Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi vosita.
Dori shakli:
Kapsulalar
oq rangli qattiq jelatin kapsulalar.
Kapsula ichidagisi – kobiq bilan qoplangan oq yoki och-sariq rangli sharsimon mikrogranulalar.
Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi vosita.
A02VS01
Me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, plazmadagi kontsentratsiyasining eng yuqori cho‘qqisiga 0,5-3,5 soat davomida erishiladi.
Sog‘lom shaxslarda plazmadan yarim chiqarilish davri 0,5-1,5 soatni tashkil qiladi.
Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 95% ni tashkil qiladi.
Jigarda metabolizmga uchraydi va qabul qilingan dozaning katta qismi siydik bilan, qolgan qismi ahlat bilan chiqariladi.
Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasini oldini olish va davolash, shu jumladan N2-retseptorlari antagonistlariga chidamli, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan davolash oqibatida yuzaga kelgan eroziv-yarali shikastlanishlar, reflyuks-ezofagit, Zollinger-Ellison sindromini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi bo‘lgan patsiyentlarda Helicobacter pylori ni yo‘qotishda (antibiotiklar bilan birga) ham qo‘llanadi.
Ichga, ovqatdan oldin (odatda ertalab), ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi.
Kapsulani butunligicha, chaynamasdan va ochmasdan yutish lozim.
Me’da yarasi va reflyuks-ezofagitda tavsiya etiladigan doza – har kuni 20 mg dan 4 hafta davomida.
Boshlang‘ich kursdan so‘ng butunlay sog‘aymagan va boshqa davolash usullariga chidamli patsiyentlar uchun preparatning dozasi bir kunda 40 mg gacha oshiriladi va davolash yana 4 hafta davom ettiriladi.
Duodenal yarada odatdagi doza 20 mg har kuni 2 hafta davomida.
Boshlang‘ich kursdan so‘ng butunlay sog‘aymagan patsiyentlar uchun davolash 2 haftaga uzaytiriladi.
Yaraning yomon bitishida boshlang‘ich doza 40 mg va davolash davomiyligi 4 haftani tashkil etadi.
Yara va reflyuks – ezofagit qaytalanishini oldini olish uchun kuniga 10-40 mg doza tavsiya etiladi.
Preparat bilan uzoq muddat tanaffussiz davolash tavsiya etilmaydi.
Zollinger-Ellison sindromida tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza kuniga 60 mg.
Shaxsiy ravishda tanlangan doza kuniga 80-180 mg gacha oshirilish mumkin (bu holda u ikki qabulga bo‘linadi), davolash davomiyligi kasallik belgilarining dinamikasiga bog‘liq bo‘ladi.
Helicobacter pylori ga bakteritsid ta’sirga erishish uchun preparat 20 mg dozada kuniga 2 marta, muvofiq antibiotiklar (amoksitsillin, klaritromitsin, tetratsiklin) bilan 7 yoki 14 kun davom etuvchi turli sxemalarda qabul qilinadi.
Yarani butunlay tuzatish uchun, ikki yoki uch preparatni qo‘shib davolashdan so‘ng, antatsidlar bilan qo‘shimcha davolashning zaruriyati tug‘ilishi mumkin.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish chaqirgan yaralarni davolash uchun tavsiya etiladigan doza kuniga 20-40 mg ni tashkil etadi.
Preparat odatda juda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Ba’zi hollarda (taxminan 1%) quyidagilar kuzatilishi mumkin: Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik, lohaslik hissi, paresteziyalar, ayrim hollarda – depressiya va gallyutsinatsiyalar (moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda).
Me’da-ichak yo‘llari va jigar tomonidan: diareya, qabziyat, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, ta’m bilishning o‘zgarishi, stomatit, bilirubin miqdorining oshishi va oshmasligi bilan kechadigan jigar fermentlari faolligini oshishi.
Nafas tizimi tomonidan: kam xollarda -bronxospazm.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, mialgiya, mushaklar zaifligi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda – leykopeniya, trombotsitopeniya.
Teri reaktsiyalari: teri toshmasi, eshakemi va/yoki qichishish, ko‘p shaklli eritema.
Boshqa reaktsiyalar: ayrim hollarda – periferik shishlar, ko‘rishni buzilishi, ko‘p terlash, isitma.
Preparatga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Tegishli klinik tajriba bo‘lmaganligi sababli bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Diazepam, varfarin va fenitoin, shuningdek jigarda tsitoxorom P450 ishtirokida mikrosomal oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydigan boshqa dori vositalarining chiqilishini sekinlashtiradi.
Preparatni qabul qilish fonida me’da shirasining rN biokiraolishligi uchun muhim belgilovchi omil bo‘lgan ayrim dori vositalarning (masalan, ketokonazol, ampitsillin efirlari, temir tuzlari) so‘rilishi, pasayishi mumkin.
Preparatni antatsidlar, metoprolol, teofillin, lidokain va xinidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, dori vositalarining ta’sirini o‘zgarishi kuzatilmaydi.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Preparatni 400 mg gacha dozada bir marta qabul qilinganida biron-bir havfli belgilarning rivojlanishiga olib kelmaydi.
Doza yanada oshirib yuborilgan holda, maxsus ziddi zahari yo‘qligi sababli, me’dani yuvish va simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Gemodializ yordamida qonni preparatdan tozalash samarasiz.
Retsept bo‘yicha
10 ta kapsuladan PVX/alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
Kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.