Oflokortretsept bilan rasmini ko'rish

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ofloksatsin

Preparatning savdo nomi:

Oflokort

Farmakalogik guruhi:

Antibiotik (ftorxinolonlar guruhi).

Dori shakli:

infuziya uchun eritma.

tiniq och-sariq rangli eritma.

Antibiotik (ftorxinolonlar guruhi).

J01MA01

Floksurolning 200 mg bir martalik infuziyasidan keyin 60 minut ichida uning qondagi maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) 2,7 mkg/ml ni, yuborilgandan 12 soatdan keyin esa 0,3 mkg/ml ni tashkil qiladi. Muvozanat teng kontsentratsiyalarga 4 infuziyadan so‘ng erishiladi. Floksurolni vena ichiga (v/i) 200 mg dozada har 12 soatda 7 kun davomida yuborilganda, uning o‘rtacha maksimal va minimal muvozanat kontsentratsiyalari muvofiq ravishda 2,9 va 0,5 mkg/ml ni tashkil qiladi. Floksurol organizmning ko‘pgina to‘qima va suyuq muhitlariga keng kiradi: hujayralar (leykotsitlar, alveolyar makrofaglar), so‘lak, bronxial shilliq, safro, ko‘z yosh va orqa miya suyuqligi, yiring, o‘pka, yumshoq to‘qimalar, suyaklar, qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a’zolari, prostata bezi hamda teri. GET (gematoentsefaolik to‘siq), yo‘ldosh to‘sig‘idan yaxshi o‘tadi, ko‘krak suti bilan chiqariladi. Bosh miya qobig‘ining yallig‘langan va yallig‘lanmagan holatlarida orqa miya suyuqligiga o‘tadi (14-60%). Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 20-25% ni tashkil qiladi.

nafas yo‘llari infektsiyalari (bronxit, pnevmoniya);LOR-a’zolari infektsiyalari (sinusit, faringit, o‘rta otit (shu jumladan o‘tkir va surunkali bakterial tashqi va o‘rta otit, quloq pardasi perforatsiyasi yoki timpanopunktsiya bilan kechuvchi otit, laringit, traxeit);teri va yumshoq to‘qimalar infektsiyalari (furunkulyoz, saramas kasalligi, yotoq yaralari, infektsiyalangan jarohatlar) (Staphylococcus aureus, Streptococcus pyogenes ili Proteus mirabilis);suyak va bo‘g‘imlar infektsiyalari (osteomiyelit);qorin bo‘shlig‘i, me’da-ichak yo‘llari va o‘t chiqarish yo‘llari infektsiyalari (bakterial enteritdan tashqari);buyraklar (piyelonefrit) va siydik chiqaruv yo‘llari (tsistit, uretrit (gonokokksiz turi – Chlamydia trachomatis chaqirgan) (Citrobacter diversus, Enterobacter aerogenes, Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa)) infektsiyalari;kichik chanoq (endometrit, salpingit, oforit, tservitsit (gonokokksiz turi – Chlamydia trachomatis chaqirgan), parametrit, prostatit) va jinsiy a’zolar (kolpit, orxit, epididimit, mikoplazmoz) infektsiyalari;xlamidioz;septitsemiya;meningit;tuberkulyoz (majmuaviy davolash tarkibida);tuberkulyoz va o‘pka fibrozi fonidagi respirator infektsiyalar;immun holati buzilishi bo‘lgan bemorlarda infektsiyalar oldini olish uchun (shu jumladan neytropeniyada);shigillyoz va salmonellyoz;ko‘ruv a’zolari infektsiyalari (muguz pardaning bakterial yarasi, kon’yunktivit, blefarit, meybomit (govmichcha), dakriotsistit, keratit, ko‘zning xlamidiyali infektsiyalari);yot moddalarni olib tashlash va ko‘z jarohati yuzasidan o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng operatsiyadan keyingi davrdagi infektsiyalarni oldini olish uchun qo‘llanadi.

