Ofloremretsept bilan

Tarkibi:

Faol modda: Ofloksatsin – 200 mg. Yordamchi moddalar: natriy xloridi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Ofloksatsin

Preparatning savdo nomi:

Oflorem

Farmakalogik guruhi:

Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

Dori shakli:

Infuziya uchun eritma.

Och-sariq rangli tiniq eritma.

Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

Ftorxinolonlar guruhiga mansub, keng ta’sir doirasiga ega mikroblarga qarshi vosita, yuqori spiralizatsiyani va shu yo‘l bilan bakteriyalarning DNK sining barqarorligini ta’minlovchi bakteriyalarning DNK giraza fermentiga ta’sir ko‘rsatadi (DNK zanjirlarining barqarorligini buzilishi bakteriyalarni o‘limiga olib keladi). Bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Beta-laktamazani ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar va tez o‘suvchi atipik mikobakteriyalarga nisbatan faol. Unga sezgir mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Escherichia coli, Citrobacter spp., Klebsiella spp. (shu jumladan Klebsiella pneumonia), Enterobacter spp., Hafnia spp., Proteus spp. (shu jumladan Proteus mirabilis, Proteus vulgaris – indol-musbat va indol-manfiy), Salmonella spp., Shigella spp. (shu jumladan Shigella sonnei), Yersinia enterolytica, Campilobacter jejuni, Aeromonas hydrophila, Vibrio cholerae, Vibrio parahaemolyticus, Haemophilus influenzae, Chlamydia spp., Legionella spp., Serratia spp., Providencia spp., Haemophilus ducreyi, Bordetella parapertussis, Bordetella pertussis, Moraxella catarrhalis, Propionibacterium acne, Brucella spp. Preparatga turli sezgirlikka ega: Enterococcus faecalis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus viridans, Serratio marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter spp., Mycoplasma hominis, Mycoplasma pneumoniae, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium fortuitum, Ureaplasma urealyticum, Clostridium perfringens, Corynebacterium spp., Helicobacter pylori, Listeria monocytogenes, Gardnerella vaginalis. Ko‘pchilik hollarda preparatga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar: Nocardia asteroides, anaerob bakteriyalar (masalan, Bacteroides spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp., Eubacter spp., Fusobacterium spp., Clostridium difficile). Treponema pallidum ga ta’sir qilmaydi.

200 mg ofloksatsinni bir marta vena ichiga 60 minutli infuziyasidan so‘ng, plazmadagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi 2,7 mkg/ml ni tashkil qiladi; yuborilganidan so‘ng 12 soatdan keyin kontsentratsiya 0,3 mkg/ml ga teng bo‘ladi. Muvozanatli kontsentratsiyalarga to‘rtta doza yuborilganidan so‘ng erishiladi. O‘rtacha cho‘qqi va minimal muvozanatli kontsentratsiyalarga 200 mg ofloksatsin 7 kun davomida har 12 soatda vena ichiga yuborilganidan so‘ng erishiladi va muvofiq ravishda 2,9 va 0,5 mkg/ml ni tashkil qiladi. Ofloksatsin organizmning to‘qimalariga (bronxial sekretga, safroga, ko‘z yoshi va orqa miya suyuqligiga, prostata beziga, siydikka) yaxshi o‘tadi. Jigarda (5%) metabolizmga uchraydi. Ofloksatsinning yarim chiqarilish davri 6-7 soatga teng. Buyrak orqali o‘zgarmagan holda 80%, taxminan 4% safro bilan, faol moddaning ozgina qismigachasi chiqariladi, faol moddaning oz miqdori me’da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi. 200 mg dozada bir marta yuborilgandan keyin siydikda 20-24 soat davomida aniqlanadi.

Ofloksatsinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan quyidagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini: nafas yo‘llarining infektsiyalari (bronxit, pnevmoniya);LOR-a’zolari infektsiyalari (sinusit, o‘rta otit, traxeit/pnevmokokkli infektsiyalardan tashqari);teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari;suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari;qorin bo‘shlig‘ining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari, shu jumladan o‘t chiqarish yo‘llarining infektsiyalari;buyrak infektsiyalari (piyelonefrit), siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (tsistit, uretrit);kichik chanoq a’zolarining infektsiyalari (endometrit, salpingit, ooforit, tservitsit, parametrit, prostatit) va jinsiy a’zolarning infektsiyalari (kolpit, orxit, epididimit);gonoreya;xlamidioz;sepsis;immun holatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda infektsiyalarni oldini olish (shu jumladan neytropeniya) da qo‘llanadi.

