Pentofiralretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: pentoksifillin – 100 mg; yordamchi moddalar: natriy xloridi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

pentoksifillin

Preparatning savdo nomi:

Pentofiral

Farmakalogik guruhi:

Vazodilatator vositalar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish rangli suyuqlik.

Vazodilatator vositalar.

C04AD03

Asosiy farmakologik faol metaboliti 1-(5-gidroksigeksil)-3,7-dimetilksantin (metabolit I) qon plazmasida o‘zgarmagan moddaning kontsentratsiyasidan 2 marta ortiq kontsentratsiyada aniqlanadi va u bilan qaytar biokimeviy muvozanat holatida bo‘ladi. Shuning uchun pentoksifillin va uning metabolitini faol bir butun modda sifatida qaralishi mumkin. Pentoksifillinning yarim chiqarilish davri 1,6 soatni tashkil qiladi. Pentoksifillin to‘liq metabolizmga uchraydi, 90% dan ortig‘i kon’yugatsiyalanmagan suvda eruvchan qutblangan metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Dozaning 4% dan kamrog‘i axlat bilan chiqariladi. Buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda metabolitlarni chiqarilishi sekinlashgan. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda pentoksifillinning yarim chiqarilish davrini uzayishi aniqlangan.

Aterosklerotik entsefalopatiya, ishemik tserebral insult; distsirkulyator entsefalopatiya, periferik qon aylanishini ateroskleroz, qandli diabet (shu jumladan diabetik angiopatiya), yallig‘lanish oqibatidagi buzilishlari; venalarni shikastlanishi yoki mikrotsirkulyatsiyani buzilishi (posttromboflebotik sindrom, trofik yaralar, gangrena, muzlash) bilan bog‘liq to‘qimalarda trofik buzilishlar, obliteratsiyalovchi endoarteriit, angioneyropatiya (Reyno kasalligi), ko‘zda qon aylanishini buzilishi (ko‘zning to‘r pardasi va tomirli pardalarida qon aylanishini o‘tkir, nim o‘tkir surunkali yetishmovchiligi); eshitishni pasayishi bilan kechuvchi ichki quloqning faoliyatini tomir genezli buzilishi.

Vena ichiga infuziyalar preparatni parenteral yuborishning eng samarali shaklidir, ular yaxshi o‘zlashtiriladi. Dozalash tartibi shifokor tomonidan belgilanadi va qon aylanishining buzilishlarini og‘irlik darajasi, tana vazni va davolashni o‘zlashtirilishiga bog‘liq. Infuziyani, faqat agarda eritma tiniq bo‘lsagina o‘tkazish mumkin. Kattalarga quyidagi davolash sxemalari tavsiya qilinadi: Vena ichiga infuziya 100-600 mg pentoksifillinni Ringer eritmasi, 0,9% natriy xloridi eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasining 100-500 ml da sutkada 1-2 marta o‘tkaziladi. Vena ichiga tomchilab yuboriladigan infuziyaning davomiyligi 60-360 minutni tashkil qiladi, ya’ni 100 mg pentoksifillinni yuborilishi kamida 60 minut davom etishi kerak. Infuziya, maksimal sutkalik doza (infuzion va peroral) 1200 mg ni tashkil kilishni hisobga olib, pentoksifillinni – (400 mg), peroral qabul qilish bilan to‘ldirilishi mumkin.Patsiyentning ahvoli og‘ir bo‘lganida (ayniqsa doimiy og‘riqda, gangrenada yoki trofik yaralarda) preparatning infuziyasini 24 soat davomida o‘tkazish mumkin, bunday yuborish sxemasida dozani 0,6 mg/kg/soat xisobidan belgilanadi. Tana vazni 70 kg bo‘lgan bemor uchun bunday yo‘l bilan hisoblangan sutkalik doza 1000 mg ni, tana vazni 80 kg bo‘lgan patsiyent uchun 1150 mg ni tashkil kiladi. Patsiyentning tana vaznidan qat’iy nazar maksimal sutkalik doza 1200 mg ni tashkil kiladi. Infuzion eritmaning hajmi yo‘ldosh kasalliklarni, bemorning holatini xisobga olib shaxsiy ravishda belgilanadi va sutkada o‘rtacha 1-1,5 l ni tashkil qiladi. Ayrim hollarda preparat 5 ml (100 mg) dan vena ichiga inyektsiya yo‘li bilan qo‘llanadi. Inyektsiyani asta-sekin, 5 minut davomida, patsiyent – yotgan holatida bo‘lganida bajariladi. Keksa yoshdagi bemorlar. Keksa yoshdagi patsiyent uchun dozani to‘g‘rilashning zarurati yo‘q. Parenteral davolash kursining davomiyligi davolash o‘tkazayotgan shifokor tomonidan belgilanadi. Bemorning holati yaxshilanganidan keyin, preparatning tabletka shaklini qo‘llab, davolashni davom ettirish tavsiya qilingan.

