Piratsezinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: piratsetam – 400 mg, tsinnarizin – 25 mg; yordamchi moddalar: kaltsiy stearati, magniy karbonati; kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, glitserin, tozalangan suv, titan dioksidi, natriy laurilsulfati.

Preparatning savdo nomi:

Piratsezin

Farmakalogik guruhi:

psixostimulyatorlar va nootroplar.

Dori shakli:

kapsulalar

oq rangli, oxirlari yarimsferik tsilindr shaklli №0 qattiq jelatin kapsulalar №1. Kapsulalarning ichidagisi – oq yoki deyarli oq kukun.

psixostimulyatorlar va nootroplar.

N06BX.

Preparat quyidagilarda qo‘llanadi: miya infarkti (ilk va kechki tiklanish davrida), insult oqibati, bosh miya jarohati (tiklanish davri), distsirkulyator va posttravmatik entsefalopatiyasi bo‘lgan bemorlarda psixoorganik sindromda;Menyer sindromi (bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, nistagm, ko‘ngil aynishi, quyish);kinetozlarni oldini olish (“yo‘l kasalligi”);migrenni oldini olish;intellektual rivojlanishining qoloqligi bo‘lgan bolalarda xotirani va o‘rganish qobiliyatini yaxshilash zarurati;psixogen kelib chiqishga ega bo‘lgan astenik sindrom (xavotirlik, emotsional diskomfort, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, xotira, diqqatni buzilishi, emotsional labillik); Piratsezin®ni ayniqsa shifokor piratsetam va tsinnarizinni bir vaqtda buyurgan hollarda qo‘llash qulay – ikki kapsula o‘rniga faqat bitta qabul qilish kerak.

Kattalarga kasallikning og‘irligiga qarab preparat 1-2 kapsuladan sutkada 3 marta 1-3 oy davomida buyuriladi. 5 yoshdan 12 yoshgacha bolalarga kattalar dozasining yarmi buyuriladi. 12 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 kapsuladan sutkada 1-2 marta buyuriladi.

Piratsezin®  ni quyidagilarda qo‘llash mumkin emas: jigar faoliyatini buzilishi;buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam);parkinsonizm;homiladorlik;laktatsiya;iztirob bilan kechuvchi depressiya;5 yoshgacha bo‘lgan bolalar;preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Piratsezin® bilan bir vaqtda qo‘llanganda sedativ preparatlar, tritsiklik antidepressantlar, nootrop va gipotenziv vositalar, shuningdek etanolning ta’sirini kuchayishi mumkin. Bir vaqtda qo‘llanganda vazodilatatorlar Piratsezin®ning ta’sirini kuchaytiradi, gipotenziv vositalar esa uni kamaytiradi. Keksalik va qarilik yoshida Piratsezin® antianginal preparatlarning ta’sirini kuchaytiradi. Nitroglitseringa ehtiyojni kamaytiradi. Qalqonsimon bezi gormonlari preparatlari, peroral antikoagulyantlar bilan birga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Piratsezin® tarkibida tsinnarizin bo‘lganligi sababli, preparat sportchilarda doping-sinama o‘tkazilganida musbat reaktsiya chaqirishi mumkin. Piratsetam bilan monoterapiya bemorda zo‘riqish va uyqusizlik chaqirgan hollarda, Piratsezin® tanlov preparati bo‘ladi. Kortikal miokloniyali bemorlarni davolashda davolashni keskin bekor qilishdan saqlanish kerak (xurujlarni qayta boshlanish xavfi). Ruxiy buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar uchun nojo‘ya ko‘rinishlarni rivojlanishi ko‘proq xarakterli ekanligini ko‘zda tutish kerak. Koronar yetishmovchilikni zo‘rayishi ko‘proq og‘ir bemorlarda paydo bo‘ladi; bunday hollarda dozani pasaytirish yoki davolashni to‘xtatish kerak. Tsinnarizinning antigistaminli faolligi oqibatida Piratsezin® preparatini qabul qilgandan so‘ng dori vositasi 4 kun ichida o‘tkaziladigan terining allergik sinamalari natijalariga ta’sir qilishi mumkin. Dori vositasi gemostazda, jarrohlik aralashuvlarida, qon ketishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Doza oshirib yuborilishi simptomlari asosan tsinnarizinning antixolinergik faolligi bilan bog‘langan. Eyforiya, gallyutsinatsiyalar, ongni buzilishlari (somnolentsiya, stupor, koma), ko‘ngil aynishlari, qusishlar, ekstrapiramid buzilishlar, gipotoniyalar, tirishishlar paydo bo‘lishi mumkin. Davolash simptomatik.

Qattiq jelatin kapsulalar, 10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda, 1 yoki 6 kontur uyali o‘ramdan qutida.

2 yil. Ulashish: 1 114 Views