Platifillin Darnitsaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: platifillin gidrotartrati – 2 mg; yordamchi moddalar: inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

platifillin gidrotartrati;

Preparatning savdo nomi:

Platifillin-Darnitsa

Farmakalogik guruhi:

ichakning funktsional buzilishlarida qo‘llaniladigan preparatlar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz suyuqlik.

ichakning funktsional buzilishlarida qo‘llaniladigan preparatlar.

A03A.

Parenteral yuborilganidan keyin gistogematik to‘siqlardan, xujayra va sinaptik membranalardan tez va oson o‘tadi. Katta dozalar yuborilganida yuqori kontsentratsiyalarda markaziy nerv tizimida to‘planadi. Organizmda platinetsin va platinetsin kislotasini hosil qilib, gidrolizga uchraydi. Buyrak orqali siydik bilan va ichak orqali ahlat bilan chiqariladi. To‘g‘ri qo‘llanganida (dozalar, yuborishlar orasidagi intervallar) kumulyatsiya bo‘lmaydi.

Majmuaviy davolash tarkibida: gastroduodenit, funktsional dispepsiya, pilorospazm, xoletsistit, xolelitiaz, ichak sanchig‘i, buyrak sanchig‘i, o‘t-safro sanchig‘i. Bronxial  astma (bronxospazmni oldini olish uchun), bronxoreya. Algodismeroniya. Tserebral arteriyalarning spazmi. Angiotrofonevrozda qo‘llaniladi.

Teri  ostiga qo‘llanilsin. Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga, spastik xurujlarni, bronxial astmaning davomli xurujini, tserebral va periferik angiospazmni bartaraf qilish uchun – 1-2 ml dan eritma sutkada 1-2 marta. Kursli davolashda 10-15-20 kun davomida teri ostiga 1-2 ml sutkada 1-2 marta yuboriladi. Bir martalik va sutkalik dozalar, yuborish tez-tezligi, patsiyentning yoshi va ko‘rsatmalarga muvofiq shifokor tomonidan shaxsiy belgilanadi. Kattalar uchun maksimal dozalari: bir martalik – 10 mg, sutkalik – 30 mgni tashkil qiladi.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: og‘izni qurishi, chanqoqlik, ta’m sezish hissini buzilishi, disfagiya, ichak motorikasini atoniyagacha pasayishi, o‘t pufagi va o‘t yo‘llari tonusining pasayishi. Buyrak \ va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: siydik chiqarilishini qiyinlashishi va tutilishi. Yurak – qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, aritmiya, shu jumladan ekstrasistoliya, yuzni qizarishi, qon oqib kelishi, arterial bosimini pasayishi. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, dizartriya, markaziy nerv tizimini qo‘zg‘alishi, uyqusizlik, havotirlik, amnestik sindrom. Ko‘rish a’zolari tomonidan: midriaz, fotofobiya, akkomodatsiya falaji, ko‘z ichki bosimini oshishi. Nafas tizimi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan: bronxlar tonusi va sekretor faolligini pasayishi, bu ko‘chishi  qiyinlashadigan qovushqoq balg‘amni hosil bo‘lishiga olib keladi. Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan: teri toshmasi, eshakemi, eksfoliativ dermatit, terini qurishi, ter ajralishini kamayishi. Immun tizimi tomonidan: anafilaktik reaktsiyalar, anafilaktik shok kuzatilishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Yurak qisqarishlar sonini oshishi noo‘rin bo‘lgan yurak-tomir tizimining kasalliklari: xilpillovchi aritmiya, taxikardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, mitral stenoz, og‘ir arterial gipertenziya. O‘tkir qon ketishi. Tireotoksikoz. Gipertermik sindrom. Tutilish bilan kechuvchi me’da-ichak yo‘llarining kasalliklari (qizilo‘ngach axalaziyasi, privratnik stenozi, ichak atoniyasi). Glaukoma. Jigar va buyrak yetishmovchiligi. Miastenia gravis. Siydikni tutilishi va unga moyillik. Miyani shikastlanishida qo‘llash mumkin emas.

