Ofloksatsin–NGPretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: ofloksatsin (100% li moddaga qayta xisoblanganda) – 400 mg; yordamchi moddalar: laktoza – 42,42 mg; tibbiy pastmolekulyar polivinilpirrolidon – 4,6 mg.

Preparatning savdo nomi:

Ofloksatsin–NGP

Farmakalogik guruhi:

antibakterial sintetik vositalar (ftorxinolonlar guruhi).

deyarli oq yoki och-sarg‘ish tusli oq rangli kukun bilan to‘ldirilgan, oq yoki oq-pushti rangli, № 0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar.

antibakterial sintetik vositalar (ftorxinolonlar guruhi).

J01MA01

Preparat ichga qabul qilinganidan so‘ng, me’da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq (95%) so‘riladi. Qondagi maksimal kontsentrasiyasiga 1-2 soatdan keyin erishiladi va bu dozaga bog‘liq (bir marta 200-400 mg qabul qilinganidan so‘ng u muvofiq 2,5mkg/ml va 5 mkg/ml ni tashkil qiladi) bo‘ladi. Ovqat preparatning so‘rilishini sekinlashtirishi mumkin, ammo uning biokirishaolishligiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi. Biokirishaolishligi – 96% dan yuqori, qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi unchalik katta emas- taxminan 25%, taxminiy taqsimlanish hajmi – 100 ml tashkil qiladi. Preparat katta taqsimlanish hajmiga ega, shuning uchun yuborilgan preparatning deyarli barcha miqdori hujayra ichiga erkin kirishi orqali organizmni a’zolari, to‘qimalari va suyuqliklarida (o‘pkalar, o‘t pufagi, teri, LOR-a’zolari, suyaklar, siydik-jinsiy a’zolari, prostata) yuqori kontsentratsiyalar barpo qiladi. Gematoentsefalik va yondosh to‘sig‘idan o‘tadi, ko‘krak suti bilan chiqadi. Jigarda taxminan 15% N-oksidofloksatsin va dimetilofloksatsin hosil qilib metabolizmga uchraydi. Preparatning yarimchiqarilish davri 6-7 soatni tashkil qiladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 80-90% buyrak orqali o‘zgarmagan holda, taxminan 4% esa ahlat bilan chiqariladi.

Preparatga sezgir bo‘lgan mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infektsion yallig‘lanish kasalliklari: nafas yo‘llarning infektsiyalari (pnevmokokokk infektsiyasi hollaridan tashqari);LOR-a’zolarining infektsiyalari;ginekologik infektsiyalar (kolpit, adneksit, tservitsit, salpingooforit, endometrit, parametrit, shu jumladan gonokokklar, xlamidiyalar chaqirgan);siydik-jinsiy yo‘llarning infektsiyalari (buyrak, prostata bezi, uretra, shu jumladan gonokokk tabiyatli);qorin bo‘shlig‘i va safro chiqarish yo‘llarning infektsiyalari ;teri, yumshoq to‘qimalar, suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari ;septitsemiya, meningitlarda qo‘llaniladi.

Ichga qo‘llanadi. Preparat dozasi individual, infektsiyaning og‘irlik darajasiga va joylashuviga, hamda mikroorganizmlarning sezgirligiga, bemorning umumiy holatiga va jigar va buyrak faoliyatiga qarab tanlanadi. Tabletkalar chaynamasdan, suv bilan, butunligicha, ovqatdan oldin ham, ovqatdan keyin ham qabul qilinadi. Preparatning o‘rtacha sutkalik dozasi kattalar uchun 200 mg dan 800 mg gacha bo‘lib, kuniga 2 marta qabul qilinadi. Davolash kursining davomiyligi 7-10 kunni tashkil qiladi. Sutkada 400 mg gacha bo‘lgan dozani 1 qabulda, ertalab buyurish avzalroq. Nafas yo‘llari, teri va yumshoq to‘qimalarning  infektsion kasalliklarida: kuniga 2 marta 200 mg dan buyuriladi. Asoratlangan infektsiya hollarida dozani sutkada 800 mg gacha oshirish mumkin. Buyrak va  siydik-jinsiy yo‘llarning infektsiyalarida: 100-200 mg dan sutkada 1-2 marta, kasallikning og‘irligiga qarab buyuriladi. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda: maksimal sutkalik doza – 400 mg. O‘tkir asoratsiz gonoreyada ofloksatsinning 400 mg dozasini 1 marta qabul qilish mumkin. Buyrakning faoliyatini buzilgan patsiyentlarda: Kreatinin klirensi minutiga 50-20 ml bo‘lganida, bir martalik doza, o‘rtacha dozaning 50% ni tashkil qilish kerak, kuniga 2 marta buyurilganida yoki to‘liq bir martalik doza sutkada 1 marta yuboriladi. Kreatinin klirensi minutiga 20ml dan kam bo‘lganida, bir martalik doza – 200 mg ni, so‘ngra sutkada 100 mg dan kunorani tashkil qiladi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, depressiya, quvvatsizlik, bezovtalik hissi, uyquning buzilishi, qo‘zg‘alish, qaltirash. Kam: mushak tirishishlari, qo‘l va oyoqlarning paresteziyalari, gallyutsinatsiyalar (bunday reaktsiyalar preparatni darhol bekor qilishni talab qiladi); Sezgi a’zolari tomonidan: diplopiya, yorug‘likni sezishni buzilishi, ta’m, hid, eshitish va muvozanatni buzilishi; Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘rig‘i, ishtahani yo‘qolishi, meteorizm, vaqtinchalik jigar transaminazalari faolligini va bilirubin darajasini oshishi, soxta membranoz kolit; Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: krastallouriya, kam xollarda: o‘tkir interstitsial nefrit, qon plazmasida mochevina va kreatinin miqdorini birmuncha oshishi bilan azotni ajratib chiqarish faolliyatini buzilishi; Qon yaratilish tizimi tomonidan: leykopeniya, agranulotsitoz, eozinofiliya, trombotsitopeniya, yakka hollarda: gemolitik anemiya, pantsitopeniya; Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, fotosensibilizatsiya, bronxospazm, kam- angionevrotik shish, Kvinke shishi, artralgiyalar, juda kam – anafilaktik shok; Boshqalar: artralgiyalar, mialgiyalar, tendinitlar, tendinosinovitlar yoki paylarning uzilishi, gipoklikemiya kuzatilishi mumkin (qandli diabetli bemorlarda).

