Ornizolretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: ornidazol, 100% moddaga qayta hisoblaganda – 500 mg; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati; mikrokristall tsellyuloza; povidon; natriy kraxmalglikolyati, talk; kaltsiy stearati; qoplama uchun “Opadry II White”aralashmasi (gipromelloza: laktoza monogidrati; titan dioksidi (Ye171) saqlaydi); triatsetin, polietilenglikol (makrogol)).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ornidazol (ornidazole)

Preparatning savdo nomi:

Ornizol

Farmakalogik guruhi:

Amyobiaz va boshqa protozoyli infektsiyalarni davolash uchun preparatlar. Nitromidazol hosilalari. Ornidazol.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

oq rangli, ikki tomoni qavariq yuzali, oval shaklida, tabletkaning bir tomonida riskasi, boshqa tomonida “KMP” yozuvi bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida oq yoki deyarli oq rangli yadro ko‘rinadi.

Amyobiaz va boshqa protozoyli infektsiyalarni davolash uchun preparatlar. Nitromidazol hosilalari. Ornidazol.

So‘rilishi. Ornidazol ichga qabul qilingandan keyin me’da-ichak yo‘llarida tezda so‘riladi. So‘rilishi o‘rtacha 90% ni tashkil etadi. Maksimal kontsentratsiyasiga qabul qilingandan so‘ng 3 soatdan keyin erishiladi. Taqsimlanishi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 13% ni tashkil etadi. Ta’sir etuvchi modda orqa miya suyuqligiga, organizmning boshqa suyuqliklari va to‘qimalarga o‘tadi. Qon plazmasida ornidazolning kontsentratsiyasi 6-36 mg/l diapozonida bo‘lib, bu daraja preparatni qo‘llash uchun xar xil ko‘rsatmalar uchun optimal hisoblanadi. Sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan 500 mg va 1000 mg dozalar ko‘p marta qo‘llanganda xar 12 soatda kumulyatsiya koeffitsenti 1,5-2,5 ga teng. Metabolizmi. Ornidazol jigarda metabolizmga uchraydi va asosan 2-gidroksimetil va ά-gidroksimetil metabolitlar hosil qiladi. Ikkala metabolit o‘zgarmagan ornidazolga qaraganda Trichomonas vaginalis va anaerob mikroblarga nisbatan kamroq faollikka ega. Chiqarilishi. Yarim chiqarilish davri taxminan 13 soatga teng. Bir marta qo‘llanilgandan keyin dozaning 85% birinchi 5 kun davomida asosan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 4% o‘zgarmagan xolda buyraklar orqali chiqariladi. Farmakokinetikaning a’zo va tizimlar faoliyati buzilgandagi o‘ziga xos xususiyatlari. Jigar. Jigar tsirrozida ta’sir etuvchi suyuqlikning yarim chiqarilish davri 22 soatgacha ortadi, klirens esa sog‘lom shaxslardagiga nisbatan kamayada (minutiga 51 ml ga nisbatan 35 ml). Buyrak. Buyrak faoliyati buzilganda ornidazolning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi, shuning uchun preparatning dozasini o‘zgartirish kerak emas. Ornidazol gemodializ paytida chiqarib yuboriladi. Gemodializni o‘tkazishdan oldin, agar sutkalik doza 2 g ni tashkil etgan bo‘lsa, 500 mg ornidazolni qo‘shimcha qabul qilish kerak, yoki sutkalik doza 2 g ni tashkil etsa, yoki 250 mg ornidazol qo‘shimcha qabul qilinadi yoki agar sutkalik doza 1 g ni tashkil etsa. 250 mg ornidazol qo‘shimcha qabul qilinadi. Bolalar (shu jumladan chaqaloqlar). Bolalarda (shu jumladan chaqaloqlarda) ornidazolning farmakokinetikaga kattalardagi farmakokinetikaga o‘xshash bo‘ladi.

Trixomoniaz (erkaklar va ayollarda Trichomonas vaginalis tomonidan chaqirilgan siydik-tanosil infektsiyalari), amyobiaz (Entamoeba histolytica tomonidan chaqirilgan hamma ichak infektsiyalari, shu jumladan amyobali dizenteriya, amyobiazning hamma ichak shakllari, ayniqsa jigarning ambyoali abstsessi); lyambliozda qo‘llaniladi. Yo‘g‘on ichakda jarroxlik aralashuvlari va ginekologik aralashuvlaridan keyin anaerob bakteriyalar tomonidan chaqirilgan infektsiyalarning oldini olishda qo‘llaniladi.

