Omez Instaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir sashe-paketcha quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 20 mg omeprazol (mikronlangan), yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati, ksilitol, saxaroza, sukraloza, ksantin kamedi, yalpiz aromatizatori.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

omeprazol

Preparatning savdo nomi:

Omez Insta

Farmakalogik guruhi:

Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi preparatlar va gastroezofageal reflyuks kasalligini davolash uchun preparatlar. Proton nasosi ingibitorlari.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun

oqdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan, yalpizga xos hidli kukun.

Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi preparatlar va gastroezofageal reflyuks kasalligini davolash uchun preparatlar. Proton nasosi ingibitorlari.

A02VS01

Omeprazol kukuni ichga qabul qilinganda me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. 20-40 mg omeprazol qabul qilinganda biokiraolishligi taxminan 40% ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish preparatning biokiraolishligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Omeprazolning qon plazmasidagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga 30 minutdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – taxminan 95%. Omeprazol jigarda metabolizmga uchraydi. Metabolizmi tsitoxrom R450 tizimi (CYP2C19 izoshakli– S-mefenitoin gidroksilaza) orqali amalga oshiriladi. Preparatning ko‘p qismi metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 0,5-1 soatni tashkil qiladi. Omeprazolning plazmadagi kontsentratsiyasi xlorid kislotasi sekretsiyasining darajasi va davomiyligi bilan korrelyatsiya qilmaydi (t½ – 0,5-1 soat, antisekretor samara esa 2-3 sutkagacha davom etadi).

me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalliginoeroziv va eroziv ezofagitgastroezofageal reflyuks kasalligi, reflyuks-ezofagitZollinger-Ellison sindromime’daning Nelicobaster pylori – assotsiatsiyalangan kasalliklarini majmuaviy davolash tarkibidanosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qabul qilish bilan bog‘liq me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlarida qo‘llanadi.

Kattalar va 18 yoshdan oshgan bolalar uchun. Ichga ovqatdan 30 minut oldin buyuriladi. Paketcha ichidagisi chashkaga solinadi, 1-2 osh qoshiq suv qo‘shiladi (boshqa suyuqliklar yoki oziq ovqat mahsulotlarini ishlatmang!), bir xil suspenziya olinguncha sinchkovlik bilan aralashtiriladi va darhol qabul qilinadi. Zarurati bo‘lganida oz miqdordagi suv bilan qabul qilinadi. Jig‘ildon qaynashi simptomlarini tez bartaraf etish uchun 20 mg preparatni bir marta qabul qilish yetarli bo‘ladi. Noeroziy GERK bo‘lgan patsiyentlarga – 20 mg dan sutkada 1 marta 4 hafta davomida. GERK ning eroziv shakli (reflyuks-ezofagit) bo‘lgan patsiyentlarga – ezofagitning og‘irlik darajasiga qarab 20 mg dan sutkada 2 marta 4-8 hafta davomida. Reflyuks-ezofagit zo‘rayishini oldini olish uchun – sutkada 20 mg, samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash davomiyligi shaxsiy ravishda aniqlanadi. Helicobacter pylori bilan assotsiatsiyalanmagan me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishida – 20 mg dan ertalab sutkada 1 marta 4-8 hafta davomida. Helicobacter pylori eradikatsiyasida turli majmuadagi davolashlar qo‘llanadi: 7-14 kun davomida 20 mg omeprazol, 1 g amoksitsillin, 500 mg klaritromitsin – sutkada 2 marta; yoki 20 mg omeprazol – sutkada 2 marta, 120 mg dozada vismut preparatlari – sutkada 4 marta, 500 mg metronidazol – sutkada 3 marta va 500 mg tetratsiklin – sutkada 4 marta. Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini oldini olish uchun – 20 mg dan ertalab sutkada 1 marta 4-8 hafta davomida buyuriladi. NYAQV-gastropatiyalarni davolash uchun – 20 mg dan sutkada 2 marta 4-6 hafta davomida, profilaktika uchun – NYAQV-gastropatiya rivojlanishi xavf omili bo‘lgan patsiyentlarda NYAQV ni qo‘llash davrida sutkada 20 mg buyuriladi. Gipersekretor holatlarda – 20 mg dan ertalab sutkada 1 marta 4-8 hafta davomida. Zollinger-Ellison sindromini davolaganda doza klinik holatga qarab shaxsiy ravishda tanlanadi. Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza – sutkada 60 mg ni tashkil qiladi. Ko‘pchilik patsiyentlarda 20-120 mg dozalar diapazonida holat adekvat nazorat qilinadi. 80 mg dan yuqori dozalarni qo‘llash zarurati bo‘lganda uni 2 qabul qilishga bo‘lish kerak. Keksa patsiyentlarda va buyrak yetishmovchiligida dozaga tuzatirish kiritish zarurati yo‘q. Jigar yetishmovchiligida 20 mg sutkalik doza yetarli bo‘lishi mumkin.

