Piratsin RGretsept bilan rasmini ko'rish

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Rux, piridoksin gidroxloridi.

Preparatning savdo nomi:

Piratsin-RG

Farmakalogik guruhi:

Mineral preparatlar.

Dori shakli:

Inyektsiya uchun eritma.

Tiniq, rangsiz eritma.

Mineral preparatlar.

Preparat parenteral yuborilgandan keyin organizmning to‘qima va biologik suyuqliklarida yaxshi taqsimlanadi. Preparatning eng yuqori kontsentratsiyasi jigarda, me’da osti bezida, buyraklarda, taloqda va o‘pkada aniqlanadi. Qondan yarim chiqarilish davri (T1/2) 3 soat 46 minutni tashkil qiladi. Yuborilganidan so‘ng 24 soatdan keyin preparat qonda aniqlanmaydi. Asosan ahlat bilan chiqariladi, buyrak orqali juda oz chiqariladi.

Rux tanqisligi holatlarini terida namoyon bo‘lishini (vitiligo, o‘choqli alopetsiya, seboreyali alopetsiya, pustulez va flegmonoz husnbuzarlar, enteropatik akrodermatit va boshqa terining qiyin bituvchi yaralari) kompleks davolashda qo‘llanadi.

Preparatni mushak ichiga (m/i) buyuriladi. Rux tanqisligi holatlari terida namoyon bo‘lganida (enteropatik akrodermatit, o‘choqli alopetsiya, seboreyali alopetsiya, pustulez va flegmonoz husnbuzarlar, vitiligo, terining qiyin bituvchi yaralari) preparatning eritmasi 1 ml dan kuniga 1 marta 10 kun davomida mushak ichiga yuboriladi. Zarurati bo‘lganida davolash kurslarini 10 kunlik tanaffus bilan bir necha marta takrorlash mumkin.

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Juda kam hollarda ko‘ngil aynishi va qusish kabi dispeptik holatlar, eshakemi ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin, ular odatda preparat bekor qilingandan keyin mustaqil ravishda o‘tib ketadi.

Ruh saqlovchi preparatlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Ta’riflanmagan.

Preparat qo‘llanganida spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilish hollarida nojo‘ya ta’sir belgilari kuchayishi mumkin.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun 0,25 % eritma, 1 ml dan №10, №20 (2x10) ampulalarda. 10 ampuladan polivinilxlorid plyonkali va alyumin muhrli laklangan folgali kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ramlar davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.