Omakorretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 1000 mg omega-3-ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalarining 90 etil efirlari, shu jumladan 460mg eykozapentayen kislotasining (EPK) etil efiri, 380mg dokozageksayen kislotasining (DKG) etil efiri. Omega-3 kislotalarining etil efirlari 90% ga yaqin umumiy tarkibi tashkil qiladi. yordamchi moddalar: α-tokoferol – 4 mg; kapsula qobig‘i: jelatin – 293 mg, glitserin – 135 mg, tozalangan suv – yetardi miqdorda.

Preparatning savdo nomi:

Omakor

Farmakalogik guruhi:

Gipolipidemik vosita. Omega-3 triglitseridlar, shu jumladan boshqa efirlar va kislotalar.

Dori shakli:

kapsulalar.

20 o‘lchamli tiniq, yumshoq, cho‘zinchoq jelatin kapsula. Kapsula ichidagisi – och-sariq rangli moyli suyuqlik.

Gipolipidemik vosita. Omega-3 triglitseridlar, shu jumladan boshqa efirlar va kislotalar.

S10AX06.

So‘rilish vaqtida va keyin omega-3 yog‘ kislotalarining metabolizmi ko‘proq uch asosiy yo‘llar bilan amalga oshiriladi: – oldin yog‘ kislotalari jigarga tashiladi, u yerda turli lipoproteinlarning tarkibiga kiradi, so‘ngra esa lipidlarning periferik deposiga olib o‘tiladi; – hujayra membranalarining fosfolipidlari lipoproteinlarning fosfolipidlari bilan almashinadi va yog‘ kislotalari turli eykozanoidlarning o‘tmishdoshi sifatida  harakat qilishi mumkin. – organizmning energetik ehtiyojlarini ta’minlash uchun ko‘pchilik yog‘ kislotalari oksidlanadilar. Plazma fosfolipidlardagi Omega-3 yog‘ kislotalari, EPK va DGK ning kontsentratsiyasi, hujayra membranalarining tarkibiga kirgan bu yog‘ kislotalarining kontsentratsiyasiga muvofiq keladi. Hayvonlardagi farmakokinetik tekshirishlar, etil efirining to‘liq gidrolizi EPK va DGK ning qoniqarli so‘rilishi va qon plazmasi fosfolipidlari va xolesterin efirlariga kirishi bilan birga kechgan.

Miokard infarktidan keyin Miokard infarktidan keyin boshqa standart davolashga (masalan, statinlar, antitrombotsitar preparatlar, beta-blokatorlar, AAF ingibitorlari) qo‘shimcha ikkilamchi profilaktika uchun yordamchi davolashda qo‘llanadi. Gipertriglitseridemiya Endogen gipertriglitseridemiya, parhezga qo‘shimcha sifatida, parhez choralari o‘z-o‘zidan yetarli samarali bo‘lmaganida: -IV turi – monoterapiyada, -IIb/III turlari – statinlar bilan majmuaviy davolashda, triglitseridlarning darajasi yetarlicha nazorat qilinmaydigan holda qo‘llanadi.

Miokard infarktidan keyin Sutkada bir kapsula buyuriladi. Gipertriglitseridemiyada Boshlang‘ich doza sutkada ikki kapsulani tashkil qiladi. Agar javob yetarli bo‘lmasa, doza sutkada to‘rt kapsulagacha oshirilishi mumkin. Me’da-ichak buzilishlaridan saqlanish uchun kapsulalarni ovqatlanish vaqtida qabul qilish mumkin. Omakorni bolalar va o‘smirlarda, 70 yoshdan oshgan keksa patsiyentlarda va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llashning tajribasi yo‘q (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang), buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda esa – cheklangan.

Noxush nojo‘ya reaktsiyalarining rivojlanishi tez-tezligi bo‘yicha tasniflangan: Juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000). Immun tizimi tomonidan: Kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik. Ovqatlanish va moddalar almashinuvini buzilishlari: Tez-tez emas: giperglikemiya, podagra. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: Tez-tez emas: bosh aylanishi, disgevziya, bosh og‘rig‘i. Qon tomirlar tomonidan: Tez-tez emas: gipotenziya. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi a’zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan: Tez-tez emas: burundan qon ketishi. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: Tez-tez: me’da-ichak buzilishlari (qorinni dam bo‘lishi, qorin og‘riqlari, qabziyat, diareya, dispepsiya, meteorizm, kekirish, gastroezofageol reflyuks kasalligi, ko‘ngil aynishi yoki qusish). Tez-tez emas: me’da-ichak qon ketishlari. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: Tez-tez emas: jigar funktsiyasini buzilishlari, shu jumladan transaminazalar (alaninaminotransferaza va aspartataminotransferaza) darajasini oshishi. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: Tez-tez emas: toshma. Kam hollarda: eshakemi kuzatiladi.

Ta’sir qiluvchi moddaga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Buyrak va jigar yetishmovchiligi, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Peroral antikoagulyantlar yoki koagulyatsiyaga ta’sir qiluvchi boshqa preparatlar (masalan, atsetilsalitsil kislotasi yoki NYAQP): “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang. Omakorni varfarin bilan birga qo‘llash biron-bir gemorragik asoratlarga olib kelmagan. Lekin, Omakor va protrombin vaqti/xalqaro normallashtirilgan nisbatga (PV/XNN) ta’sir qiluvchi preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida, yoki Omakor bilan davolash to‘xtatilgan holda, PV/XNN ni nazorat qilish kerak.

Qon ketishi vaqtini o‘rtacha oshishi (katta dozalarda qo‘llanganida, ya’ni 4 kapsuladan) tufayli, qon ivishini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda yoki antikoagulyant davolashni olayotgan patsiyentlarda yoki qonning ivishiga qarshi boshqa preparatlarni (masalan, atsetilsalitsil kislotasi yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar) qabul qilayotgan patsiyentlarda, holatni nozorat qilish va zarurati bo‘lganida dozaga tuzatish kiritish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang). Ayrim patsiyentlarda AST va ALT darajalarini katta bo‘lmagan, lekin ishonchli oshishi (normal qiymatlar chegarasida) haqida xabar berilgan, lekin jigar funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar uchun yuqori xavfga ishora qiluvchi ma’lumotlar yo‘q. Jigarning shikastlanishini har qanday belgilari bo‘lgan patsiyentlarda ALT va AST darajalarini nazorat qilish kerak (ayniqsa yuqori doza, ya’ni 4 kapsula qo‘llanganida). Omakor ekzogen gipertriglitseridemiyada (1 tur giperxilomikronemiyada) qo‘llash uchun ko‘rsatilmagan. Ikkilamchi ekzogen gipertriglitseridemiyada (ayniqsa nazorat qilinmaydigan diabetda) qo‘llash tajribasi cheklangan.

Homiladorlik Omakorni homiladorlik davrida qo‘llash bo‘yicha muvofiq ma’lumotlar yo‘q. Odam uchun potentsial xavfi noma’lum. Shuning uchun Omakorni homiladaolik davrida faqat juda zarur bo‘lgan holda qo‘llash kerak. Emizish Omakorni ko‘krak sutiga kirishi xaqida ma’lumotlar yo‘q. Omakorni emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Original o‘ramida 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Maxsus tavsiyalar yo‘q. Simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Retsept bo‘yicha

28 jelatin kapsuladan uziluvchi xalqali tiqin (birinchi ochish nazorati) va buraluvchi qopqoq bilan berkitilgan oq rangli yuqori zichlikdagi polietilen flakonlarga joylangan. Flakonga o‘zi yopishuvchi etiketka yopishtirilgan. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.