Vena ichiga tomchilab yuboriladi. Dozalar infektsiyani joylashishi va kechishini og‘irligiga, shuningdek mikroorganizmlarning sezgirligi, bemorning umumiy holati hamda jigar va buyraklarning faoliyatiga qarab shaxsiy tanlanadi. Vena ichiga tomchilab yuborishni 200 mg li bir martalik dozadan boshlanadi, u 30-60 minut davomida asta-sekin yuboriladi. Bemorning holati yaxshilanganida xuddi shu sutkalik dozada preparatni peroral qabul qilishga o‘tiladi. Siydik-chiqarish yo‘llarining infektsiyalari – 100 mg sutkada 1-2 marta, buyraklar va jinsiy a’zolarning infektsiyalari – 100 mg dan 200 mg gacha sutkada 2 marta, nafas yo‘llari, shuningdek LOR-a’zolarining infektsiyalari, teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari, suyak va bo‘g‘imlarning infektsiyalari, qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari, bakterial enterit, septik infektsiyalarda – 200 mg dan sutkada 2 marta. Zarurat tug‘ilganida doza sutkada 2 marta 400 mg gacha oshiriladi. Immunitetini yaqqol pasayishi bo‘lgan bemorlarda infektsiyalarni oldini olish uchun sutkada – 400-600 mg dan. Gemodializda va peritoneal dializda – 100 mg dan har 24 soatda. Jigar yetishmovchiligida maksimal sutkalik doza – sutkada 400 mg. Buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 20 dan 50 ml gacha) bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llashlar soni sutkada 2 marta bo‘lganida bir martalik doza o‘rtacha dozaning 50% ni tashkil etishi lozim yoki to‘liq bir martalik doza sutkada 1 marta yuboriladi. KK minutiga 20 ml dan kam bo‘lganida boshlang‘ich bir martalik doza – 200 mg, so‘ngra – har 24 soatda 100 mg ni tashkil qiladi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: gastralgiya, ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm, qorinda og‘riq, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, xolestatik sariqlik, soxtamembranoz enterokolit. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, harakatlarning ishonchsizligi, tremor, tirishishlar, qo‘l-oyoqlarni uvishishi va paresteziyalar, ko‘p tush ko‘rish, “dahshatli” tush ko‘rish, psixotik reaktsiyalar, bezovtalik, qo‘zg‘alish holati, fobiyalar, depressiyalar, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, bosh miya ichki bosimini oshishi. Tayanch-harakat apparati tomonidan: tendinit, mialgiya, artralgiya, tendosinovit, paylarni uzilishi. Sezgi a’zolari tomonidan: rang ajratishni buzilishi, diplopiya, ta’m, hid sezishni, eshitish va muvozanatni buzilishi. Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, kollaps, arterial bosimni pasayishi (vena ichiga yuborilganida; arterial bosim keskin pasayganida yuborish to‘xtatiladi). Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, allergik pnevmonit, allergik nefrit, eozinofiliya, isitma, angionevrotik shish, bronxospazm, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan, Stivens-Djonson sindromi) va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), vaskulit, anafilaktik shok. Teri qoplamlari tomonidan: nuqtali qon quyilishlari (petexiyalar), bullyoz gemorragik dermatit, tomirlarni shikastlanishidan dalolat beruvchi po‘stloqli papulyoz toshma (vaskulit). Qon yaratish a’zolari tomonidan: leykopeniya, agranulotsitoz, anemiya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, gemolitik va aplastik anemiya. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: o‘tkir interstitsial nefrit, buyrak faoliyatini buzilishi, giperkreatininemiya, mochevina kontsentratsiyasini oshishi. Boshqalar: ichak disbakteriozi, superinfektsiya, fotosensibilizatsiya, gipoglikemiya (qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda), vaginit. Mahalliy reaktsiyalar: og‘riq, yuborilgan joyda giperemiya, tromboflebit.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, tutqanoq (shu jumladan anamnezdagi), tirishish bo‘sag‘asini pasayishi (shu jumladan bosh miya jarohati, insult yoki markaziy nerv tizimidagi yallig‘lanish jarayonlaridan so‘ng); 18 yoshgacha bo‘lgan bemorlar (skeletni o‘sishi hali to‘xtamagan), homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Teofillinning klirensini 25% ga pasaytiradi (bir vaqtda qo‘llanganida teofillinning dozasini kamaytirish kerak). Plazmada glibenklamidning kontsentratsiyasini oshiradi. Tsimetidin, furosemid, metotreksat va buyrak naychalari sekretsiyasini bloklovchi preparatlar – plazmada ofloksatsinning kontsentratsiyasini oshiradi. K vitaminining antagonistlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, qon ivish tizimi holatini nazoratini amalga oshirish lozim. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, nitroimidazol va metilksantinlarning hosilalari bilan birga buyurilganida, neyrotoksik samaralarni rivojlanish xavfi oshadi. Glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda buyurilganida, ayniqsa keksa odamlarda, paylarni uzilish xavfi oshadi. Siydikni ishqoriylashtiradigan preparatlar (karboangidraza ingibitorlari, tsitratlar, natriy bikarbonati) bilan birga buyurilganida kristalluriyani va nefrotoksik samaralarning xavfi oshadi. Quyidagi infuzion eritmalar bilan to‘g‘ri keladi: natriy xloridining izotonik eritmasi, Ringer eritmasi, fruktozaning 5% eritmasi, dekstrozaning 5% eritmasi. Geparin bilan, pretsipitatsiya xavfi tufayli aralashtirish mumkin emas. Ftorxinolonlarni QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar bilan birga buyurilganda, QT intervalini uzayishi kuzatiladi.

Pnevmokokklar tomonidan chaqirilgan pnevmoniyada tanlov preparati bo‘lib hisoblanmaydi. O‘tkir tonzillitni davolashda qo‘llanmaydi. Quyosh nurlari, ultrabinafsha nurlanish (simob-kvartsli lampalar, solyariy) ta’sirida bo‘lish tavsiya etilmaydi. Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlar, allergik reaktsiyalar, soxtamembranoz kolit paydo bo‘lgan hollarda preparatni bekor qilish kerak. Kolonoskopik va/yoki gistologik jihatdan isbotlangan soxtamembranoz kolitda, vankomitsin va metronidazolni peroral buyurish ko‘rsatilgan. Ofloksatsin qo‘llanganida kam yuz beradigan tendinit, ayniqsa keksa patsiyentlarda, paylarni uzilishiga (asosan axillov payini) olib kelishi mumkinligini hisobga olish lozim. Tendinit belgilari paydo bo‘lgan hollarda, zudlik bilan davolashni to‘xtatish, axillov payini immobilizatsiya qilish va ortoped bilan maslahatlashish lozim. Davolanish davrida etanol iste’mol qilish mumkin emas. Preparat qo‘llanganida, kandidozni rivojlanishini yuqori xavfi tufayli, ayollarga gigiyenik tamponlarni ishlatish tavsiya etilmaydi. Davolash fonida miasteniyaning kechishini yomonlashishi, moyil patsiyentlarda porfiriya xurujlarini tezlashishi yuz berishi mumkin. Tuberkulyozning bakteriologik diagnostikasida soxta manfiy natijalarga olib kelishi mumkin (Mycobacterium tuberculosis ni ajratib chiqarilishiga to‘sqinlik qiladi). Jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda ofloksatsinning plazmadagi kontsentratsiyasini nazorat qilib turish kerak. Og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligida zaharli samaralarni rivojlanish xavfi oshadi. Davolanish davrida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalarni tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Simptomlari: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, tormozlanish, dezoriyentatsiya, uyquchanlik, qusish. Davolash: me’dani yuvish, simptomatik davolash.

Retsept bo‘yicha

Infuziya uchun 2 ml/ml eritma. 100 ml dan polietilen flakonlarda. 1 flakon polipropilen paketlarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

2 yil.