Oflodretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir 100 ml quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: Ofloksatsin – 200 mg. Yordamchi moddalar: natriy xloridi, EDTA dinatriy, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ofloksatsin

Preparatning savdo nomi:

Oflod

Farmakalogik guruhi:

ftorxinolonlar guruhi  mikroblarga qarshi vosita.

Dori shakli:

Infuziya uchun eritma

Och sariq rangli, yashil tusli, tiniq eritma

ftorxinolonlar guruhi  mikroblarga qarshi vosita.

J01MA01

200 mg ofloksatsinni bir marta vena ichiga 60 minutli infuziyasidan so‘ng, plazmadagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi 2,7 mkg/ml ni tashkil qiladi; yuborilganidan so‘ng 12 soatdan keyin kontsentratsiya 0,3 mkg/ml ga teng bo‘ladi. Muvozanatli kontsentratsiyalarga to‘rtta doza yuborilganidan so‘ng erishiladi. O‘rtacha cho‘qqi va minimal muvozanatli kontsentratsiyalarga 200 mg ofloksatsin 7 kun davomida har 12 soatda vena ichiga yuborilganidan so‘ng erishiladi va muvofiq ravishda 2,9 va 0,5 mkg/ml ni tashkil qiladi. Ofloksatsin organizmning to‘qimalariga (bronxial sekretga, safroga, ko‘z yoshi va orqa miya suyuqligiga, prostata beziga, siydikka) yaxshi o‘tadi. Jigarda (5%) metabolizmga uchraydi. Ofloksatsinning yarim chiqarilish davri 6-7 soatga teng. Buyrak orqali o‘zgarmagan holda 80%, taxminan 4% safro bilan, faol moddaning ozgina qismi  gachasi chiqariladi, faol moddaning oz miqdori me’da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi. 200 mg dozada bir marta yuborilgandan keyin siydikda 20-24 soat davomida aniqlanadi.

Ofloksatsinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan quyidagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini: Quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari (bronxit, pnevmoniya), pnevmokokk infektsiyasi holatlari yoki unga shubha qilingan holatlar bundan istisno (Streptococcus pneumonia ning ayrim shtammlari ofloksatsinga faqat qisman sezgirdir, shuning uchun ushbu qo‘zg‘atuvchi chaqirgan kasalxonadan tashqari pnevmoniyada birinchi qator preparati sifatida foylanilmasligi lozim);LOR-a’zolari infektsiyalari (sinusit, faringit, o‘rta otit, laringit, traxeit) β-gemolitik streptokokklar chaqirgan o‘tkir tonzilit bundan istisno (β-gemolitik streptokokklarning ayrim shtammlari ofloksatsinga faqat qisman sezgirdir, shuning uchun β-gemolitik streptokokklar chaqirgan o‘tkir tonzilitda birinchi qator preparati sifatida foylanilmasligi lozim);teri va yumshoq to‘qimalarning;suyaklar (osteitlar, osteomiyelitlar) vabo‘g‘imlarning infektsiyalari;qorin bo‘shlig‘ining a’zolari va o‘t chiqarish yo‘llarining infektsiyalaribuyrak va quyi siydik chiqarish yo‘llarining, prostata bezi infektsiyalari va uretralar;jinsiy a’zolar va kichik chanoq a’zolarining infektsiyalari (pelvioperitonit, endometrit, salpingit, ooforit, to‘mtoq ovalli abtsesslar);septitsemiyaimmun holati buzilgan bemorlardagi infektsiyalarni oldini olishda qo‘llaniladi.

