PANADOL DЕTSKIY rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har 5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 120 mg paratsetamol; yordamchi moddalar: olma kislotasi, ksantan kamedi, glyukozaning gidrogenat siropi (maltitol), sorbitol (Ye 420), limon kislotasi, natriy nipasepti (natriy etilparagidroksibenzoati (Ye 215), natriy propilparagidroksibenzoati (Ye 217), natriy metilparagidroksibenzoati (Ye 219)), qulupnay aromatizatori (L10055), azorubin (Ye 122), suv. Panadol Detskiy qand, spirt va atsetilsalitsil kislotasini saqlamaydi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

paratsetamol

Preparatning savdo nomi:

PANADOL DЕTSKIY

Farmakalogik guruhi:

Boshqa analgetiklar va antipiretiklar. Anilidlar. Paratsetamol.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun suspenziya

pushti rangli, qulupnay hidli, kristallar mavjud bo‘lgan yopishqoq suyuqlik.

Boshqa analgetiklar va antipiretiklar. Anilidlar. Paratsetamol.

N02BE01.

So‘rilishi yuqori – paratsetamol me’da–ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanish taxminan 15% ni tashkil qiladi. Plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyaga 30-60 minutdan keyin erishiladi. Paratsetamol organizm suyuqliklarida nisbatan bir tekis taqsimlanadi. Asosan jigarda bir necha metabolitlar hosil qilib metobolizmga uchraydi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar hayotining birinchi ikki kunida va 3-10 yoshli bolalarda paratsetamolning asosiy metaboliti paratsetamol sulfati hisoblanadi, 12 yosh va undan katta bolalarda – kon’yugatsiya bo‘lgan glyukuronid hisoblanadi. Preparatning bir qismi (taxminan 17%) faol metabolitlar hosil qilib gidroksil guruhini qo‘shiladi, ular glutation bilan kon’yugatsiya bo‘ladi. Glutation yetishmovchiligida ushbu paratsetamolning metabolitlari gepatotsitlar ferment tizimini bloklashi va ularning nekrozini chaqirishi mumkin. Terapevtik dozalarda qabul qilinganida preparatning yarim chiqarilish davri 2-3 soatni tashkil etadi. Terapevtik dozalarda qabul qilingan dozaning 90-100% bir kun ichida siydik bilan chiqariladi. Preparatning asosiy qismi jigarda kon’yugatsiya bo‘lgandan so‘ng chiqariladi. Qabul qilingan dozaning 3% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Preparat 3 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi: isitmani tushiruvchi vosita sifatida – “shamollash“ kasalliklarida, grippda va bolalar yuqumli kasalliklarida (suvchechak, qizamiq, tepki, qizilcha, skarlatina va boshqalarda) kuzatiladigan yuqori tana haroratini pasaytirish uchun.og‘riqsizlantiruvchi vosita sifatida – tish og‘rig‘i, jumladan, tishlarni yorib chiqishi paytidagi og‘riqlarni, bosh og‘rig‘ini, otitlardagi quloq og‘riqlarini va tomoq og‘riqlarini susaytirish uchun qo‘llanadi. 2-3 oylik chaqaloqlarda emlashdan keyin isitmani tushirish uchun preparatni bir marta berish mumkin. Agar harorat pasaymasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Preparat ichga qabul qilinadi. Qabul qilishdan oldin flakonni yaxshilab chayqatish kerak. O‘ram ichiga solingan o‘lchov shpritsi preparatni to‘g‘ri va ratsional dozalash imkonini beradi. Preparat dozasi bolaning yoshi va tana vazniga bog‘liq.

Tavsiya etilgan dozalarda paratsetamol kam hollarda nojo‘ya ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zida ko‘ngil aynishi, qusish, me’da sohasida og‘riqlar, jigar funktsiyasini buzilishi va allergik reaktsiyalar (terida toshmalar, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi, Stivens-Djonson sindromi), atsetilsalitsil kislotasiga va boshqa NYAQV ga sezuvchan bo‘lgan patsiyentlarda bronxospazm bo‘lishi mumkin. Kam hollarda – anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya bo‘lishi mumkin. Natriy metilparagidroksibenzoati, etilparagidroksibenzoati va propilparagidroksibenzoati allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokorga murojat qiling.

paratsetamolga va preparatning har qanday boshqa ingrediyentiga yuqori sezuvchanlik;jigar va buyraklar funktsiyasini yaqqol buzilishlari;fruktozani nasliy o‘zalshtirolmaslik;2 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Panadol Detskiy barbituratlar, difenin, tirishishga qarshi vositalar, rifampitsin, butadion bilan bir vaqtda qo‘llanganida gepatotoksik ta’sirini rivojlanish xavfi oshadi. Levomitsetin (xloramfenikol) bilan bir vaqtda qabul qilinganida levomitsetinning toksikligi oshishi mumkin. Varfarin va boshqa kumarin hosilalarining antikoagulyant samarasi paratsetamol uzoq vaqt muntazam ravishda qabul qilinganida kuchayishi mumkin, bu qon ketish xavfini oshiradi. Metoklopramid va domperidon paratsetamolning so‘rilish tezligini oshiradilar, kolestiramin esa pasaytiradi.