Preparat v/i tomchilab yuboriladi (sekin yuborish kerak, oqim bilan yuborish tavsiya qilinmaydi). Doza kasallik og‘irligi, infektsiya turi, organizm holati, bemorning yoshi, vazni va buyrak faoliyatiga qarab aniqlanadi. Davolashni 200 mg preparatni v/i (30-60 minut davomida) yuborish bilan boshlanadi. Davolash davomiyligi kasallikning kechishiga bog‘liq va ko‘p hollarda 7-10 kunni tashkil qiladi (quyi siydik yo‘llarining asoratsiz infektsiyalarida davolash kursi 3-5 kun tashkil qiladi). Preparatni bemorning harorati va umumiy ahvoli yaxshilanganidan so‘ng yana 3 kun davomida yuborish kerak. Bemorning holati yaxshilanganidan so‘ng, davolashni, preparatning peroral shaklida, xuddi shunday sutkalik dozada davom ettirish tavsiya etiladi. Davolash davomiyligi 2 oydan oshmasligi kerak. siydik chiqaruv yo‘llari infektsiyalarida preparat 100 mg dan sutkasiga 1-2 marta buyuriladi;buyrak va jinsiy azolar infektsiyalarida preparat 100 mg dan 200 mg gacha, sutkasiga 2 marta buyuriladi;nafas yo‘llari, shuningdek LOR-a’zolari infektsiyalari, teri va yumshoq to‘qimalar, suyak va bo‘g‘imlar, qorin bo‘shlig‘i infektsiyalari, septik infektsiyalarda 200 mg dan sutkasiga 2 marta buyuriladi;zarur holatlarda doza sutkasiga 2 marta 400 mg gacha oshiriladi;immuniteti yaqqol pasaygan bemorlarda infektsiyalar oldini olish uchun sutkasiga 400-600 mg dan buyuriladi; zarur holatlarda v/i tomchilatib 200 mg dan 5% li dekstroza eritmasida yuboriladi. Infuziya davomiyligi 30 minut. Bolalar. Bunda sutkalik o‘rtacha doza tana vaznidan 7,5 mg/kg, maksimal – 15 mg/kg ni tashkil qiladi.

Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, allergik pnevmonit, allergik nefrit, eozinofiliya, isitma, angionevrotik shish (Kvinke shishi), bronxospazm, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan xavfli eksudativ eritema yoki Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), fotosensibilizatsiya, anafilaktik shok. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, AB (arterial bosim) ning pasayishi (AB ning keskin pasayishida yuborish to‘xtatiladi), vaskulit, kollaps. Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qat’iyatsiz harakatlar, tremor, tirishishlar, qo‘l va oyoqlar uvushishi hamda parasteziyasi, jadal tush kurishlar, tungi dahshatlar, psixotik reaktsiyalar, havotorlik, psixomotor qo‘zg‘alishi, fobiyalar, depressiya, ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, bosh miya ichi bosimining oshishi. Sezgi a’zolari tomonidan: rang ajratishning buzilishi, diplopiya, ta’m, hid bilish va muvozanatning buzilishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: gastralgiya, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm, abdominal og‘riqlar, jigar transaminazalari faolligining oshishi, giperbilirubinemiya, xolestatik sariqlik, sohtamembranoz enterokolit. Siydik chiqaruv tizimi tomonidan: o‘tkir interstitsial nefrit, buyrak faoliyatining buzilishi, giperkreatininemiya, mochevina miqdorining oshishi, vaginit. Tayanch-harakat tizimi tomonidan: tendinit, mialgiyalar, artralgiyalar, tendosinovit, pay uzilishi. Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniiya, agranulotsitoz, anemiya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, gemolitik va aplastik anemiya. Dermatologik reaktsiyalar: nuqtali qon quyilishlari, bullyoz gemorragik dermatit, tomirlar jarohatlanganidan dalolat beruvchi papulyoz toshma (vaskulit). Mahalliy reaktsiyalar: og‘riq, yuborish joyidagi og‘riq, tromboflebit. Boshqalar: holsizlik, disbakterioz, superinfektsiya, gipoglikemiya (qandli diabeti mavjud bemorlarda).

preparatga yoki boshqa xinolonlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik;glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi;tutqanoq (shu jumladan anamnezda);tirishish bo‘sag‘asini pasaishi bilan kechuvchi MNT (markaziy nerv tizimi) jarohatlanishi (shu jumladan bosh miya jarohatlaridan, insult yoki MNT dagi yallig‘lanish jarayonlaridan so‘ng);anamnezida ftorxinolonlar bilan bog‘liq bo‘lgan paylarning jarohatlanishi;homiladorlik va laktatsiyada qo‘llash mumkin emas.