Ofloksatsin va boshqa ftorxinolon hosilalariga yuqori sezuvchanlik yeki o‘zlashtiraolmaslik;glyukoza-6-fosfatdegidrogeneza tanqisligi;tutqanoq;tirishish bo‘sag‘asi past bo‘lgan markaziy nerv tizimining shikastlanishlari (kala suyagi-miya jarohatlaridan, insultdan, bosh miyaning yallig‘lanish kasalliklaridan keyingi);homiladorlik, laktatsiya;bolalar va o‘smir yoshdagilar (18 yoshgacha);

Temir preparatlari, sukralfat yoki magniy, alyuminiy, kaltsiy saqlovchi antitsid vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash, ofloksatsinning so‘rilishini pasayishiga olib keladi. Shuning uchun bu preparatlarni buyurish orasidagi vaqt 2-4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak;Nosteroid yallig‘lanishiga qarshi preparatlar, nitroimidazol, metilksantin hosilalari bilan birga qo‘llanganida, neyrotoksik ta’sirinining rivojlanishini xavfi oshadi;Glyukokortikoidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, ayniqsa keksa odamlarda, paylarning uzilishini xavfi oshadi;Siydikni ishqoriylashtiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda (karboangidraza ingibitorlari, tsitratlar, natriy bikarbonati) buyurilganida kristalluriya va nefrotoksik samaralarining xavfi oshadi;Tsimetidin, probenitsid, furosemid yoki metotreksat bilan bir vaqtda qabul qilish, qon plazmasida preparatning kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi;K vitaminning antagonistlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ivishi tizimini nazorat qilish kerak;Peroral diabetga qarshi vositalari, insulin bilan bir vaqtda buyurilganida gipoglikemiya bo‘lishi mumkin.

Preparat anamnezida tirishish hurujlari bo‘lgan patsiyentlarga, miya tomirlarining kasalliklari, miya qon aylanishini buzilishi, markaziy nerv tizimining organik shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarga buyurilganida ehtiyotkorlikga rioya qilish kerak; Davolash vaqtida yoki davolashdan keyin og‘ir va uzoq muddatli diareya paydo bo‘lganida, soxta membranoz kolit tashxisini istisno qilish kerak, u darxol preparatni bekor qilishni va tegishli davolashni buyurishni talab qiladi; Jigar va buyrakning faoliyati buzilgan bemorlarda ofloksatsinning qon plazmasida  kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak. Og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligida zaharli samaralarining rivojlanishining xavfi oshadi, shuning uchun preparatning dozasini to‘g‘irlash lozim; Porfiriyaga moyilligi bo‘lgan bemorlarni davolash fonida porfiriya hurujlarining tezlashishi mumkin; Preparat qo‘llanganida terining fotosensibilizatsiyasi mumkinligi tufayli, ultrabinafsha nurlarining ta’siridan saqlanish kerak; Preparat patsiyentlarning avtotransportni boshqarish qobiliyatini buzishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, tormozlanish, qusish. Davolash: me’dani yuvish, ichki a’zolar tomonidan o‘zgarishlarni to‘g‘irlashga yo‘naltirilgan dezintoksikatsion, desensibilizatsiyalovchi va simptomatik davolash. Maxsus antidoti noma’lum.

Retsept bo‘yicha

Kapsulalar 400 mg dan, №10 kontur uyali o‘ramda (blisterda)..

3 yil.