Metformin bilan majmuada qo‘llanishi Glimepirid yoki metformin maksimal sutkalik dozalarda qabul qilinganida, yetarlicha nazorat qilinmaydigan qandli diabetli patsiyentlarda bu ikki preparatning majmuasi bilan davolashni boshlash mumkin.
Bunda ilgari o‘tkazilayotgan glimepirid yoki metformin bilan davolash o‘sha dozalarda davom ettiriladi, metformin yoki glimepiridning qo‘shimcha qabuli esa kichik dozalardan boshlanadi, so‘ngra u metabolik nazoratning maqsadli darajasiga qarab, xatto maksimal sutkalik dozagacha titrlanadi.
Majmuaviy davolashni qat’iy tibbiy nazorat ostida boshlash kerak.
Insulin bilan majmuada qo‘llanishi Glimepirid maksimal sutkalik dozada qabul qilinganida yetarlicha nazorat qilinmaydigan qandli diabetli patsiyentlarda bir vaqtda insulin buyurilishi mumkin.
Bunday holda glimepiridning bemorga buyurilgan oxirgi dozasi o‘zgarishsiz qoldiriladi.
Bunda insulin bilan davolash past dozalardan boshlanadi, u qondagi glyukozaning kontsentratsiyasini nazorati ostida asta-sekin oshiriladi.
Majmuaviy davolash qat’iy tibbiy nazorat ostida o‘tkaziladi.
Glikemiyaning uzoq muddatli nazorati tutib turilgani ushbu majmuaviy davolash insulinga bo‘lgan ehtiyojni deyarli 40% ga kamaytirishi mumkin.
Glimepirid tsitoxrom R4502S9 tomonidan metabolizmga uchraydi, buni induktorlar (masalan, rifampitsin) yoki ingibitorlar (masalan, flukonazol) bilan bir vaqtda qo‘llanganida hisobga olish kerak.
Adabiyotlarda keltirilgan in vivo o‘zaro ta’sirlashuv natijalarining ko‘rsatishicha, flukonazol CY32C9 ning eng kuchli ingibitorlaridan biri bo‘lib, glimepiridning AUCini deyarli 2 marta oshiradi.
Gipoglikemik ta’sirning kuchayishi va shunga bog‘liq bo‘lgan glikemiyaning rivojlanishini ehtimoli glimepiridni angiotenzinaylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, allopurinol, anabolik steroidlar va erkaklar jinsiy gormonlari, xloramfenikol, kumarin hosilalari, tsiklo-, tro- va izofosfamidlar, fenfluramin, fibratlar, fluoksetin, simpatolitiklar (guanetidin), monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari, mikonazol, flukonazol, pentoksifillin (yuqori dozalar parenteral kiritilganida), fenilbutazon, azapropazon, oksifenbutazon, probenitsid, xinolonlar, salitsilatlar va aminosalitsil kislotasi, sulfinpirazon, ayrim uzoq muddatli ta’sir qiluvchi sulfanilamidlar, tetratsiklinlar, tritokvalin bilan bir vaqtda qo‘llanganida kuzatilishi mumkin.
Gipoglikemik ta’sirning kamayishi va shunga bog‘liq qondagi glyukozaning kontsentratsiyasini oshishi glimepiridni atsetazolamid, barbituratlar, glyukokortikosteroidlar, diazoksid, saluretiklar, tiazid diuretiklar, epinefrin va boshqa simpatomimetik vositalar, glyukagon, surgi vositalari (uzoq muddat qo‘llanganida), nikotin kislotasi (yuqori dozalarda) va nikotin kislotasining hosilalari, estrogenlar va progesteronlar, fenotiazinlar, xlorpromazin, fenitoin, rifampitsin, qalqonsimon bezi gormonlari, litiy tuzlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida kuzatilishi mumkin.
N2-retseptorlarining blokatorlari, klonidin va rezerpin glimepiridning gipoglikemik ta’sirini kuchaytirishi ham, susaytirishi ham mumkin.
Glimepirid qabuli fonida kumarin hosilalarining ta’siri kuchayishi ham, susayishi ham kuzatilishi mumkin.
Alkogolning bir martalik yoki surunkali iste’mol qilinishi ham glimepiridning gipoglikemik ta’sirini kuchaytirishi ham, susaytirilishi ham mumkin.