Penograretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 100 mg sildenafilga ekvivalent bo‘lgan sildenafil tsitrati; yordamchi moddalar: kaltsiy sulfati, ikki asosli kaltsiy fosfati, makkajo‘xori kraxmali, jelatin, metilparaben, tozalangan suv, magniy stearati, tozalangan talk, natriy kraxmal glikolyati, kolloid kremniy dioksidi, titana dioksidi, indigokarmin laki, temir (II) oksidi, Ponso 4R bo‘yovchisi, PEG-6000, povidon-30, talk, gidroksipropilmetiltsellyuloza, dixlormetan*, izopropil spirti*. *tayyor mahsulotda aniqlanmaydi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

cildenafil tsitrati

Preparatning savdo nomi:

Penogra

Farmakalogik guruhi:

potentsiyani muvofiqlashtiruvchi vosita.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

qizg‘ish-jigarrang rangli, ikki tomoni qavariq, romb shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “100” o‘yiqchasi bor va boshqa tomoni silliq tabletkalar.

potentsiyani muvofiqlashtiruvchi vosita.

G04BE03

So‘rilishi Ichga qabul qilinganidan keyin sildenafil tez so‘riladi. Mutloq biokiraolishligi o‘rtacha 40% ni tashkil qiladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga och qoringa qabul qilishda o‘rtacha 60 minut (30-120 minut) davomida erishiladi. Yog‘li ovqat bilan qabul qilishda so‘rilish tezligi kamayadi; Tmax 60 minutga ortadi, Cmax esa o‘rtacha 29% ga kamayadi. Taqsimlanishi Turg‘un holatda sildenafilning taqsimlanish hajmi (Vd) o‘rtacha 105 l ni tashkil qiladi. Sildenafil va uning asosiy aylanib yuruvchi N-desmetil metaboliti plazma oqsillari bilan taxminan 96% bog‘lanadi. Oqsil bilan bog‘lanishi sildenafilning umumiy kontsentratsiyasiga bog‘liq emas. Metabolizmi Sildenafil asosan jigarda CYP3A4 (asosiy yo‘l) va CYP2S9 (ikkilamchi yo‘l) izofermentlari ta’siri ostida metabolizmga uchraydi. Sildenafilni N-demetillizatsiyasi natijasida hosil bo‘ladigan aylanib yuradigan asosiy faol metaboliti keyinchalik metabolizmga uchraydi. FDE ga selektiv ta’siri bo‘yicha metaboliti sildenafilga o‘xshash, uning FDE5 ga nisbatan faolligi esa In vitro sharoitida sildenafil faolligining taxminan 50% tashkil qiladi. Qon plazmasida metabolitining kontsentratsiyasi sildenafilning kontsentratsiyasining 40% tashkil qiladi. N-demetilizatsiyaga uchragan metaboliti keyinchalik metabolizmga uchraydi: uning T1/2 taxminan 4 soatni tashkil qiladi. Chiqarilishi Sildenafil metabolitlari shaklida asosan axlat bilan (og‘iz orqali qabul qilingan dozaning taxminan 80%) va kamroq miqdorda siydik bilan (og‘iz orqali qabul qilingan dozaning taxminan 13%). Keksa yoshdagi va jigar va buyrak faoliyatini og‘ir darajali buzilishi bo‘lgan bemorlarda klirensi kamaygan bo‘lishi mumkin.

Terapevtik toifasi: erektil disfunktsiyaga qarshi vosita, diabet, giperxolesterinemik arterial gipertenziya, prostata bezidagi operatsiya, orqa miyani shikastlanishlari va ruhiy omillar sababli qoniqarli jinsiy aloqa uchun jinsiy olatni erektsiyasiga erishish yoki saqlab qolishga qobiliyatsizlik bilan xarakterlanadigan erektsiyani buzilishlarini davolashda qo‘llanadi.Preparat shuningdek jismoniy yuklamaga qobiliyatni yaxshilash va klinik yomonlashishini kechiktirish uchun o‘pka arterial gipertenziyasida ham (JSST 1 guruh) qo‘llanadi.

