Piridoksin gidroxloridretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ampula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: piridoksin gidroxlorid – 10 mg, 25 mg yoki 50 mg. yordamchi moddalar:inyektsiya uchun suv – 1 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

piridoksin (piridoksin gidroxloridi ko‘rinishida)

Preparatning savdo nomi:

Piridoksin gidroxlorid

Farmakalogik guruhi:

vitaminlar (vitamin V)

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq rangsiz, yoki biroz bo‘yalgan suyuqlik.

vitaminlar (vitamin V)

A11NA02

Farmakologik faol metabolitlarini (piridoksal fosfati va piridoksaminfosfat) hosil qilib jigarda metabolizmga uchraydi. Plazma oqsillari bilan piridoksalfosfati 90% bog‘lanadi. Yaxshi so‘riladi va barcha to‘qimalarga kiradi; asosan jigarda to‘planadi, kamroq miqdorda mushaklarda va markaziy nerv tizimida to‘planadi. Yo‘ldosh orqali kiradi, ona suti bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri – 15-20 kun. Buyraklar orqali (vena ichiga yuborishda – 2% safro bilan), shuningdek gemodializ jarayonida chiqariladi.

V6 gipo- va avitaminozi (davolash va oldini olish) – sifatsiz ovqatlanish, davomli kechuvchi infektsiyalar, diareya, enterit, spru, davomli stress holatlari, malabsorbtsiya sindromi, me’daning va ichakning katta qismlari olib tashlanganidan keyingi holat, gemodializ. Majmuaviy davolash tarkibida: gipoxrom va mikrotsitar anemiya, parkinsonizm, radikulit, Littl kasalligi va Menyer kasalligi va sindromi, nevritlar (shu jumladan qandli diabet fonidagi), nevralgiya, yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi pirodoksinga qaram tirishish sindromi, ftivazidni qabul qilish vaqtida bemorlarda tirishishlarni paydo bo‘lishini oldini olish; gestoz, alkogolizm, etanol va tuberkulezga qarshi dori vositalarini qabul qilish fonida jigarning shikastlanishi, o‘tkir va surunkali gepatitlar, diurezni oshirish va diuretiklarning ta’sirini kuchaytirish uchun. Dermatitlar (shu jumladan atopik va seboreyali), gerpetik infektsiyalar (Varicella zoster, Herpes simplex), psoriaz, ekssudativ diatezda qo‘llanadi.

Agar ichga qabul qilish mumkin bo‘lmasa (qusishda) va ichakdan so‘rilish buzilganida teri ostiga, vena ichiga, mushak ichiga buyuriladi. Kattalarga – sutkada 50-100 mg dan 1-2 qabulda, bolalarga – 20 mg dan. Kattalar uchun davolash kursi 1 oy, bolalar uchun – 2 hafta. Izoniazid, ftivazid bilan yondosh davolashda sutkada 5-10 mg dan. Sideroblast anemiyani davolash uchun ichga 100 mg dan har kuni yoki 100 mg dan mushak ichiga, haftada 2 marta buyuriladi. Bir vaqtda folat kislotasini, tsianokobalaminni, riboflavinni qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Parkinsonizmda – m/i sutkada 100 mg dan; davolash kursi – 20-25 inyektsiya, davolash kursi 2-3 oydan keyin takrorlanadi yoki sutkada 50-100 mg dozada boshlab, har kuni doza 50 mg ga, oshiriladi va sutkada 300-400 mg gacha yetkaziladi, bir martalik inyektsiya ko‘rinishida 12-15 kun davomida. Involyutsion yoshidagi depressiyalarda m/i – sutkada 200 mg dan. Piridoksinga qaram tirishish sindromini davolash uchun kattalarga – v/i yoki m/i 30-600 mg; bolalarga – 10-100 mg har kuni buyuriladi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak sohasida og‘riq. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, qo‘zg‘alish, koordinatsiyani buzilishi, paresteziyalar, oyoq-qo‘llarda uvishishi, “paypoq va qo‘lqop” simptomi (oyoq-qo‘llarda noxush hisslarni rivojlanishi), tez yuborilganda hushni yo‘qotish va tirishishni rivojlanishi. Nafas tizimi tomonidan: nafasni qiyinlashishi. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, epigastriyda og‘riq, me’da shirasini oshishi. Moddalar almashinuvi va metabolizm tomonidan: folat kislotasi darajasini kamayishi. Immun tizimi, teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: anafilaktik shok, eshakemi, toshma, qichishish, terini qizarishi, tana haroratini oshishi, dermatit, angionevrotik shish, fotosensibilizatsiya. Yuborish joyida buzilishlar: giperemiya, qichishish, achishish.

O‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Diuretiklarning ta’sirini kuchaytiradi; levodopaning faolligini susaytiradi. Izonikotin gidrazidi, penitsillinamin, tsikloserin va esterogen saqlovchi kontratseptivlar piridoksinning samarasini susaytiradi. Yurak glikozidlari (piridoksin miokardda qisqaruvchan oqsillarning sintezini oshishiga yordam beradi) glutamin kislotasi va asparkam (gipoksiyaga chidamlilikni oshiradi) bilan yaxshi qo‘shiladi. Nomutanosibligi Piridoksin eritmasini bir shpritsda tiamin (V1 vitamini) eritmasi, tsianokobalamin (V12 vitamini) eritmasi, ishqoriy eritmalar, temir tuzlari va oksidlovchilarni eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Bir infuzion tizimida yoki bir shpritsda quyidagi dori vositalari: adrenomimetiklar, ampitsillinni natriyli tuzi, amfoteritsin V, askorbin kislotasi, fitomenadion, dipiridamol, natriy oksiferriskabon, fenotiazin hosilalari (xlorpromazin), furosemid, etamzilat, eufillin bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi.

V6 vitamini o‘simliklarda va hayvon a’zolarida, ayniqsa tozalanmagan donlarda, sabzavotlarda, go‘shtda, baliqda, sutda, baliqda va qoramol jigarida, tuxum sarig‘ida saqlanadi. V6 vitamini achitqilarda nisbatan ko‘p. V6 vitaminiga ehtiyoj ovqat mahsulotlari bilan qondiriladi; qisman u ichak mikroflorasi tomonidan ham sintezlanadi. Piridoksinning kattalar uchun sutkalik ehtiyoji 2-2,5 mg, 6 oydan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 0,5 mg, 1-1,5 yosh – 0,9 mg; 1,5 dan 2 yoshgacha – 1 mg, 3-4 yosh – 1,3 mg; 5-6 yosh – 1,4 mg; 7-10 yosh – 1,7 mg, 11-13 yosh – 2 mg; 14-17 yoshli o‘smirlar uchun – 2,2 mg; 14-17 yoshli qizlar uchun – 1,9 mg. Ayollar uchun – 2 mg va qo‘shimcha homiladorlikda – 0,3 mg, emizishda – 0,5 mg ni tashkil etadi. Jigarning og‘ir shikastlanishlarida piridoksin yuqori dozalarda uning faoliyatini yomonlashuvini chaqirishi mumkin. Erlix reagenti yordamida urobilinogenni aniqlashda natijalarni buzishi mumkin. Tuberkulyozni izonikotin kislotasining gidrazidi va uning hosilalari bilan davolashda yuborilgan 1 g izonikotin kislotasining gidrazidiga 0,1 g piridoksinni buyurish lozim (markaziy nerv tizimining faoliyatini buzilishini oldini olish uchun). Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi Dori vositasini qo‘llanishi bo‘yicha homilador ayollarda nazoratlangan tadqiqotlar bo‘lmaganligi sababli piridoksinni homiladorlik davrida faqat agar ayollar uchun kutiladigan foyda homila uchun bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina tavsiya qilinadi. Piridoksin ko‘krak sutiga chiqariladi. Piridoksin yuqori dozalarda laktatsiyani bostirishi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Emizish davrida buyurish zarurati bo‘lganida emizikli ayollar uchun tavsiya qilinadigan sutkalik ehtiyojidan oshadigan dozalarni ishlatish tavsiya etilmaydi.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: nojo‘ya samaralarni kuchayishi, oqsillar, uglevodlar va lipidlar almashinuvini buzilishi, MNTda (periferik neyropatiya) va parenximatoz a’zolarda (nikotinamid kofermentlarini NAD va NADF faolligini sezilarli pasayishi bilan bog‘liq almashinuv jarayonlarini buzilishi va nikotin kislotasini tanqisligi) degenerativ o‘zgarishlar. Periferik neyropatiya simptomlari o‘z ichiga: giperesteziyani, paresteziyani, mushak zaifligini oladi. Qadam tashlashni kuchayib boruvchi buzilishi, uvishish hissi va oyoq va qo‘llarda sanchiq, qisman sochni to‘kilishi, infektsiyalarga nisbatan qarshilikni pasayishi, qon ivishiga qarshi tizimi faolligini pasayishi bilan kechadigan sensor neyropatiya bo‘lishi mumkin. Yuqori dozalarni uzoq vaqt yuborilganda V6 gipervitaminozi rivojlanadi, u mushak to‘qimasida va ichki a’zolarda oqsil miqdorini kamayishi bilan xarakterlanadi. V6 gipervitaminozini erta bosqichida terida toshma, bosh aylanishi, tirishishlar bo‘lishi mumkin.  Dori preparati bekor qilinganda bu belgilar qaytuvchandir. Davolash: dori vositasini bekor qilish, simpmtomatik davolash.

Retsept bo‘yicha

3 yil. Ulashish: 7 324 Views