Pleoretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: sorbitol – 6,0 g, natriy laktat (100% li modda xisobida) – 1,9 g, natriy xlorid – 0,6 g, kaltsiy xlorid – 0,01 g, kaliy xlorid – 0,03 g, magniy xlorid – 0,02 g; yordamchi modda: inyektsiya uchun suv 100 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

sorbitol, natriy laktat, natriy xlorid, kaltsiy xlorid, kaliy xlorid, magniy xlorid.

Preparatning savdo nomi:

Pleo

Dori shakli:

infuziya uchun eritma.

tiniq, rangsiz suyuqlik.

V05SV

Preparat umumiy metabolizmga tez kirishadi, uning 80-90% jigarda o‘zlashtiriladi va glikogen ko‘rinishida yig‘iladi, 5% miya to‘qimalarida, yurak mushaklarida va skelet mushaklarida yig‘iladi, 6-12% siydik bilan chiqariladi. Tomirlarga yuborilganida natriy laktatidan natriy, SO2 va N2O ajralib chiqadi va ular natriy bikarbonatini hosil qiladilar, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladi. Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmigina (izomer L) faol hisoblanadi, boshqa yarmi (izomer D) esa metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi. Natriy xloridi aylanayotgan qon xajmini faqat vaqtincha oshirib, qon tomir havzasidan tezda chiqariladi. Diurezni kuchaytiradi.

Preparat kapillyar qon oqishini yaxshilash uchun travmatik, operatsiyadan va kuyishdan keyingi, gemolitik va toksik shokni oldini olish va davolash maqsadida, o‘tkir qon yo‘qotishda, kuyish kasalligida; intoksikatsiya bilan kechuvchi infektsion kasalliklarda, surunkali gepatitning zo‘rayishida; sepsisda; operatsiyadan oldingi tayyorlash uchun va operatsiyadan keyingi davrda; tromboz, tromboflebitlar, endarteritlar va Reyno kasaligini oldini olish va davolash maqsadida, arterial va venoz qon aylanishini yaxshilash uchun qo‘llanadi.

Preparat kattalarga vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab, minutiga 40-60 tomchi tezligida yuboriladi. Zarurati bo‘lganida minutiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo‘li bilan sinama o‘tkazilganidan keyin preparatni oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yiladi. 15 tomchi yuborilganidan keyin preparatni yuborish to‘xtatiladi, 3 minut o‘tgach esa, reaktsiya bo‘lmaganida, preparat oqim bilan yuboriladi. Travmatik, kuyish, operatsiyadan keyingi va gemolitik shoklarda kattalarga 600-1000 ml dan (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) bir marta va 600-1000 ml (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) dan takroran, avval oqim bilan, so‘ngra esa tomchilab yuboriladi. Surunkali gepatitlarda kattalarga – 400 ml (6-7 ml/kg bemorning tana vazniga) dan tomchilab, takroran yuboriladi. O‘tkir qon yo‘qotishda kattalarga 1500 -1800 ml dan (tana vazniga 25 ml/kg dan) yuboriladi. Bunday holda preparat infuziyasini gospitalgacha bo‘lgan bosqichida, ixtisoslashgan tez yordam mashinasida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Operatsiyadan oldingi davrda va turli xirurgik aralashuvlardan so‘ng preparat 400 ml dozada (6-7 ml/kg tana vazniga) tomchilab 3-5 kun davomida yuboriladi. Qon tomirlarining tromboobliteratsiyalovchi kasalliklarida tana vazniga 8-10 ml/kg dozada tomchilab, takroriy, kunora yuboriladi, davolash kursiga 10 ta infuziyagacha. Bolalarda qo‘llanilishi:

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: Anafilaktoid reaktsiyalar, angionevrotik shish, gipertermiya; Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: Arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, taxikardiya, hansirash, akrotsianoz; Nevrologik buzilishlar: Tremor, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik; Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan o‘zgarishlar: Teri toshmalari, eshakemi, qichishish; Me’da-ichak buzilishlari: Ko‘ngil aynishi, qusish; Umumiy buzilishlar: Yuborish joyida o‘zgarishlar, shu jumladan og‘riq va achishish.

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Preparat alkalozda, shuningdek suyuqlikni katta hajmlarini quyish mumkin bo‘lmagan hollarda (miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-qon tomir dekompensatsiyasi, III darajali arterial gipertenziya, terminal buyrak yetishmovchiligi), suvsizlanishda qo‘llanmaydi.

Boshqa dori vositalarini tashuvchi-erituvchi sifatida qo‘llash mumkin emas.

Preparat kislota-ishqor holatining va qondagi elektrolitlarning ko‘rsatkichlari, jigarning funktsional holati va arterial bosimning nazorati ostida qo‘llanadi. Kalkulyoz xoletsistiti bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yuboriladi. Preparat sorbit saqlaydi, shuning uchun fruktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlada ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Preparat statsionar sharoitida qo‘llanganligi tufayli, bunday ta’sirlari to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Nomutanosiblik Preparatni fosfat- va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Flakon ochilganidan keyin preparatni darxol ishlatish kerak. Ochilgan flakon saqlanmasin. Avval ishlatilgan flakondagi preparat qayta ko‘llanilmasin. Faqat shikastlanmagan flakondagi tiniq eritma ishlatilsin! Saqlash sharoitiga rioya qilmaslik va notog‘ri transportirovka qilish natijasida flakonlarda mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin uning natijasida eritmaning mikroblar bilan ifloslanish xavfi oshadi. Faqat bir marotabalik qo‘llash uchun! Muzlatilmasin! Isitilmasin!

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Alkaloz ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, ular preparatni yuborilishi darhol to‘xtatilishi sharoitida mustaqil tez o‘tib ketadi, ba’zida kollaps, suvsizlanish (diurezning kuchayishi hisobiga). Yuborish tezligi oshirilganida taxikardiya, arterial bosimni oshishi, hansirash, bosh og‘rig‘i, qorinda og‘riq rivojlanishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlar eritmani yuborish tezligi ancha kamaytirilganidan keyin yoki to‘xtatilganidan keyin mustaqil tez yo‘qoladi.

Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi

100 ml, 200 ml va 250 ml dan flakonlarda infuzion eritma.

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganida so‘ng qo‘llanilmasin.