Ornidazretsept bilan

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 500 mg ornidazol IP; yordamchi moddalar: natriy xloridi USP, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ornidazol

Preparatning savdo nomi:

Ornidaz

Farmakalogik guruhi:

protozoylarga qarshi vosita.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma.

tiniq rangsiz yoki och sariq rangli eritma.

protozoylarga qarshi vosita.

J01X D03.

Vena ichiga tomchilab 15 mg/kg boshlang‘ich dozada yuborilganida va keyingi tana vazniga 7,5 mg/kg dozada har 6 soatda yuborilganida, maksimal muvozanat kontsentratsiyasi 26 mkg/ml, minimali esa – 18 mkg/ml ni tashkil qiladi. Ornidazol organizmning safro, so‘lak, plevral, peritoneal va orqa miya suyuqligi (qon plazmasidagi kontsentratsiyasidan taxminan 43%), qin sekreti, suyak to‘qimasi, jigar, eritrotsitlar kabi ko‘pchilik to‘qimalari va biologik suyuqliklarida taqsimlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 20% dan kamroqni tashkil qiladi. Ornidazol yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga chiqariladi. Organizmda preparatning deyarli 30-60% gidroksillanish, oksidlanish va glikozillanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (2-oksimetronidazol) ham protozoylarga qarshi va antibakterial ta’sirga ega. Ornidazol bir marta yuborilganidan keyin asosan siydik bilan (60-80%), qisman – safro bilan o‘zgarmagan holda va metabolitlari ko‘rinishida 5 sutka davomida chiqariladi.

Trixomoniaz, amyobiaz, amyobali dizenteriya, ichakdan tashqari amyobiaz (shu jumladan jigarning amebali abtsessi); lyamblioz; ornidazolga sezgir anaerob bakteriyalar chaqirgan tizimli infektsiyalar: septitsemiya, meningit, peritonit, operatsiyadan keyingi jarohat infektsiyalari, operatsiyadan keyingi sepsis, tug‘ruqdan keyingi sepsis, septik abort va endometrit; yo‘g‘on ichakdagi jarroxlik aralashuvlaridan va ginekologik aralashuvlaridan keyin anaerob bakteriyalar tomonidan chaqirilgan infektsiyalarni oldini olishda qo‘llanadi.

Preparat vena ichiga yuboriladi. Anaerob infektsiyada kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 500-1000 mg boshlang‘ich dozada qo‘llanadi, keyin – 500 mg dan har 12 soatda yoki 1000 mg dan har 24 soatda 5-10 kun davomida (pog‘onali doza). Patsiyentning holati barqarorlanganidan keyin, ornidazolni og‘iz orqali qabul qilishga o‘tish kerak (masalan, 500 mg li tabletkalar, 1 tabletkadan har 12 soatda). Tana vazni 6 kg dan katta 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkalik doza tana vazniga 20 mg/kg hisobidan buyuriladi, 2 yuborishga bo‘lingan, 5-10 sutka davomida. Anaerob infektsiyalarni oldini olish uchun kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga Ornidaz® vena ichiga 500-10000 mg dozada operativ aralashuvdan yarim soat oldin yuboriladi. Aralash infektsiyalarni oldini olish uchun Ornidaz®ni aminoglikozidlar, penitsillin yoki tsefalosporinlar bilan birga qo‘llash kerak. Preparatlarni aloxida yuborish kerak. Trixomoniaz Kattalar – 0,5 g kuniga 3 marta 5 kun davomida yoki 1 g metronidazolni kechqurunga intra vaginal yuborilishi bilan birga majmuada buyuriladi. Bolalarga – sutkada tana vazniga 25 mg/kg doza hisobilan bir marta buyuriladi. Kechishi og‘ir bo‘lgan amebali dizenteriya, amebiazning barcha ichakdan tashqari shakillari. Kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bolalar uchun birinchi yuborish 500-1000 mg ni tashkil qiladi, keyin – 500 mg dan xar 12 soatda, 3-6 sutka davomida buyuriladi. Tana vazni 35 kg dan kam bolalarga Ornidaz® sutkada tana vazniga 25 mg/kg hisobidan yuboriladi, 2 yuborishga bo‘linadi. Lyamblioz Kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bolalar – sutkada 1,5 g dan buyuriladi. Tana vazni 35 kg dan kam bolalarga – sutkada 40 mg/kg dozada buyuriladi. Davolash davomiyligi 1-2 kun. Buyraklar faoliyatini buzilishida yuborishlar orasidagi interval uzaytiriladi yoki preparatning bir martalik va sutkalik dozasi pasaytiriladi.

Meda-ichak yo‘llari tomonidan: metall ta’mi, og‘izni qurishi, tilni oqarishi, ko‘ngil aynishi, ishtahani yo‘qolishi, qorin og‘rig‘i, diareya, qusish, jigar sinamalarining ko‘rsatgichlarini o‘zgarishi. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, mushaklarning rigidligi, harakat koordinatsiyasini buzilishi, ataksiya, tirishishlar, ongni chalkashishi, sensor yoki aralash periferik neyropatiyaning belgilari. Allergik reaktsiyalar: juda kam – angionevrotik shish; teri toshmalari, qichishish, eshakemi. Boshqalar: o‘rtacha leykopeniya, siydikning rangini to‘qlashashi, yurak-tomir buzilishlari.

Ornidazol kumarin qatori peroral antikoagulyantlarning ta’sirini potentsiyalaydi, bu dozani muvofiq to‘g‘irlashni talab qiladi. Ornidazol vekuroniy bromidining miorelaksatsiyalovchi ta’sirini uzaytiradi. Preparatning kontsentratsiyasi mikrosomal fermentlarning induktorlari (fenobarbital, rifampitsin) bilan bir vaqtda qo‘llanganida pasayadi va jigarning mikrosomal tizimi ingibitorlari, xususan N2-retseptorlarning blokatorlari (tsimetidin) bilan bir vaqtda ishlatilgagnida oshadi. 5-nitroimidazolning boshqa xosilalari bilan qo‘llanganida periferik nefrit, ruxiy depressiya, tutqanoqqa o‘xshash tirishishlarni aloxida hollari haqida xabar berilgan.

Jigar faoliyatining yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga (dozani kamaytirish kerak), bosh miyaning shikastlanishi bo‘lgan bemorlarga, qon yaratilishining buzilishi bo‘lgan bemorlarga (leykopeniya, neytropeniya rivojlanishining katta xavfi); alkogolni suiste’mol qiluvchi patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Homiladarlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Ornidaz®ni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas. II va III oyliklarida preparat faqat mutloq ko‘rsatmalar bo‘yicha buyuriladi. Laktatsiya davrida Ornidaz® preparatini qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak. Avtomobilni boshqarish yoki harakatlanuvchi mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’siri Ornidaz® diqqatni jamlash qobiliyatini va psixomotor reaktsiyalar tezligini pasaytiradi. Avtotransportni boshqaruvchi yoki boshqa mexanizmlarda ishlovchi patsiyentlar bunday ko‘rinishlari bo‘lishi mumkinligini hisobga olishlari kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda saqlansin. Muzlatilmasin.

Simptomlari: xushni yo‘qotish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qaltirash, tirishishlar, depressiya, pnriferik nefrit, ko‘ngil aynishi, qusish. Davolash: simptomatik, spetsifik antidoti ma’lum emas.

Infuziya uchun eritma 5 mg/ml. 100 ml dan LDPE turidagi flakonda. Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qarton qutida.

2 yil.