Erektil disfunktsiyada odatdagi tavsiya etiladigan doza jinsiy aloqadan taxminan bir soat oldin (garchi 4 dan 5 soatgacha oldin istalgancha qabul qilish mumkin) 50 mg Sildenafilga (1/2 tabletka) to‘g‘ri keladi. Samaradorlik va o‘zalatiraolishlik reaktsiyasiga bog‘liq holda doza har kuni 100 mg gacha oshirilishi yoki har kuni 25 mg gacha kamaytirilishi mumkin.O‘pka arteriyasida arterial gipertenziyada jismoniy yuklamani yaxshi o‘zlashtirish uchun Sildenafil 25 mg (1/4 tabletka) dozada har kuni uch marta buyuriladi. Sildenafil tavsiya etilgan dozalarda jinsiy qo‘zg‘alish yo‘qligida hech qanday samaraga ega emas. Tavsiya etilgan maksimal dozalash tez-tezligi 100 mg (1 tabletka) har 24 soatda bir martani tashkil qiladi.

Tavsiya etilgan dozani oshirmang. Sildenafil tsitrati tabletkalarini suiste’mol qiluvchi patsiyentlar nojo‘ya samaralarga moyil bo‘ladi. Bosh og‘rig‘i, yuzga qonni oqib kelishi va dispepsiya haqida ko‘proq xabar beriladi. Ko‘rishni buzilishi, bosh aylanishi va burunni bitishi bo‘lishi mumkin. Boshqa salbiy ta’sirlariga diareya, qusish, qovoqlarni shishi, ko‘zni og‘rishi va qizarishi, mushaklarda og‘riq, belda og‘riq, teri toshmasi, burundan qon ketishi, hushdan ketish, tserebrovaskulyar gemorragiyalar va ishemiyaning vaqtinchalik xurujlari kiradi. Shuningdek priapizm uchragan. Shuningdek sildenafil bilan bog‘liq bo‘lgan yurak urishi va jiddiy yurak-qon tomir holatlari haqida xabarlar berilgan.

Tabletkaning har qanday komponentiga ma’lum allergiyasi bo‘lgan bemorlarda Penograni qo‘llash mumkin emas.

Gipotenziv vositalar, nitratlar: gipotenziyani xavfi oshadi. Alfa-blokatorlar: qon bosimi qo‘shimcha pasayadi. Ferment induktorlari, rifampitsin: qonda sildenafil miqdori va samarasi kamayadi. Izofermentning jigar ingibitorlari: qonda sildenafil miqdori va samarasi oshadi. Proteaza ingibitorlari (ritonavir): qonda sildenafil miqdori va samarasi oshadi. CYP3A kuchli induktori: plazmada sildenafil miqdorini ko‘proq kamayishini chaqiradi. Ko‘p yog‘ saqlovchi parhez: dori vositasini so‘rilishi kamayadi, maksimal miqdori kamayadi.

Jigar faoliyatini og‘ir darajali buzilishi, qon ketishni kuzatilishi, faol me’da yarasi, gipotenziya, anamnezida yaqinda o‘tkazilgan insult, miokard infarkti yoki hayot uchun xavfli aritmiya, nostabil stenokardiya, yurak yetishmovchiligi yoki pigment retinit kabi ko‘z to‘r parda buzilishilari bo‘lgan bemorlarda Sildenafilni qo‘llash mumkin emas. Buyrak faoliyatini og‘ir darajali buzilishi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak va Sildenafilning dozasini kamaytirish talab qilinishi mumkin. Jinsiy olatning anatomik deformatsiyasi va priapizmga olib kelishi mumkin bo‘lgan gematologik buzilishlari bo‘lgan bemorlarda ham ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bosh aylanishi yoki ko‘rishni buzilishi bo‘lgan patsiyentlar avtomobilni haydashlari va mexanizmlarni ishlatishlari mumkin emas.

Penogra ayollar va 18 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

25oS dan past haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Simptomlari: sog‘lom ko‘ngillilarda 800 mg (8 tabletka) gacha dozalarni tekshirishda nojo‘ya reaktsiyalar pastroq dozalardagiga o‘xshash bo‘lgan, ammo namoyon bo‘lish darajasi oshgan. Davolash: simptomatik. Gemodializ kutilganidek klirensni oshirmaydi, chunki sildenafil plazma oqsillari bilan kuchli bog‘langan va u siydik bilan juda kam miqdorda ajraladi. Darhol mahalliy toksikologiya markazi yoki shoshilinch jarrohlik bo‘limiga murojaat qiling.

Retsept bo‘yicha

4 tabletka bir blisterda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan, 20 quti karton o‘ramda.

3 yil.