Orninatretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 500 mg ornidazol yordamchi moddalar: natriy xloridi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ornidazol

Preparatning savdo nomi:

Orninat

Farmakalogik guruhi:

Tizimli qo‘llash uchun antibakterial vositalar. Imidazol hosilalari.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma.

tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli suyuqlik.

Tizimli qo‘llash uchun antibakterial vositalar. Imidazol hosilalari.

J01XD03.

Preparatni parenteral yuborish o‘tkir va og‘ir hollarda yoki quyidagi kasalliklar va holatlarda og‘iz orqali qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda ko‘rsatilgan: ornidazolga sezgir mikroflora chaqirgan anaerob tizimli infektsiyalar: septitsemiya, meningitlar, peritonit, operatsiyadan keyingi jarohat infektsiyalari, tug‘ruqdan keyingi sepsis, septik abort va endometrit;xirurgik aralashuvlar (ayniqsa chambar va to‘g‘ri ichakdagi), ginekologik operatsiyalardagi anaerob bakteriyalar chaqirgan infektsiyalarni oldini olish;kechishi og‘ir bo‘lgan amebali dizenteriya, amebiazning barcha ichakdan tashqari shakllari, lyamblioz, jigar abstsessi.

Preparat vena ichiga 15-30 minut davomida yuboriladi. Anaerob infektsiyada kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 500-1000 mg boshlang‘ich dozada qo‘llanadi, keyin – 500 mg dan har 12 soatda yoki 1000 mg dan har 24 soatda 5-10 kun davomida (pog‘onali doza). Patsiyentning holati barqarorlanganidan keyin, ornidazolni og‘iz orqali qabul qilishga o‘tish kerak (masalan, 500 mg li tabletkalar, 1 tabletkadan har 12 soatda). Tana vazni 6 kg dan katta 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkalik doza tana vazniga 20 mg/kg hisobidan buyuriladi, 2 yuborishga bo‘lingan, 5-10 sutka davomida. Anaerob infektsiyalarni oldini olish uchun kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga Orninat® vena ichiga 500-10000 mg dozada operativ aralashuvdan yarim soat oldin yuboriladi. Aralash infektsiyalarni oldini olish uchun Orninat®ni aminoglikozidlar, penitsillin yoki tsefalosporinlar bilan birga qo‘llash kerak. Preparatlarni alohida yuborish kerak. Kechishi og‘ir bo‘lgan amebali dizenteriya, amebiazning barcha ichakdan tashqari shakllari. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun birinchi yuborish 500-1000 mg ni tashkil qiladi, keyin – 500 mg dan xar 12 soatda, 3-6 sutka davomida. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Orninat® tana vazniga 20-30 mg/kg hisobidan yuboriladi, 2 yuborishga bo‘lingan. Buyraklar faoliyatini buzilishida yuborishlar orasidagi interval uzaytiriladi yoki preparatning bir martalik va sutkalik dozasi pasaytiriladi.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: metall ta’mi, og‘izni qurishi, tilni oqarishi, ko‘ngil aynishi, ishtahani yo‘qolishi, qorin og‘rig‘i, diareya, qusish, jigar sinamalarining ko‘rsatgichlarini o‘zgarishi. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, mushaklarning rigidligi, harakat koordinatsiyasini buzilishi, ataksiya, tirishishlar, ongni chalkashishi, sensor yoki aralash periferik neyropatiyaning belgilari. Allergik reaktsiyalar: juda kam – angionevrotik shish; teri toshmalari, qichishish, eshakemi. Boshqalar: o‘rtacha leykopeniya, siydik rangini to‘qlashishi, yurak-qon tomir buzilishlari.

Ornidazol kumarin qatori peroral antikoagulyantlarning ta’sirini potentsiyalaydi, bu dozani muvofiq to‘g‘irlashni talab qiladi. Ornidazol vekuroniy bromidining miorelaksatsiyalovchi ta’sirini uzaytiradi. Preparatning kontsentratsiyasi mikrosomal fermentlarning induktorlari (fenobarbital, rifampitsin) bilan bir vaqtda qo‘llanganida pasayadi va jigarning mikrosomal tizimi ingibitorlari, xususan N2-retseptorlarning blokatorlari (tsimetidin) bilan bir vaqtda ishlatilganida oshadi. 5-nitroimidazolning boshqa hosilalari bilan qo‘llanganida periferik nevrit, ruhiy depressiya, tutqanoqqa o‘xshash tirishishlarni alohida hollari haqida xabar berilgan. Nomutanosibligi: Eritma boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmaydi.

Jigar faoliyatining yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga (dozani kamaytirish kerak), bosh miyani shikastlanishi bo‘lgan bemorlarga, qon yaratilishini buzilishi bo‘lgan bemorlarga (leykopeniya, neytropeniya rivojlanishining katta xavfi); alkogolni suiiste’mol qiluvchi patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Homiladarlik va emizish davrida qo‘llanishi. Orninat®ni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas. II va III oyliklarida preparat faqat mutlaq ko‘rsatmalar bo‘yicha buyuriladi. Laktatsiya davrida Orninat® preparatini qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak. Pediatriyada qo‘llanishi Agarda bolaning tana vazni 6 kg dan kam bo‘lmasa 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qabul qilish uchun qarshi ko‘rsatmalar bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Avtomobilni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati Orninat® diqqatni jamlash qobiliyatini va psixomotor reaktsiyalar tezligini pasaytiradi. Avtotransportni boshqaruvchi yoki boshqa mexanizmlarda ishlovchi patsiyentlar bunday ko‘rinishlari bo‘lishi mumkinligini hisobga olishlari kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Simptomlari: hushni yo‘qotish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qaltirash, tirishishlar, depressiya, periferik nevrit, ko‘ngil aynishi, qusish. Davolash: simptomatik, spetsifik antidoti ma’lum emas.

Retsept bo‘yicha

100 ml yoki 200 ml dan butilkalarda, 1 butilka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida

2 yil.