Teofillin bilan bir vaqtda qo‘llanganida ofloksatsin uning klirensini 25% ga kamaytiradi (bir vaqtda qo‘llanganida teofillinning dozasini kamaytirish lozim).Tsimetidin, furosemid, metotreksat va kanalchalar sekretsiyasini bloklovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ofloksatsinning qondagi kontsentratsiyasi oshadi.Ofloksatsin glibenklamidning plazmadi kontsentratsiyasini oshiradi.Bilvosita antikoagulyantlar – K vitamini antagonistlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ivish tizimini nazorat qilish lozim.NYAQV (nosteroid yalig‘lanishga qarshi vositalar), nitroimidazol hosilalari va metilksantinlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida neyrotoksik samaralarning rivojlanish havfi oshadi.GKS (glyukokortikosteroidlar) bilan bir vaqtda qo‘llanganida, ayniqsa keksalarda, paylarning uzilish havfi oshadi.Siydikni ishqoriylashtiruvchi preparatlar bilan qo‘llanganida (karboangidraza ingibitorlari, tsitratlar, natriy bikarbonati) kristalluriya va nefrotoksik samaralar havfi oshadi.Ofloksatsinning prokainamid bilan bir vaqtda qo‘llanilishi prokainamidning qondagi miqdori oritishiga olib keladi.Ofloksatsin antigipertenziv vositalar yoki anesteti vositalar, barbituratlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida, ba’zi holatlarda arterial to‘satdan pasayib ketishini kuzatish mumkin.Ofloksatsinni yuqori dozalarda kanalchalar sekretsiyasi orqali chiqariluvchi dori vositalari bilan bir vaqtda yuborilishi, ular chiqarilishining kamayishi hisobiga plazmatik kontsentratsiyalari oshishiga olib kelishi mumkin.Varfarin yoki uning hosilalari bilan bir vaqtda yuborilganida protrombin vaqtini kuzatish yoki ivishga oid boshqa tekshiruvlarni o‘tkazish kerak.Diabetga qarshi peroral vositalar, insulin bilan bir vaqtda yuborilganida gipoglikemiya yoki giperglikemiya bo‘lishi mumkin.Ofloksatsinni beta-laktam antibiotiklar, aminoglikozidlar va metronidazol bilan bir vaqtda qo‘llaganda o‘zaro additiv ta’sir kuzatiladi.Tsimetidinning qo‘llanilishi ba’zi xinolonlarning yarim chiqarilish davrini azmincha darajada oshiradi.Tsiklosporin va ofloksatsin bir vaqtda qo‘llanilganida, tsiklosporinning zardobdagi kontsentratsiyasi oshadi.Xinolonning ko‘pchilik mikroblarga qarshi preparatlari tsitoxrom R450 ning ferment faolligini ingibitsiya qiladi. Ba’zi preparatlarning (masalan tsiklosporin, teofilin, metilksantil, varfarin va boshqalar) ofloksatsin bilan bir vaqtda qo‘llanilishi, ularning yarim chiqarilish davrini oshirishi mumkin.Probenetsid va ofloksatsinning bir vaqtda qo‘llanilishi, buyraklarning chiqaruvchi kanalchalariga ta’sir ko‘rsatadi.Farmatsevtik o‘zaro ta’siri Ofloksatsin eritmasi quyidagi infuzion eritmalar bilan mutanosib: natriy xloridining izotonik eritmasi, Ringer eritmasi, fruktozaning 5% li eritmasi, dekstrozaning (glyukozaning) 5% li eritmasi.

