Dozasi bexosdan oshirib yuborilganida, hatto agar bola o‘zini yaxshi his qilsa ham, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish kerak.
Paratsetamolning dozasini oshirib yuborilishi keksa yoshdagi patsiyentlar va kichik yoshdagi bolalarda ayniqsa xavflidir.
Preparatni noto‘g‘ri dozalash natijasida dozasini oshirib yuborilishi yoki bexosdan zaharlanish o‘limga olib kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilish simptomlari (ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, kuchli terlash, teri qoplamlarini rangparligi, me’dada og‘riq) odatda paratsetamolni qabul qilgandan so‘ng birinchi 24 soat davomida rivojlanadi.
1-2 sutkadan so‘ng jigarni shikastlanish belgilari (jigar sohasida og‘riq, “jigar” fermentlari faolligini oshishi) aniqlanadi.
Uglevodlar almashinuvini buzilishi va metabolik atsidoz rivojlanishi mumkin.
Katta yoshdagi patsiyentlarda jigarni shikastlanishi paratsetamolni 10 g dan ortiq qabul qilinganidan so‘ng, bolalarda – tana vazniga 125 mg dan ortiq qabul qilinganida rivojlanadi.
Jigar uchun paratsetamolning toksikligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bo‘lganida (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” va “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limlariga qarang) 5 g va undan ortiq paratsetamol qabul qilinganidan so‘ng jigarni shikastlanishi kuzatilishi mumkin.
Dozani og‘ir darajada oshirib yuborilgan hollarda jigar yetishmovchiligi natijasida entsefalopatiya (bosh miya faoliyatini buzilishi), qon ketishi, gipoglikemiya, hatto o‘lim bilan tugashi mumkin bo‘lgan miya shishi rivojlanishi mumkin.
O‘tkir tubulyar nekroz bilan birga o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin, uning xarakterli belgilari bo‘lib bel sohasida og‘riq, gematuriya (siydikda qonni elementlari yoki eritrotsitlar), proteinuriya (siydikda oqsilning miqdorini yuqori bo‘lishi) hisoblanadi, bunda jigarni og‘ir darajadagi shikastlanishi bo‘lmasligi mumkin.
Yurak ritmini buzilishi, pankreatit hollari kuzatilgan.
Tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida gepatotoksik va nefrotoksik ta’siri (buyrak sanchig‘i, nospetsifik bakteriuriya, interstitsial nefrit, papillyar nekroz) kuzatilishi mumkin.
Davolash: dozani oshirib yuborilishiga gumon qilinganida, hatto yaqqol simptomlari bo‘lmasa ham, preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak va patsiyentlarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun kasalxonaga tezda olib kelinishi lozim.
Paratsetamolni rektal qo‘llash oqibatida dozasi oshirib yuborilganida me’dani yuvish va enterosorbentlarni qabul qilish samarasizdir.
Agar paratsetamol ichga qabul qilinganida doza oshirib yuborilsa, me’dani yuvish mumkin.
Paratsetamolning dozasi oshirib yuborilganidan kamida 4 soatdan keyin uning plazmadagi kontsentratsiyasini baholash kerak (ertaroq olingan natijalar ishonarli emas).
Davolash simptomatik.
Paratsetamolning dozasini oshirib yuborilishini davolash sxemasiga odatda juda qisqa muddat ichida (24 soat davomida) N-atsetiltsistein antidotini (zarurat bo‘lganida vena ichiga yuborish) qo‘llash kiradi.
Antidotning maksimal himoya ta’siri doza oshirib yuborilganidan so‘ng birinchi 8 soat davomida ta’minlanadi, vaqt o‘tishi bilan antidotning samaradorligi keskin pasayadi.
Patsiyent shifoxonaga kelishiga qadar qusish kuzatilmagan bo‘lsa, metioninni qo‘llash mumkin.
Qo‘shimcha davolash choralarini o‘tkazish zarurati (keyinchalik metioninni yuborish, atsetiltsisteinni vena ichiga yuborish) qondagi paratsetamolning kontsentratsiyasiga, shuningdek uni qabul qilgandan so‘ng o‘tgan vaqtga qarab aniqlanadi.
Jigar faoliyatini jiddiy buzilishi bo‘lgan patsiyentlarni davolash, paratsetamolni qabul qilgandan so‘ng 24 soatdan keyin toksikologik markazning mutaxassislari bilan birga yoki jigar kasalliklariga ixtisoslashtirilgan bo‘limlarda o‘tkazilishi kerak.