar guruxida inyektsiya joyidagi barcha nojo‘ya reaktsiyalarning tez-tezligi, revaktsinatsiya olgan yoshroq retsipiyentlarda kuzatilgan tez-tezlik bilan bir xil bo‘lgan. Inyektsiya joyida reaktsiya vaktsinatsiyadan keyin 3 kun davomida paydo bo‘lgan va odatda, 5-nchi kunida yo‘qolgan. Birlamchi vaktsinatsiya va revaktsinatsiyadan keyin barcha tizimli nojo‘ya reaktsiyalar tez-tezligi 50 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilarda muvofiq 48,8% va 47,4% ni, ≥65 yoshdagi ishtirokchilarda muvofiq 32,1% va 39,1% ni tashkil qilgan. Tadqiqotchilar tomonidan vaktsinani qo‘llash bilan bog‘liq sifatida aniqlangan tizimli nojo‘ya reaktsiyalar tez-tezligi 50 dan 64 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilarda muvofiq 35,5% va 37,5% ni, ≥65 yoshdagi ishtirokchilarda muvofiq 21,7% va 33,1% ni tashkil qilgan. Revaktsinatsiya olgan keksa yoshdagi shaxslar guruxida tizimli nojo‘ya reaktsiyalar va vaktsinani qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan tizimli nojo‘ya reaktsiyalarning tez-tezligi, revaktsinatsiya olgan yoshroq retsipiyentlarda kuzatilgan tez-tezlik bilan solishtirarli bo‘lgan. Barcha tizimli reaktsiyalardan eng tez-tezlari quyidagilar bo‘lgan: asteniya/charchoqlik, mialgiya va bosh og‘rig‘i. Simptomatik davolash ko‘pchilik xollarda butunlay tuzalishga olib kelgan.

Pnevmokokk vaktsinasini shaxsiy ignalar va inyektsiyalar uchun joylarni ishlatib, grippga qarshi vaktsina bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin. PNЕVMOVAKS 23 va ZOSTAVAKS (ZOSTOVAX) ni bir vaqtda yuborish mumkin emas, chunki klinik tadqiqotda bunday qo‘llash ZOSTAVAKS vaktsinasining immunogenligini pasayishiga olib kelgan. Ushbu klinik tadqiqotda ZOSTAVAKS vaktsinasi PNЕVMOVAKS 23 ning immunogenligiga ta’sir etmagan. Ushbu ikki vaktsinani yuborish orasida kamida 4 hafta o‘tishi kerakligini hisobga olish kerak.

Yaqqol isitma, boshqa faol infektsiya bilan birga kechuvchi kasalliklar xolida yoki tizimli reaktsiya ahamiyatli xavf bilan bog‘liq bo‘lganda, kechiktirish yana ham katta xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan hollardan tashqari, vaktsinani yuborish kechiktirilishi kerak. PNЕVMOVAKS 23 ni tomir ichiga yuborish mumkin emas, shuning uchun igna qon tomirga kiritilmaganiga ishonch hosil qilish uchun, extiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak. Shuningdek vaktsinani teri ostiga yuborish mumkin emas, chunki yuborishning bunday yo‘li mahalliy reaktsiyalar rivojlanishining yuqori xavfi bilan bog‘liq. Agar vaktsina umumiy xolat yoki davolash (masalan, xavfli o‘smadagi ximoterapiya yoki nur bilan davolash kabi immunosupressiv davolash) bilan bog‘liq bo‘lgan immunosupressiyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanganda, vaktsinaning birinchi yoki ikkinchi dozasidan keyin zardob antitelalarining kutilayotgan ishlab chiqarilishi kuzatilmasligi mumkin. Muvofiq bunday patsiyentlarda immunokompetent shaxslardagidek pnevmokokkli infektsiya chaqirgan kasalliklardan ximoya darajasi kuzatilmasligi mumkin. Xar qanday boshqa vaktsinani ishlatishdagi kabi, PNЕVMOVAKS 23 barcha retsipiyentlarda xam samarali bo‘lmasligi mumkin. Immunosupressiv davolanayotgan patsiyentlarda, immun javobni tiklanishi uchun vaqt oralig‘i kasallik va davolashga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Ayrim patsiyentlarda immun javobning axamiyatli yaxshilanishi ximioterapiya yoki boshqa immunosupressiv davolash (nur bilan davolashni qo‘llash bilan yoki usiz) yakunlangandan keyin ikki yil davomida, ayniqsa davolashni tugashi va pnevmokokk vaktsinasini yuborish orasidagi interval oshirilganda, immun javobni ahamiyatli yaxshilanishi kuzatilgan. Xar qanday boshqa vaktsinani ishlatishdagi kabi, adekvat medikamentoz ta’minlash, shu jumladan epinefrin (adrenalin), o‘tkir anafilaktik reaktsiya rivojlangan xolda darxol qo‘llash uchun mavjud bo‘lishi kerak. Pnevmokokk vaktsinasi yuborilgandan keyin, pnevmokokk infektsiyasiga qaratilgan kerakli profilaktik antibiotikoterapiyani to‘xtatish mumkin emas. Jiddiy pnevmokokk infektsiyasining rivojlanishini juda yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlarga (masalan, talog‘i olib tashlangan yoki biron-bir sabab bo‘yicha immunosupressiv davolanayotgan shaxslar) og‘ir, to‘satdan boshlangan isitmali kasalliklar xolida erta antimikrob davolash zarurati ehtimoli bo‘yicha tavsiyalar berish kerak. Pnevmokokk vaktsinasi bosh suyagi asosining sinishi yoki orqa miya suyuqligini tashqi muxit bilan kontaktining oqibati bo‘lgan infektsiyalarni oldini olishda samarali bo‘lmasligi mumkin. PNЕVMOVAKS 23 preparatini birlamchi vaktsinatsiya va revaktsinatsiya uchun qo‘llashning klinik tadqiqotlari 629 ta ≥65 yoshdagi kattalar va 379 ta 50 dan 64 yoshgacha bo‘lgan kattalarda o‘tkazilgan. Olingan ma’lumotlar inyektsiya joyidagi reaktsiyalar va tizimli nojo‘ya reaktsiyalar tez-tezligi ≥65 yoshdagi shaxslar orasida 50 dan 64 yoshgacha bo‘lgan shaxslar orasidagiga qaraganda, yuqori emasligini ko‘rsatadi. Umuman keksa yoshdagi shaxslarda tibbiy aralashuvlarning o‘zlashtirilishi, yoshroq odamlardagidek bo‘lmasligi mumkin; keksa yoshdagi shaxslarning ayrimlarida reaktsiyalarni yuqori tez-tezligi va/yoki og‘irligini istisno qilish mumkin emas.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ma’lumotlari homiladorlikka ta’sirini baholash uchun yetarli emas. PNЕVMOVAKS 23 ni homiladorlikda, aniq zarurati bo‘lgan hollardan tashqari homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas (potentsial foyda xomila uchun potentsial xavfni oqlashi kerak). PNЕVMOVAKS 23 vaktsinasi tadqiqotlarda reproduktiv faoliyatga ta’siri bo‘yicha baholanmagan. Bu vaktsinani ko‘krak sutiga chiqarilishi noma’lum. PNЕVMOVAKS 23 vaktsinasini emizikli onalarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Sovutgichda saqlansin (2oS dan 8oS gacha xaroratda). Muzlatilmasin. Muzlatilgan holda vaktsinani ishlatish mumkin emas.

Ma’lumotlar yo‘q.

Retsept bo‘yicha

0,5 ml eritma rezina tiqin va flip-off turdagi plastik qopqoqchali shisha flakonda. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil.