Nojo‘ya ta’sirlarni rivojlanishining quyidagi reytingi ishlatilgan: juda keng tarqalgan (10%), keng tarqalgan (1% – 10%), tez – tez uchramaydigan (0,1% – 1%), kam (0,01%- 0,1%), juda kam (0,01% dan kamroq) alohida holatlar.
Nerv tizimi tomonidan tez–tez uchramaydigan – qo‘zg‘alish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquni buzilishi/uyqusizlik; kam – psixotik reaktsiyalar (masalan, gallyutsinatsiya), bezovtalik holati, ongni chalkashishi, yorqin yoki “dahshatli“ tush ko‘rishlar, depressiya, uyquchanlik, paresteziya, ta’mli va hid sezishni buzilishi kabi periferik sezuvchanlik buzilishlari, rang sezishni buzilishi, diplopiya.
juda kam – quloqlarni shang‘illashi va eshitishni yo‘qotilishi kabi eshitishni buzilishlari, tutqanoq hurujlari, ekstrapiramid buzilishlar yoki mushak koordinatsiyasini boshqa buzilishlari, giperteziya, tremor, tirishishlar, sensor yoki sensor – motor periferik neyropatiya; alohida hollar – patsiyent uchun xavfli xulq bilan psixotik suitsidga moyillik, bosh miya ichki bosimini oshishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam – arterial bosimni uzayishi, yurak qorinchalari aritmiyasi, shuningdek, “piruet” turdagi qorinchalar taxisistolik aritmiyasi.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: tez–tez uchramaydigan – ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq; kam – anorektsiya, qorin dam bo‘lishi, enterokolit, bu alohida hollarda gemorratik bo‘lishi mumkin; juda kam – psevdomembranoz kolit.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: kam – alaninaminotransferaza (ALT), aspartataminotransferaza (AST), laktatdegidrogenaza (LDG), gamma-glutamiltransferaza (GGT) kabi “jigar” fermentlarining faolligini oshishi va/yoki ishqoriy fosfataza, va/yoki qonda billirubin kontsentratsiyasini oshishi; juda kam –xolestatik sariqlik; alohida hollar – gepatit.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam – giperkreatinemiya, qonda mochevina kontsentratsiyasini oshishi; juda kam – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi; alohida hollar – interstitsial nefrit.
Harakat–tayanch apparati tomonidan: kam – tendinit; juda kam –artralgiyalar, mialgiyalar, pay uzilishi axillov paylari); alohida hollar – rabdomioliz va/yoki miopatiya; og‘ir psevdoparalitik miasteniyasi bor patsiyentlarda katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan mushak holsizligi.
Qon yaratish a’zolari tomonidan: juda kam – anemiya (shu jumladan gemolitik), leykopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya; alohida hollar – agranulotsitoz, pantsitopeniya, suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishi.
Allergik reaktsiyalar.
tez-tez uchramaydigan – qichishish, teri toshmasi, ko‘zlarda achishish, quruq yo‘tal, rinit; kam – eshakemi, angionevrotik shish, bo‘g‘ilish/bronxospazm kabi anafilaktik/ anafilaktoid reaktsiyalar; giperemiya, ko‘p terlash, papulez toshma;