2-3 oylikkacha bo‘lgan va chala tug‘ilgan chaqaloqlarga Panadol Detskiyni faqat shifokor ko‘rsatmasi bilangina berish mumkin. Qonda siydik kislotasi va qand miqdorini aniqlash uchun tekshirishlar o‘tkazilganda shifokorga Panadol Detskiy qabul qilinayotganligi haqida xabar bering. Preparatni 7 kundan ortiq (shifokorning tavsiyasiga ko‘ra) vaqt mobaynida qabul qilganda periferik qon ko‘rsatkichlarini va jigarning funktsional holatini nazorat qilish tavsiya etiladi. Har 5 ml suspenziya 666,5 mg sorbitol saqlaydi.

Preparat bolalar uchun mo‘ljallangan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Yorug‘likdan himoyalansin. Muzlatilmasin.

Paratsetamol bilan o‘tkir zaharlanish belgilari bo‘lib ko‘ngil aynishi, qusish, me’dada og‘riq, terlash, teri qoplamalarini oqarishi hisoblanadi. 1-2 sutkadan keyin jigarning shikastlanish belgilari (jigar sohasida og‘riq, jigar fermentlari faolligini oshishi) aniqlanadi. Og‘ir xollarda jigar yetishmovchiligi, entsefalopatiya va koma holati rivojlanadi. Uzoq vaqt davomida tavsiya etilgan dozadan yuqori dozada qabul qilinsa, gepatotoksik va nefrotoksik ta’sirlari (buyrak sanchig‘i, nospetsifik bakteriuriya, interstitsial nefrit, papillyar nekroz) kuzatilishi mumkin. Katta yoshli odam paratsetamolni 10 g va undan ortiq dozada qabul qilishi jigarning shikastlanishini chaqirishi mumkin. Agar patsiyentda quyidagi havf omillari bo‘lsa, 5 g va undan ortiq paratsetamolni ichga qabul qilganida, jigarni shikastlanishi rivojlanishi mumkin. patsiyent uzoq vaqt davomida karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, primidon, rifampitsin, dalachoy yoki jigar fermentlarini indutsiyalaydigan boshqa preparatlar qabul qilayotgan bo‘lsa;patsiyent muntazam ravishda alkogol iste’mol qilsa;patsiyentda glutationni tanqisligi havfi (ovqatlanishni buzilishi, mukovistsidoz, OITV-infektsiyasi, och qolish, ozib ketish) bo‘lsa, Paratsetamol qabul qilinganidan so‘ng birinchi 24 soat davomida dozani oshirib yuborilishi simptomlari: terini oqarishi, ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya va qorinda og‘riq. Jigarni shikastlanishi paratsetamol qabul qilinganidan so‘ng 12 dan 48 soatgacha vaqt mobaynida namoyon bo‘lishi mumkin. Glyukozaning metabolizmini buzilishi va metabolitik atsidoz rivojlanishi mumkin. Og‘ir darajadagi zaharlanishlarda jigar yetishmovchiligini avj olib borishi entsefalopatiya, qon ketishi, gipoglikemiya, miya shishi va o‘limni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. O‘tkir tubulyar nekroz oqibatida rivojlangan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi belda og‘riq, gematuriya, proteinuriya bilan namoyon bo‘ladi va hatto jigarni jiddiy shikastlanishi bo‘lmaganida ham rivojlanishi mumkin. Shuningdek yurak ritmini buzilishi va pankreatit bo‘lishi mumkin. Aniq erta belgilari bo‘lmasligiga qaramasdan, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun patsiyentlarni zudlik bilan shifoxonaga olib borish kerak. Dozani oshirib yuborilish simptomlari ko‘ngil aynishi va qusish bilan cheklanishi mumkin, va ehtimol, uning og‘irlik darajasini yoki a’zolarning shikastlanish havfini aks ettirmasligi mumkin. Dozasi bexosdan oshirib yuborilganida, hatto agar bola o‘zini yaxshi xis qilsa ham, zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish kerak.

Retseptsiz

120 mg/5 ml suspenziya 100 ml dan to‘q rangli shisha flakonlarda. 100 li flakonlar o‘lchov shpritsi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.

3 yil.