Ornizol ovqatdan keyin katta miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi. Trixomoniaz. Preparatning tavsiya qilingan dozalash sxemalari a) davolash kursi – 1 kun: – kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bo‘lgan bolalar – kechqurun 3 tabletka qabul qilinadi; – tana vazni 20 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarda sutkalik doza 1 kg tana vazniga 25 mg ni tashkil etadi va bir martada qabul qilish buyuriladi. b) davolash kursi 5 kun: – kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bo‘lgan bolalar 2 tabletkadan (ertalab va kechqurun 1 tabletkadan). Tana vazni 35 kg dan kam bolalarga tavsiya etilmaydi. Qayta yuqishni oldini olish uchun, jinsiy sherik ham xuddi shunday davolanish kursidan o‘tishi kerak. Amyobiaz. Mumkin bo‘lgan davolash sxemalari: a) amyobali dizenteriyasi bo‘lgan bemorlarni 3 kunlik davolash kursi; b) amyobiazning hamma shakllarida 5-10 kunlik davolash kursi buyuriladi. Preparatni dozalashning tavsiya qilingan sxemasi:

Ornizolning nojo‘ya ta’sirlari dozaga bog‘liq. Qon va limfa tizimi tomonidan: suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishi va neytropeniya. Immun tizimi tomonidan: yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari va teri reaktsiyalari, shu jumladan toshmalar, qichishish, eshakemi. Nerv tizimi tomonidan: tremor, regidlik, koordinatsiyani buzilishi, tirishishlar, vaqtinchalik hushdan ketish, sensor yoki aralash periferik neyropatiya belgilari, bosh aylanishi, uyquchanlik, bosh og‘rishi. Ovqat xazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq va og‘irlik hissi, diareya, og‘izda metall ta’mi, jigar funktsional sinamalarini o‘zgarishlari.

Preparatga yoki nitroimidazolning boshqa hosilalariga yuqori sezuvchanlik. Markaziy nerv tizimini shikastlanshi bo‘lgan bemorlar (tutqanoq, bosh miya shikastlanishlari, tarqalgan skleroz). Qonning patologik o‘zgarishlari yoki boshqa gematologik anomaliyalarda qo‘llash mumkin emas.

Nitroimidazolning boshqa xosilalaridan farqli, ornidazol aldegidrogenazani ingibitsiya qilmaydi va shuning uchun u alkogol bilan mutanosib. Lekin ornidazol kumarin qatori peroral antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytiradi, bu esa ularning dozasiga muvofiq tuzatish kiritishni talab qiladi. Ornidazol vekuroniy bromidning miorelaksatsiyalovchi ta’sirini oshiradi. Fenobarbital va boshqa fermentlar induktorlarini birga qo‘llash, qon zardobida ornidazolning tsirkulyatsiyasi davrini kamaytiradi, ferment ingibitorlari esa (masalan tsimetidin) oshiradi.

Preparatning yuqori dozalarini qo‘llaganda yoki 10 kundan ortiq davolaganda klinik va laborator monitoring o‘tkazish tavsiya etiladi. Anamnezida qon tomonidan o‘zgarishlari bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa qayta davolash kursi o‘tkazilayotganda, leykotsitlar sonini nazorat qilish tavsiya etiladi. Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan buzilishlarni kuchayishi davolash o‘tkazilayotgan davrda kuzatilishi mumkin. Periferik neyropatiya, xarakat koordinatsiyasini buzilishlari (ataksiya), bosh aylanishlari yoki es-xushning o‘zgarishlarida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Kandidomikozni zo‘rayishi kuzatilishi mumkin, bu esa tegishdi davolashni talab kerak. Gemodializ o‘tkazilayotgan bo‘lsa, yarim chiqarilish davrini kamayishini hisobga olish va gemodializdan oldin yoki keyin preparatning qo‘shimcha dozalarini buyurish kerak. Litiy tuzlari, kreatinin kontsentratsiyalarini va elektrolitlar kontsentratsiyasini, litiy bilan davolanayotgan vaqtda nazorat qilish lozim. Preparat bilan davolanish paytida boshqa dori vositalarining samarasi oshishi yoki kamayishi mumkin. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘lash kerak. Preparat yordamchi moddalar sifatida laktoza saqlaydi, shuning uchun preparatni galaktozani o‘zlashtira olmaydigan, laktaza tanqisligi bo‘lgan yoki glyukoza/galaktozani so‘rilishini buzilishi bo‘lgan bemorlarda qo‘llamaslik kerak.

Ornidazol homilaga teratogen yoki zaharli ta’sirni namoyon etmaydi. Homiladorlarda nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi tufayli, preparatni homiladorlikning ilk muddatlarida va emizish davrida, faqat mutloq ko‘rsatmalar bor bo‘lganda, agar ona uchun preparatni qo‘llashdagi afzalliklar homila/bolaga bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina buyurish mumkin.

Original o‘ramda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: “nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limida ko‘rsatilganlarga o‘xshash, lekin yaqqolroq shaklda namoyon bo‘ladi. Davolash: simptomatik, spetsifik antidoti ma’lum emas. Ornidazolni organizmdan chiqarib yuborish uchun me’adni yuvish yoki gemodializ tavsiya qilinadi. Tirishishlar yuz berganida diazepamni vena ichga yuborish tavsiya etiladi.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan blisterda, 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutida.

4 yil.