Pnevmo 23 (polisaxaridli pnevmokokkli vaktsina)retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Vaktsinaning bir dozasi (0,5 ml) quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: Streptococcus pneumoniae ning 23 serotipi: 1, 2, 3, 4, 5, 6V, 7F, 8, 9N, 9V, 10A, 11A, 12F, 14, 15B, 17F, 18C, 19A, 19F, 20, 22F, 23F, 33F har biridan 25 mkg dan tozalangan kapsulali polisaxaridlari, yordamchi moddalar: fenol saqlovchi buferli eritmasi (rN 6,9 gacha): fenol, natriy xloridi, natriy digidrofosfati, natriy digidrofosfat digidrati, inyektsiya uchun suv – 0,5 ml gacha.

Preparatning savdo nomi:

Pnevmo 23 (polisaxaridli pnevmokokkli vaktsina)

Farmakalogik guruhi:

bakterial infektsiyalarni oldini olish uchun vaktsina

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma 1 doza (0,5 ml) dan to‘ldirilgan shpritsda

tiniq, rangsiz suyuqlik.

bakterial infektsiyalarni oldini olish uchun vaktsina

J07AL

Vaktsinani 2 yoshdan oshgan bolalarga pnevmoniyani oldini olish maqsadida yuborish mumkin. Vaktsina shuningdek quyidagi xavf guruhida bo‘lgan shaxslarga: 65 yoshdan kattalargaremissiya davridagi surunkali kasalliklari bo‘lgan shaxslarganafas va yurak-qon tomir tizimining surunkali kasalliklari, qandli diabetsurunkali jigar kasalliklari, shu jumladan alkogolni suiiste’mol qilish chaqirgan (masalan, tsirroz)surunkali buyrak yetishmovchiligi yoki nefrotik sindromfunktsional (masalan, o‘roq-xujayrali anemiya, nasliy sferotsitoz) yoki anatomik aspleniyaimmunosupressiya (tug‘ma immun tanqisliklari, OITV-infektsiya, leykoz, limfoma, miyelom kasalligi, limfogranulematoz, tarqalgan xavfli o‘smalar, a’zolarni ko‘chirib o‘tkazilgandan keyingi holat, alkilizatsiya qiluvchi agentlar, antimetabolitlar, shuningdek tizimli kortikosteroidlar bilan ximioterapiya)qariyalar uyi va boshqa ijtimoiy muassasalarda doimiy istiqomat qiluvchilarga buyuriladi.

Mushak ichiga va teri ostiga yuborish uchun inyektsiyalar ko‘rinishida buyuriladi. Birlamchi emlash: bir martalik inyektsiya 0,5ml Qayta vaktsinatsiya: bir martalik inyektsiya 0,5 ml (kamida 3 yillik interval bilan o‘tkazish tavsiya etiladi). Shifokoringizning ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qiling.

Har qanday biologik faol preparat kabi, ushbu vaktsina ayrim shaxslarda turli darajadagi yaqqollikda nojo‘ya reaktsiyalarni chaqirishi mumkin: inyektsiya joyida og‘riq, qizarish, zichlashish yoki shish (1-10% emlanganlarda kuzatiladi). Ushbu reaktsiyalar o‘rtacha xarakterga ega va tezda o‘tib ketadi.juda kam hollarda qaytuvchan xarakterga ega va hech qanday asoratsiz o‘tadigan og‘ir mahalliy reaktsiyalari rivojlanishi mumkin (Artyus fenomeni turi) Odatda ushbu reaktsiyalar pnevmokokka qarshi antitelalar darajasi yuqori bo‘lgan shaxslarda rivojlanadi. emlanganlarning 1-10% da kuzatiladigan va juda kam hollarda 39°S dan oshuvchi tana haroratini o‘rtacha oshishi. Odatda harorat emlash kuni oshadi va vaktsinatsiyadan keyin 24 soatgacha saqlanadi.juda kam hollarda (emlanganlarning 0,01% kamrog‘i) boshqa umumiy reaktsiyalar – adenopatiya, toshmalar, artralgiya va juda kam hollarda (emlanganlarning 0,0001% dan kamrog‘ida) allergik reaktsiyalar (eshakemi, Kvinke shishi, anafilaktik reaktsiya) rivojlanishi mumkin. Har qanday odatdagi bo‘lmagan, ushbu yo‘riqnomada sanab o‘tilmagan nojo‘ya reaktsiyalar haqida shifokorga xabar bering.

tana haroratini oshishio‘tkir infektsion va infektsion bo‘lmagan kasalliklar, surunkali kasallikning zo‘rayish bosqichi Bunday hollarda vaktsinatsiyani kechiktirish lozim. oldin yuborilgan pnevmokokk vaktsinasiga allergik reaktsiyahomiladorlikning birinchi ikkita uch oyligi (shifokor vaktsinatsiya zarur deb hisoblagan hollardan tashqari). Ushbu vaktsinani oxirgi 3 yil davomida pnevmokokga qarshi vaktsinatsiyani o‘tgan shaxslarda ishlatish (alohida ko‘rsatmalardan tashqari) tavsiya qilinmaydi. O‘tkazilgan pnevmokokkli infektsiya (tashxisni ishonchliligidan qat’iy nazar) infektsiyalanish xavfida buyuriladigan vaktsinatsiyaga qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi.

Pnevmo 23 ni boshqa vaktsinalar (ayniqsa grippga qarshi vaktsina) bilan bir vaqtda tananing turli sohalariga yuborish mumkin. Turli tibbiy preparatlar orasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zaro ta’sirlardan saqlanish uchun vaktsinatsiya bilan bir vaqtda o‘tkazilayotgan har qanday davolanish haqida shifokorga xabar bering.

Vaktsinani teri orasiga yuborish mumkin emas. Pnevmo 23 ni hech qachon qon tomir ichiga yuborish mumkin emas. Homiladorlik va laktatsiya Ushbu preparatni homiladorlikning faqat so‘nggi uch oyligida va faqat shifokor tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash mumkin. Emizish davrida vaktsinatsiya o‘tkazish mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davrida vaktsinatsiyadan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Shubhali hollarda shifokor bilan maslahatlashing. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

+2°S dan +8°S gacha bo‘lgan haroratda (sovutgichda) saqlansin. Muzlatilmasin.

Ma’lumotlar yo‘q.

Inyektsiya uchun eritma 1 doza (0,5 ml) dan to‘ldirilgan shpritsda. Birlamchi o‘ram: Eritma 1 doza (0,5 ml) dan 1 ml sig‘imli tiniq shisha shpritsda. Ikkilamchi o‘ram: 1 shpritsdan PVX blisterda; 1 doza (0,5 ml) li 1 shpritsdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil. Ulashish: 2 120 Views