Okoferon rasmini ko'rish

Tarkibi:

Preparatning 1 flakoni quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 1000000 XB odam rekombinant alfa-2b interferoni; yordamchi moddalar: natriy gidrofosfat dodekagidrati, natriy digidrofosfat digidrati, dekstran-70, natriy xloridi; Okoferon uchun erituvchi: 1 ampula erituvchi (5 ml) quyidagilarni saqlaydi: metilparagidroksibenzoat (nipagin) (Ye 218) – 5 mg, inyektsiya uchun suv saqlaydi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

1000000 XB odam rekombinant alfa-2b interferoni

Preparatning savdo nomi:

Okoferon

Dori shakli:

ko‘z tomchilarini tayyorlash uchun liofilizatsiyalangan kukun

oq rangli liofilizatsiyalangan g‘ovak massa.

S01XA.

O‘rganilmagan.

Ko‘zlarni virusli shikastlanishi (gerpetik infektsiya)da qo‘llaniladi.

Qo‘llash oldidan Okoferon 5 ml erituvchida (0,1% li nipagin eritmasi) eritiladi. 1 ml tayyor eritma 200 000 XB odam rekombinant interferon alfa-2 saqlaydi. Preparat kon’yunktiva bo‘shlig‘iga 2 tomchidan shikastlangan ko‘zga har 2 soatda, lekin sutkada 6 martadan ortiq tomizish mumkin emas. Kasallikning simptomlari kamayganida tomizishni 1 tomchigacha kamaytirish mumkin. Davolash kursi 7-10 kunni tashkil qiladi.

Kam hollarda preparat bekor qilinganidan keyin o‘tib ketuvchi mahalliy reaktsiyalar, shu jumladan mahalliy allergik reaktsiyalar, qovoqlarni shishi va giperemiyasi, qichishish, yuzni giperemiyasi kuzatilishi mumkin.

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Okoferonni boshqa oftalmologik vositalar bilan mumkin bo‘lgan o‘zaro fizik-kimyoviy ta’siridan saqlanish uchun, uni boshqa dori vositalarini ko‘zga tomizishdan 30 minut oldin yoki 30 minut keyin tomizish kerak.

Erituvchi sifatida metilparagidroksibenzoat ishlatiladi, u allergik reaktsiyalar, shu jumladan keng avj oluvchi reaktsiyalarni, kamdan-kam hollarda – bronxospazm chaqirishi mumkin. Ko‘zning virusli shikastlanishini ilk ko‘rinishlaridayoq davolashni buyurish kerak. Preparat tizimli ta’sir ko‘rsatmaydi. Virusli infektsiyalarda Okoferonni tizimli qo‘llash uchun (inyektsiyalar, shamchalar) odam rekombinant alfa-2b interferoni preparatlari bilan kompleksda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash tajribasi yo‘q.

Yorug‘lik ta’siridan himoya qilish uchun original o‘ramida, 2oS dan 8oS gacha haroratda saqlansin.

Kuzatilmagan.

Retseptsiz

1000000 XB dan shisha flakonda. 5 ml dan erituvchi shishi flakonda. Polietilen qopqoq-tomizgich ilova qilinadi.

2 yil. Flakon ochilganidan keyin saqlash muddati – 28 sutka.