Organizmning ayrim tizimlari bo‘yicha nojo‘ya reaktsiyalarni paydo bo‘lish tez-tezligi quyidagicha: Yurak-tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – taxikardiya; tez-tez emas – periferik shishlar, yuzni qizarishi yoki qizib ketish xissi (quyilishlar), juda kam hollarda – kukrakda g‘ayri – tabiiy og‘rik, arterial gipotenziya, hansirash, aritmiya, yurak urishi. Qon va limfatik tizim tomonidan: yakka holatlarda – trombotsitopeniya va trombotsitopenik purpura, leykopeniya, pantsitopeniya (u o‘lim bilan yakunlanishi mumkin) protrombin vaqtini uzayishi, gipofibrinogenemiya, anemiya, aplastik anemiya, qon ketishlari (masalan, teri, shilliq qavatlar, me’da, ichak, burun qon tomirlaridan qon ketishlari). Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, aseptik meningit (yuqori dozalarda qo‘llanganda); yakka holatlarda – qo‘llarni qaltirashi, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, xavotirlik, qo‘rquv hissi, xushni yo‘qotish, uyquni buzilishi, gallyutsinatsiyalar, ko‘z oldini korong‘ilashishi, qo‘l-oyoqlarni uvishishi, gipergidroz, tirishishlar, paresteziyalar kuzatiladi. Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘rishni buzilishi, skotoma, ko‘z yoshini oqishi, kon’yunktivitlar, quloqparda og‘rik, migren, ko‘zning to‘r pardasiga qon quyilishi, to‘r pardani ko‘chishi. Me’da-ichak yullari tomonidan: tez-tez – me’da-ichak buzilishlari, me’dada bosim xissi, uni to‘lib ketish xissi, diareya; tez-tez emas – ko‘ngil aynishi, qusish (shu jumladan bir necha marta), meteorizm, epigastral og‘riqlar, anoreksiya, ichak atoniyasi, qabziyatlar, tomoqni qurishi, chanqoqlik. Metabolizm tomonidan: juda kam hollarda – gipoglikemiya, gipokaliyemiya. Immun tizimi tomonidan: yakka hollarda – allergik reaktsiyalar (shokkacha rivojlanuvchi anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar, angionevrotik shish, bronxospazm, terini qizarishi, qichishish, toshmalar, eshakemi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), Stivens-Djonson sindromi. Gepatobiliar tizim tomonidan: juda kam hollarda – jigar ichki xolestazi, jigar fermentlari faolligini oshishi, xoletsistitni zo‘rayishi, xolestatik gepatit. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: juda kam hollarda – kuchli terlash, yuz va ko‘krak qafasining yuqori qismini qizarishi, shishlar, makulopapulyoz toshma, tirnoqlarni yuqori sinuvchanligi. Yuborish joyidagi o‘zgarishlar: yuborish joyida og‘rik, giperemiya, shish, toshma. Boshqalar: ta’mni buzilishi, so‘lakni kuchli ajralishi, lanjlik, tomoqda/bo‘yinda og‘rik, laringit, burunni bitishi, tana vaznini oshishi/kamayishi, etni uvishishi, qizish xissi, isitma, gipertermik sindrom. Laboratoriya ko‘rsatkichlari: jigartransaminazalari (ALT, ACT, LDG) va ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi. Nojo‘ya reaktsiyalarining ko‘pchiligi doza bilan bog‘liq. Ularni, dozani kamaytirish, bilan minimumga yetkazish yoki umuman bartaraf etish mumkin. Agarda og‘ir nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilsa, davolashni to‘xtatish kerak.

Pentoksifillin va antigipertenziv preparatlarni (xususan, angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlarini) bir vaqtda qo‘llash, oxirgilarning ta’sirini kuchaytiradi, shuning uchun gipotenziv preparatlarning dozasini muvofik ravishda to‘g‘rilash talab qilinadi. Antikoagulyantlar, qon koagulyatsiyasini susaytiruvchi preparatlar. Pentoksifillin va qon koagulyatsiyasini kamaytiruvchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish qon ketishi extimolini oshiradi, shuning uchun protrombin vaqtini tez-tez nazorat qilib turish kerak. Pentoksifillin buyurilganida yoki dozalash o‘zgartirilganida, bu bemorlarda antikoagulyant faollikni nazoratini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Tsimetidin. Tsimetidinni bir vaqtda yuborilganda qon zardobida pentoksifillinning kontsentratsiyasini ancha oshishi yuz beradi. Pentoksifillinning dozasini oshirib yuborilishi belgilarini paydo bo‘lishini diqqat bilan kuzatish kerak. N2-retseptorlarining boshqa antagonistlari (famotidin, ranitidin va nizatidin) pentoksifillinning metabolizmiga ancha kam ta’sir qiladi. Teofillin. Pentoksifillin va teofillinni bir vaqtda yuborilishi qon zardobida teofillinning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun qon zardobida teofillinning kontsentratsiyasini kuzatib turish, zarurati bo‘lganida esa, uning dozasini kamaytirish kerak. Ketorolak, meloksikam. Pentoksifillin va ketorolakni bir vaqtda qo‘llanishi protrombin vaqtini oshishiga olib kelishi va qon ketish xavfini oshirishi mumkin. Qon ketish xavfi, shuningdek pentoksifillin va meloksikam bir vaqtda qo‘llanganida oshishi mumkin. Shuning uchun bu preparatlar bilan bir vaqtda davolanish tavsiya qilinmaydi. Tsiprofloksatsin. Tsiprofloksatsin jigarda pentoksifillinning metabolizmini tormozlaydi, shuning uchun pentoksifillin va tsiprofloksatsinni bir vaqtda qo‘llash qon zardobida pentoksifillinning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Pentoksifillin va tsiprofloksatsin bilan bir vaqtda davolash zarurati tug‘ilganida pentoksifillinning dozasini ikki martaga kamaytirish tavsiya qilinadi. Insulin va peroral diabetga qarshi preparatlar. Pentoksifillinning vena ichiga yuboriladigan katta dozalari insulin va peroral diabetga qarshi preparatlarning gipoglikemik samaralarini kuchaytirishi mumkin, shuning uchun insulin yoki gipoglikemik preparatning dozasini muvofiq to‘g‘rilash kerak. Nitratlar. Pentoksifillin nitratlarning ta’sirini kuchaytiradi. Eritromitsin. Pentoksifillin va eritromitsinning o‘zaro ta’siri bo‘lishi mumkinligi  to‘g‘risida ma’lumotlar  yo‘q. Biroq pentoksifillin va eritromitsin birga qo‘llanganida eritromitsinning plazmadagi darajasini oshishi zaxarli reaktsiyalarni namoyon bo‘lishi bilan qayd etiladi.

