Pedia Elektroretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: dekstroza – 37,5 mg, natriy xloridi – 2.25 mg yordamchi moddalar: inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

dekstroza, natriy xloridi

Preparatning savdo nomi:

Pedia Elektro

Farmakalogik guruhi:

enteral va parenteral oziqlantirish uchun vosita.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma.

tiniq, rangsiz suyuqlik.

enteral va parenteral oziqlantirish uchun vosita.

V05SX01

Organizm tomonidan butunlay o‘zlashtiriladi, buyraklar orqali chiqarilmaydi (siydikda paydo bo‘lishi patologik belgi hisoblanadi). Qo‘llanilishi Preparat bolalarda turli genezli degidratatsiyada, qusish, ich ketishi oqibatida, operatsiyadan keyingi davrda, kollaps, shokda yo‘qotilgan suyuqlikni to‘ldirish uchun (turli qonni o‘rnin bosuvchi va shokka qarshi suyuqliklarning komponenti sifatida), operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyin qon plazmasi hajmini tutib turish uchun, organizmda uglevodlar yetishmovchiligini to‘ldirish uchun, dezintoksikatsion infuzion davolash uchun, gemorragik diatezlarda, shuningdek boshqa preparatlarni eritmalarini tayyorlash uchun qo‘llanadi.

Vena ichiga tomchilab yuborish uchun mo‘ljallangan. Bolalar uchun yuborish tezligi soatiga 50 ml dan 100 ml gacha bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va chala tug‘ilgan bolalar uchun yuborish tezligi soatiga 100 ml dan oshmasligi kerak. Dozasi patsiyentning yoshi, tana vazni va holatiga bog‘liq.

Vena ichiga haddan tashqari ko‘p va tez yuborish entsefaledema, o‘pka shishi, akroedema, atsidoz, organizmda suvni ushlanib qolishi, o‘tkir yurak yetishmovchiligi, gemoliz va boshqalarga olib kelishi mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va chala tug‘ilgan bolalarga vena ichga tomchilab tez yuborish organizmda suvni ushlanib qolishiga olib kelishi mumkin. Diabetik ketoatsidoz bo‘lgan bolalarga glyukoza va natriy xloridini vena ichiga tomchilab tez yuborish yatrogen giperosmolyar komani chaqirishi mumkin. Elektrolitlar muvozanatini buzilishi: uzoq vaqt davomida qo‘llanganida gipokaliyemiya va gipofosfatemiyaga olib kelishi mumkin. Reaktiv gipoglikemiya: insulinning haddan tashqari katta miqdori bilan birga yuborish  ichki gipoglikemiyaga olib kelishi, umumiy parenteral oziqlantirishdan to‘satdan to‘xtatish reaktiv gipoglikemiyani chaqirishi mumkin. Nojo‘ya ta’sirlari kuzatilganida yuborishni zudlik bilan to‘xtatish va muvofiq davolashni ta’minlash kerak.

Gipernatriyemiya, gipergidratatsiya holati, giperglikemiya, qandli diabet, tsirkulyator buzilishlar, o‘pka va miya shishini rivojlanishiga havf tug‘ilishi, surunkali buyrak va yurak yetishmovchiligi, kortikosteroidlarni katta dozalari bilan davolash, preparatning komponenlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparat glyukokortikosteroidlar bilan birga qo‘llanganida gipernatriyemiya kuchayadi. Shuning uchun uni kortikosteroidlar, kortikotropin olayotgan patsiyentlarga, shuningdek organizmda tuzni to‘planishiga moyilligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Quyidagi holatlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak: Shish bilan kechuvchi kasalliklari, yurak va buyrak yetishmovchiligi, jigar tsirrozida astsit bo‘lgan bemorlarga; O‘tkir buyrak yetishmovchiligining oligurik simptomlari bo‘lgan bemorlarga, diuretiklarga reaktsiyasi yomon bo‘lgan bemorlarga, surunkali buyrak yetishmovchiligida tabetik kriz, siydik chiqarish yo‘llarini obstruktiv kasalliklari bo‘lgan bemorlarga; Davriy falaj va gipokaliyemiya bo‘lgan bemorlarga; Qandli diabet, arterial gipertenziya, plazmada oqsil miqdori kam bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bemorlarga yuboriladigan preparatning hajmi va yuborilish tezligi jiddiy nazorat qilinishi kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Organizmda suyuqlikni ortiqcha to‘planishi (gipervolemiya) bilan xarakterlanadi. Preparatni yuborishni zudlik bilan to‘xtatish, muvofiq davolash buyurish kerak. Natriy xloridining gipertonik eritmasi, kuchli diuretiklarni (o‘tkir yurak yetishmovchiligi va o‘pka shishida) ni yuborish, elektrolitlar muvozanatini muvofiqlashtirish tavsiya etiladi.

Shifokor retsepti bo‘yicha

Eritmalar 100 ml, 250 ml yoki 500 ml dan plastik flakonda; bitta plastik flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.