Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: gastralgiya, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, diareya, meteorizm, abdominal og‘riqlar, jigar transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, xolestatik sariqlik, soxtamembranoz enterokolit.
Nerv tizimi va sezgi a’zolari tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, harakatlarning ishonchsizligi, tremor, tirishishlar, oyoqlarni uvishishi va paresteziyalar, ko‘p tush ko‘rish, “dahshatli tush” ko‘rish, psixotik reaktsiyalar, bezovtalik, qo‘zg‘alish holati, fobiyalar, depressiyalar, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, bosh miya ichki bosimini oshishi; rang ajratishni buzilishi, diplopiya, ta’m, hid sezishni va eshitishni buzilishi.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: tendinit, mialgiya, artralgiya, tendosinovit, paylarni uzilishi.
Yurak-qon tomirlari va qon tizimi (qon yaratish, gemostaz) tomonidan: taxikardiya, arterial bosimni pasayishi (vena ichiga yuborilganida; arterial bosim keskin pasayganida yuborish to‘xtatiladi), vaskulit, kollaps; leykopeniya, agranulotsitoz, anemiya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, gemolitik va aplastik anemiya.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, terini qichishi, eshakemi, allergik pnevmonit, allergik nefrit, eozinofiliya, isitma, Kvinke shishi, bronxospazm, Stivens-Djonson va Layell sindromi, fotosensibilizatsiya, ko‘p shaklli eritema, kam xollarda – anafilaktik shok.
Teri qoplamlari tomonidan: nuqtali qon quyilishlari (petexiyalar), gemorragik bullyoz dermatiti, tomirlarni shikastlanishidan dalolat beruvchi po‘stloqli papulyoz toshma (vaskulit).
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: o‘tkir interstitsial nefrit, buyrak funktsiyasini buzilishi, giperkeratininemiya, mochevina miqdorini oshishi.
Boshqalar: disbakterioz, superinfektsiya, gipoglikemiya (qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda), vaginit.