Shizofreniyasi bo‘lgan bemorlarda galoperidol bilan bir vaqtda qo‘llanganida antipsixotik samara pasayishi mumkin. Fenobarbital, pentobarbital, magniy sulfati va etaminal natriyning sedativ va uxlatuvchi ta’sirini kuchaytiradi. Verapamil qabul qilish oqibatida yuzaga kelgan bradikardiyani, morfin chaqirgan ko‘ngil aynishi, qusish va bradikardiyani bartaraf qiladi. Prozerinning samaralarini bloklaydi. Ichga qabul qilish uchun buyurilgan N2-gistaminolitiklar, digoksin va riboflavinning samaralarini oshiradi (peristaltikani sekinlashtiradi va so‘rilishini yaxshilaydi). Adrenomimetiklar va organik nitratlar ko‘z ichki bosimini oshishini potentsiyalaydi. M-xolinoblokatorlar, amantadin, galoperidol, fenotiazinlar, MAO ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, benzaktizin, xinidin sulfati, izoniazid, ba’zi antigistamin preparatlari (difengidramin), dizopiramid, novokainamid antixolinergik nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfini oshiradilar. Xolinesteraza ingibitorlari bilan antagonizm namoyon qiladi. Antixolinosteraz preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanmasin. Morfinning yurak-tomir tizimiga susaytiruvchi ta’sirini kuchaytiradi, MAO ingibitorlari – musbat xrono- va batmotrop samara, yurak glikozidlari – musbat batmotrop samara, xinidin, novokainamid – xolinobloklovchi ta’sirni kuchaytiradi. Silliq mushaklarning spazmlari bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riqlarda, preparatning ta’sirini analgetiklar, sedativ vositalar, trankvilizatorlar, tomirlarning spazmlarida – gipotenziv va sedativ vositalar kuchaytiradilar.

Prostata  bezining gipertrofiyasi yoki siydik chiqarish yo‘llarining obstruktsiyasi, Daun kasalligi, bolalar tserebral falaji; reflyuks-ezofagit, reflyuks-ezofagit bilan birga kechuvchi diafragmaning qizilo‘ngach teshigining churrasi; nospetsifik yarali kolit, megakolon; tashhis qilinmaydigan glaukomaning paydo bo‘lishi ehtimolini hisobga olib 40 yoshdan oshgan patsiyentlarga; vegetativ (avtonom) neyropatiyalarda; keksa yoshdagi yoki holsizlangan bemorlarda, obstruktsiyasi qaytmaydigan o‘pkaning surunkali kasalliklarida, quyuq, qiyin ko‘chuvchi balg‘amni ozgina ishlab chiqarilishi bilan kechuvchi o‘pkaning surunkali kasalliklarida. Kserostomiyali  patsiyentlarda uzoq muddat qo‘llanilishi keyinchalik so‘lak ajralishini pasayishini chaqirishi mumkin.

Preparat homiladorlik yoki emizish davrida faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgandagina ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Original o‘ramda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Simptomlari: ichakni falajli o‘tkazmasligi, siydikni o‘tkir tutilishi (prostata bezining xavfsiz o‘smalari bo‘lgan bemorlarda), akkomodatsiya falaji, ko‘z ichki bosimini oshishi; og‘iz bo‘shlig‘i, burun, tomoq  shilliq qavatini qurishi, yutishni qiyinlashishi, midriaz (kamalak pardani to‘liq yo‘qolishigacha), tremor, tirishishlar, gipertermiya, MNS ni uni susayishigacha qo‘zg‘alishi, nafas va tomirlarni xarakatlantiruvchi markazlarini susayishi. Davolash. Jadallashtirilgan diurez, ichak parezini susaytiruvchi va taxikardiyani kamaytiruvchi xolinesteraza ingibitorlarini (fizostigmin, galantamin yoki prozerin) yuborish. Kuchsiz qo‘zg‘alish va tirishishlarda – magniy sulfati, og‘ir holatlarda – natriy oksibutirat, oksigenoterapiya, o‘pkani ta’biiy ventilyatsiyasi o‘tkaziladi. Hayot uchun xavf soluvchi taxikardiyada – xinidin sulfati, propranolol yuboriladi.

Retsept bo‘yicha

1 ml dan ampulada; 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda; 2 kontur uyali o‘ram qutida; 10 ampuladan qutida.

5 yil.