Davolashni to‘xtatishni talab qiluvchi asosiy nojo‘ya ta’sirlar ularning subyektiv ta’sirini o‘zlashtira olishligiga qarab, bosh aylanishi (4%) va uyquchanlik (3%) bo‘lgan.
Ataksiya, ongni xiralashishi, asteniya, diqqat-e’tiborni buzilishi, ko‘rishni noaniqligi, koordinatsiyani buzilishi, periferik shishlar shuningdek preparatni qo‘llashni bekor qilishga olib keluvchi boshqa nojo‘ya ta’sirlardir.
Shuningdek pregabalin bekor qilinganidan keyin yuzaga keluvchi uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, xavotirlik, grippga o‘xshash sindrom, tirishishlar, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, depressiya, og‘riq, gipergidroz va diareya kabi nojo‘ya reaktsiyalar qayd etilgan.
Orqa miyani shikastlanishi bilan bog‘liq markaziy neyropatik og‘riqni davolash fonida umuman nojo‘ya reaktsiyalar, shuningdek markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar tez-tezligini, ayniqsa uyquchanlikni oshishi kuzatiladi.
Infektsiyalar va invaziyalar: tez-tez: nazofaringit.
Qon va limfatik tizimi: tez-tez emas: neytropeniya.
Metabolizm va oziqlanishni buzilishlari: tez-tez: ishtahani oshishi; tez-tez emas: anoreksiya, gipoglikemiya.
Ruhiy buzilishlar: tez-tez: eyforiya holati, ongni chalkashishi, uyqusizlik, ta’sirchanlik, depressiya, dezoriyentatsiya, libidoni pasayishi, vahima xuruji, apatiya; tez-tez emas: gallyutsinatsiyalar, bezovtalik, xavotirli qo‘zg‘aluvchanlik, tushkun kayfiyat, ko‘tarinki kayfiyat, kayfiyatni o‘zgaruvchanligi, tajvuzkorlik, depersonalizatsiya, vahimali tushlar ko‘rish, so‘z topishni qiyinlashishi, libidoni oshishi, anorgazmiya, uyqusizlikni kuchayishi; kam hollarda: tormozlanishi.
Nevrologik buzilishlar: juda tez-tez: bosh aylanishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i; tez-tez: ataksiya, koordinatsiyani buzilishi, tremor, dizartriya, amneziya, xotirani yomonlashishi, diqqat-e’tiborni buzilishi, paresteziya, gipesteziya, sedativ samara, muvozanatni buzilishi, letargiya, agevziya; tez-tez emas: hushdan ketish holatlari, miokloniya, psixomotor qo‘zg‘alish, diskineziya, ortostatik bosh aylanishi, intentsion tremor, nistagm, nutqni buzilishi, reflekslarni pasayishi, teri va shilliq qavatlarda achishish hisi, giperesteziya, hushni yo‘qotish, kognitiv buzilishlar; kam hollarda: patologik qotib qolishlar, parosmiya, gipokineziya, disgrafiya, tirishishlar.
Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar: tez-tez: qo‘rishni noaniqligi, diplopiya; tez-tez emas: periferik ko‘rishni yo‘qotilishi, ko‘rishni buzilishi, ko‘zlarda shish, ko‘rish maydoni nuqsoni, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ko‘zlarda og‘riq, astenopiya, fotopsiya, ko‘zning quruqligi sindromi, yuqori darajada ko‘z yoshlanishi, ko‘z shilliq qavatini achishishi; kam hollarda: ostsillopsiya (ko‘rinadigan predmetlarning tebranishi), ko‘rish qamrovining o‘zgarishi, midriaz, g‘ilaylik, ko‘rish yorqinligini kuchayishi, keratit, ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish.
Eshitish a’zosi va vestibulyar apparati tomonidan o‘zgarishlar: tez-tez: vertigo; tez-tez emas: giperakuziya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas: taxikardiya, I darajali atrioventrikulyar blokada, sinusli bradikardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi; kam hollarda: sinusli taxikardiya, sinusli aritmiya, QT intervalining uzayishi.
Qon tomirlari tomonidan: tez-tez emas: gipotenziya, gipertenziya, teri giperemiyasi, “quyilishlar”, qo‘l-oyoqlarning muzlashi.
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez: burun shilliq qavatini qurishi; tez-tez emas: nafas siqilishi, burundan qon ketishi, yo‘tal, burunni bitib qolishi, rinit, xurrak; kam hollarda: tomoqda bo‘g‘ilish hisi, o‘pka shishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez: qusish, qabziyat, meteorizm, qorin dam bo‘lishi, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, diareya; tez-tez emas: gastroezofageal reflyuks, so‘lak bezlarini gipersekretsiyasi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati sezuvchanligini pasayishi; kam hollarda: astsit, pankreatit, disfagiya, tilni shishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tez emas: papulyozli toshma, eshakemi, kuchli terlash, yuz shishi, teri qichishishi; kam hollarda: Stivens-Djonson sindromi, sovuq ter chiqishi.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez: mushak tirishishlari, artralgiya, belda og‘riq, qo‘l-oyoqlarda og‘riq, umurtqaning bo‘yin bo‘limidagi mushaklar spazmi; tez-tez emas: bo‘g‘imlarni shishi, mialgiya, mushak tirishishlari, bo‘yinda og‘riq, mushaklarni tangligi; kam hollarda: rabdomioliz Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez emas: siydikni tuta olmaslik, dizuriya; kam hollarda: buyrak yetishmovchiligi, oligouriya, siydikni tutilishi.
Reproduktiv tizimi tomonidan: tez-tez: ko‘krak bezlari sohasida og‘riq, erektil disfunktsiya; tez-tez emas: jinsiy disfunktsiyasi, kechikkan eyakulyatsiya, dismenoreya; kam hollarda: amenoreya, ko‘krak bezlaridan ajralmalar, ko‘krak bezlarini kattalashishi, ginekomastiya.
Umumiy buzilishlar va yuborilish joyida buzilishlar: tez-tez: periferik shish, qadam tashlashni buzilishi, yiqilish, mastlik hissi, o‘zini yomon his qilish, charchoq; tez-tez emas: tarqoq shish, ko‘krakda siqilish hisi, og‘riq, isitma, chanqash, qaltirash, umumiy quvvatsizlik, darmonsizlik.
Laborator va instrumental ma’lumotlar: tez-tez: tana vaznini oshishi, qonda kreatinin kontsentratsiyasini oshishi; tez-tez emas: kreatinfosfokinaza, alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza faolligini oshishi, qonda glyukoza kontsentratsiyasini oshishi, trombotsitlar sonini kamayishi, qonda kaliy miqdorini pasayishi, tana vaznini kamayishi; kam hollarda: qonda leykotsitlar sonining kamayishi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari; kam hollarda: angionevrotik shish, allergik reaktsiyalar.