Pilokarpinni qo‘llash vaqtida quyidagilar rivojlanishi mumkin: mahalliy nojo‘ya ko‘rinishlar: mioz, ko‘zda qisqa muddatli og‘riq, uni qizarishi, akkomodatsiya spazmi turg‘un mioz oqibati sifatida (sutkaning tungi davrida), ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, chekka va paraorbital sohalarda bosh og‘rig‘i, ko‘z yoshi oqishini kuchayishi, allergik kon’yunktivit va qovoqlar terisining dermatiti, yuzaki keratit, ko‘z sohasida qichishish, miopiya, fotofobiya, kon’yunktiva giperemiyasi, shox pardani shishi va eroziyasi, tsiliar mushakning spazmi; ba’zida – to‘rsimon qavatni ko‘chishi;tizimli nojo‘ya ko‘rinishlari juda kam rivojlanadi: bronxospazm, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, gipersalivatsiya, rinoreya, o‘pkalar shishi, arterial bosimni oshishi, bradikardiya, tomirli buzilishlar, arterial gipotenziya, kuchli terlash, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya;uzoq muddatli davolash follikulyar kon’yunktivitga, qovoqlarning kontakt dermatitiga, keratopatiyaga, kataraktaga, ko‘z gavharini qaytuvchi xiralashishiga, kon’yunktiva to‘qimasini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.