Pentoksifilinni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Preparatni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q. Anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalarni rivojlanishining birinchi belgilarida preparat bilan davolashni to‘xtatish va yordam uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Preparatni surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanganida, avval qon aylanishini kompensatsiya bosqichiga erishish kerak. Diabeti bo‘lgan va insulin yoki peroral antidiabetik vositalar bilan davolanayotgan bemorlarda, preparatning yuqori dozalari qo‘llanganida, qondagi qandning darajasiga bu preparatlarning ta’siri kuchayishi mumkin. Bunday hollarda insulinning yoki peroral diabetga qarshi vositalarning dozasini kamaytirish va ayniksa bemorni sinchkov kuzatish kerak. Tizimli qizil yugirik (TQYU) yoki biriktiruvchi to‘qimaning boshka kasalliklari bo‘lgan bemorlarga pentoksifillinni faqat bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf va foyda batafsil tahlil qilinganidan keyin buyurish mumkin. Pentoksifillin bilan davolanish vaqtida aplastik anemiyani rivojlanish xavfi mavjudligi tufayli. umumiy qon taxlilini muntazam nazorat qilish kerak. Buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam) bo‘lgan yoki jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda pentoksifillinning chiqarilishi sekinlashgan bulishi mumkin, tegishli monitoring kerak. Keksa yoshdagi bemorlarda faol moddaning biokiraolishligini oshishi va chiqarilish tezligini pasayishi tufayli, o‘rtacha terapevtik dozani kamaytirishga zarurat tug‘ilishi mumkin. Chekish preparatning terapevtik samaradorligini pasaytirishi mumkin. Ayniqsa diqqat bilan kuzatish quyidagilar uchun zarur: -og‘ir yurak aritmiyalari bo‘lgan patsiyentlar; -miokard infarkta bo‘lgan patsiyentlar; -arterial gipotenziyasi bo‘lgan patsiyentlar; -tserebral va koronar arteriyalarining yaqqol aterosklerozi bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa yo‘ldosh arterial gipertenziyada va yurak ritmini buzilishlarida. Bunday bemorlarda preparat qabul qilganida stenokardiya xurujlari, aritmiyalar va arterial gipertenziya yuz berishi mumkin; -buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan patsiyentlar; -og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar; kon ketishlariga, masalan antikoagulyantlar bilan davolanish yoki kon ivishining buzilishlari bilan bog‘lik yukori moyillikka ega bo‘lgan patsiyentlar. Qon ketishlari yuzasidan – “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bulimiga karang; -anamnezida me’da va un ikki barmok ichakning yarasi bo‘lgan bemorlar; -yakinda operatav davolash o‘tkazgan bemorlar (qon ketishini paydo bo‘lishini yuqori xavfi, shu tufayli gemoglobin va gematokrit darajasini muntazam nazorat qilish talab etiladi); -arterial bosimni pasayishi yuqori xavf bo‘lishi mumkin bo‘lgan patsiyentlar (masalan, og‘ir yurak ishemik kasalligi yoki miyaga qonni yetkazib beruvchi tomirlarning stenozi bo‘lgan bemorlar); -pentoksifillin va K vitamini antivitaminlari bilan bir vaqtda davolanayotgan bemorlar; pentoksifillin va diabetga qarshi vositalar bilan bir vaqtda davolanayotgan bemorlar. Shuningdek markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaktsiyalarni paydo bulish ehtimolini xam xisobga olish kerak. Preparatni bir idishda “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limida ko‘rsatilgan eritmalardan tashqari, boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun 100 mg/5 ml eritma, 5 ml dan ampulalarda.