ko‘krak qafasida og‘riq, taxikardiya yoki bradikardiya, yurak urib ketishi, gipertenziya, periferik shishlarishtahani yo‘qligi, ta’mni buzilishi, til shilliq qavati atrofiyasi, tilni qurishi, qizilo‘ngach kandidozi, meteorizm, ichakni ta’sirlanishitransaminazalar faolligini o‘rtacha tranzitor oshishi, pankreatitgiponatriyemiya, gipoglikemiya, tana vaznini oshishitirishishlar, mushak kuchsizligi, bo‘g‘imlarda og‘riq, oyoqlarda og‘riqdepressiya, tajavuzkorlik, gallyutsinatsiyalar, uyquchanlik yoki uyqusizlik, ongni chalkashishi, asabiylik, tremor, apatiya, xavotirlik hissi, bosh aylanishi, paresteziyako‘rishni buzilishi, quloqlarda shovqin, burundan qon ketishi, tomoqda og‘riqgemorragik toshma va/yoki petexiyalar, yallig‘lanish, qichishish, teri qoplamalarini qurishi, gipergidroz, alopetsiyaeshakemi, qichishish, angionevrotik shishinterstitsial nefrit, siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari, proteinuriya, gematuriya, glyukozuriyamoyakda og‘riq, ginokomastiya kam hollarda neytropeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, leykotsitoz, trombotsitopeniya, anemiya, shu jumladan gemolitik anemiya, pantsitopeniyagepatotsellyulyar, xolestatik yoki aralash gepatit juda kam hollarda Layell sindromi, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritemaumurtqa pog‘onasi, son suyagi bo‘yinchasi, kaft suyaklarini sinishi xavfi.

preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlikme’da-ichak yo‘llarining xavfli o‘smalarihomiladorlik va laktatsiya davribolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Omez Insta preparatini boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta’siri ehtimoli cheklangan. Omez Insta jigarda tsitoxrom R450 tizimi orqali metabolizmga uchraydi, shuning uchun jigarda xuddi shu tizim orqali metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda, Omez Insta ularning chiqarilishini kamaytirishi mumkin. Omez Insta diazepam, feintoin va varfarin kabi antikoagulyantlarning chiqarilishini sekinlashtiradi. Antikoagulyantlar bilan birga qo‘llanilganda qon tahlili, protrombin vaqtini nazorat qilish, Omez Insta dozasiga tuzatish kiritish kerak. Omez Insta me’da shirasining kislotaligini pasaytirib, itrakonazol, ketokonazolning so‘rilishini kamaytirishi mumkin.

Davolashni boshlashdan oldin va davolash yakunlanganidan keyin xavfli o‘sma mavjudligini  inkor etish uchun endoskopik nazorat zarur, chunki Omez Insta suspenziyasi bilan davolash simptomlarni niqoblashi va to‘g‘ri diagnostikani kechiktirishi mumkin. Omez Insta suspenziyasini bilan uzoq vaqt davolaganda atrofik gastrit kuzatilishi mumkin. Ovqat bilan birga qabul qilish uning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Pediatriyada qo‘llanishi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Omez Insta suspenziyasini qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanishi Omez jigarda metabolizmga uchraydi va jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda preparatning yarim chiqarilish davri uzayadi, shuning uchun bunday bemorlarda preparatning dozasi kamaytirilishi kerak. Transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga xosligi Preparatning nojo‘ya ta’sirlarini hisobga olib, transport vositasini boshqarganda yoki psixomotor reaktsiyalarning tezligini va diqqatni yuqori jamlashni talab etuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: ongni chalkashishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi, taxikardiya, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, ko‘p terlash. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolash.

Retsept bo‘yicha

5,9 g dan preparat laminatsiya qilingan alyumin folgali sashe-paketlarga joylanadi. 5 sashe-paketdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

2 yil