Ofloksatsin pnevmokokklar chaqiradigan pnevmoniyada tanlov muvofiq preparati hisoblanmaydi, o‘tkir tonzillitni davolashda qo‘llanilmaydi va sifilisni davolashda samarali emas. Tuberkulyozning bakteriologik tashxisida soxta manfiy natijalar paydo bo‘lishi mumkin (Mycobacterium tuberculosis ajralishiga to‘sqinlik qiladi). Gonoreyani qisqa davolash vaqtida yuqori dozada qo‘llaniladigan mikroblarga qarshi preparatlar sifilisning inkubatsiya davrini niqoblash yoki sekinlashtirish mumkin. Gonoreyali barcha bemorlar, tashxis davrida sifilisga nisbatan serologik ttekshiruvdan o‘tishlari lozim. Ofloksatsin qabul qilayotgan bemorlar uch oydan keyin serologik tekshiruvdan o‘tishlari lozim. Preparatni qo‘llash fonida etanol iste’mol qilish mumkin emas. V/i tez yuborilganda AB pasayishi mumkin. Ikki oydan ortiq ishlatish tavsiya qilinmaydi. Preparatni qo‘llash fonida quyosh va UB nurlaridan saqlanish lozim. Kam uchraydigan tendenit, ayniqsa keksa bemorlarda payning uzilishiga olib kelishi mumkin (asosan axill payining). Tendenit belgilari paydo bo‘lganida davolash darxol to‘xtatiladi, axill payining immobilizatsiyasi amalga oshiriladi va ortoped maslahatlanish kerak. Diabeti  bo‘lgan va ofloksatsin bilan birga gipoglikemik preparatlar yoki insulin qabul qilayotgan bemorlarda glyukozaning qondagi darajasi buzilishi mumkin, shu jumladan simptomatik giperglikemiya va gipoglikemiya. Bunday bemorlarning qondagi glyukoza darajasini diqqat bilan nazorat qilish lozim.  Agar ofloksatsin bilan davolashni boshlagan bemorlarda gipoglikemik reaktsiyalar namoyon bo‘lsa, uni qo‘llashni to‘xtatish lozim. Preparatni qo‘llash vaqtida kandidozning (molochnitsa) rivojlanish xavfi oshishi sababli ayollarga qin tamponlarini ishlatish tavsiya qilinmaydi. Davolash fonida moyilligi mavjud bemorlarda miasteniyaning kechishi yomonlashi, porfiriya xurujlari jadallashishi mumkin. Xinolonning barcha preparatlari kabi ofloksatsinni MNT faoliyati buzilishi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki uning qabuli tutqanoq hurujiga sabab bo‘lishi mumkin. Jigar yoki buyrak faoliyati buzilganida ofloksatsinning qondagi kontsentratsiyasini nazorat qilish lozim. Og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligida toksik samaralar havfi oshadi (dozani kamaytirish talab qilinadi). Kristalluriyadan saqlanish uchun bemorlar yetarlicha suv iste’mol qilishlari lozim. Og‘ir va/yoki uzoq muddatli diareyani davolash vaqtida va/yoki davolashdan keyin preparat berilishini bekor qiluvchi va tegishli davolashni (ichga vankomitsin, teykoplanin yoki metronidazol) talab qiluvchi sohta membranoz kolit tashxisini istisno qilish lozim. Ofloksatsin preparatga chidamli mikroorganizmlar ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkilamchi infektsiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Bolalarda, taxmin qilinadigan klinik samaradorligi va nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish ehtimolini hisobga olgan holda preparatni, faqat hayot uchun havfli infektsiyalarda, kamroq toksiklikka ega bo‘lgan preparatlarni qo‘llash mumkin bo‘lmaganda qo‘llaniladi.

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Avtomobilni boshqarishda va yuqori diqqat va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi  boshqa potentsial xavfli faoliyat turlarida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim

O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Retsept bo‘yicha

Infuziya uchun 200 mg/100 ml eritma 100 ml, 200 ml dan flakonlarda.

2 yil.