Vena ichiga tomchilab yuboriladi. Dozalar infektsiyani joylashishi va kechishini og‘irligiga, shuningdek mikroorganizmlarning sezgirligi, bemorning umumiy holati hamda jigar va buyrakning funktsiyasiga qarab shaxsiy tanlanadi. Vena ichiga tomchilab yuborishni 200 mg li bir martalik dozadan boshlanadi, u 30-60 minut davomida asta-sekin yuboriladi. Bemorning holati yaxshilanganida xudi shu sutkalik dozada preparatni peroral qabul qilishga o‘tiladi. Siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari – 100 mg sutkada 1-2 marta, buyrak va jinsiy a’zolarning infektsiyalari – 100 mg dan 200 mg gacha sutkada 2 marta, nafas yo‘llari, shuningdek LOR-a’zolarining infektsiyalari, teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari, suyak va bo‘g‘imlarning infektsiyalari, qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari, bakterial enterit, septik infektsiyalarda – 200 mg dan sutkada 2 marta. Zarurat tug‘ilganida doza sutkada 2 marta 400 mg gacha oshiriladi. Immunitetini yaqqol pasayishi bo‘lgan bemorlarda infektsiyalarni oldini olish uchun sutkada – 400-600 mg dan. Gemodializda va peritoneal dializda – 100 mg dan har 24 soatda. Jigar yetishmovchiligida maksimal sutkalik doza – sutkada 400 mg. Buyrak funktsiyasini buzilishi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 20 dan 50 ml gacha) bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llashlar soni sutkada 2 marta bo‘lganida bir martalik doza o‘rtacha dozaning 50% ni tashkil etishi lozim yoki to‘liq bir martalik doza sutkada 1 marta yuboriladi. KK minutiga 20 ml dan kam bo‘lganida bir martalik boshlang‘ich doza – 200 mg, so‘ngra – kun ora sutkada 100 mg ni tashkil qiladi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: gastralgiya, ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, diareya, meteorizm, qorinda og‘riqlar, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, xolestatik sariqlik, soxtamembranoz kolit. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, harakatlarning ishonchsizligi, tremor, tirishishlar, oyoqlarni uvishishi va pareteziyalar, ko‘p tush ko‘rish, “dahshatli” tush ko‘rish, psixotik reaktsiyalar, bezovtalik, qo‘zg‘alish holati, fobiyalar, depressiya, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, bosh miya ichki bosimini oshishi. Tayanch-harakat apparati tomonidan: tendinit, mialgiyalar, artralgiya, tendosinovit, paylarni uzilishi. Sezgi a’zolari tomonidan: rang ilg‘ashni buzilishi, diplopiya, ta’m, hid sezishni, eshitish va muvozanatni buzilishi. Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, kollaps, arterial bosimni pasayishi (arterial bosim keskin pasayganida yuborish to‘xtatiladi). Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, allergik pnevmonit, allergik nefrit, eozinofiliya, isitma, angionevrotik shish, bronxospazm; ko‘pshaklli eksudativ eritema (shu jumladan, Stivens-Djonson sindromi) va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), vaskulit,  anafilaktik shok. Teri qoplamlari tomonidan: nuqtali qon quyilishlari (petexiyalar), bullyoz gemorragik dermatit, tomirlarni shikastlanishidan dalolat beruvchi po‘stloqli papulyoz toshma (vaskulit). Qon yaratish a’zolari tomonidan: leykopeniya, agrunalotsitoz, anemiya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, gemolitik va aplastik anemiya. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: o‘tkir interstitsial nefrit, buyrak funktsiyasini buzilishi, giperkreatininemiya, mochevina kontsentratsiyasini  oshishi. Boshqalar: ichak disbakteriozi, superinfektsiya, fotosensibilizatsiya, gipoglikemiya (qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda), vaginit. Mahalliy reaktsiyalar: og‘riq, yuborilgan joyda giperemiya, tromboflebit kuzatilishi mumkin.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, glyukozo-6-fosfatdegitrogenaza tanqisligi, tutqanoq (shu jumladan anamnezdagi), tirishish bo‘sag‘asini pasayishi (shu jumladan bosh miya jarohati, insult yoki markaziy nerv tizimidagi yallig‘lanish jarayonlaridan so‘ng); 18 yoshgacha bo‘lgan bemorlar (skeletni o‘sishi hali to‘xtamagan), homiladorlik, laktatsiya davri, ilgari ftorxinolonlar bilan davolash o‘tkazilganida paylarni yirtilishida qo‘llash mumkin emas.

Teofillinning klirensini 25% ga pasaytiradi (bir vaqtda qo‘llanganida teofillinning dozasini kamaytirish lozim). Plazmada glibenklamidning kontsentratsiyasini oshiradi. Tsimetidin, furosemid, metotreksat va buyrak naychalari sekretsiyasini bloklovchi preparatlar – plazmada ofloksatsinning kontsentratsiyasini oshiradi. K vitaminining antagonistlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, qon ivish tizimi holatini nazoratini amalga oshirish lozim. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, nitroimidazol va metilksantinlarning hosilalari bilan birga buyurilganida, neyrotoksik samaralarni rivojlanishi xavfi oshadi. Glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda buyurilganida, ayniqsa keksa odamlarda, paylarni uzilish xavfi oshadi. Siydikni ishqoriylashtiradigan dori vositalari (karboangidraza ingibitorlari, tsitratlar, natriy gidrokarbonati) bilan birga buyurilganida kristalluriyani va nefrotoksik samaralarning xavfi oshadi. Quyidagi infuzion eritmalar bilan mutanosib: 0,9% li natriy xloridi eritmasi, Ringer eritmasi, fruktozaning 5% li eritmasi, dekstrozaning 5% li eritmasi. Geparin bilan, pretsipitatsiya xavfi tufayli aralashtirish mumkin emas. Ftorxinolonlar bilan birga buyurilganda, QT intervalini uzayishi kuzatiladi.

Pnevmokokklar tomonidan chaqirilgan pnevmoniyada tanlov preparati bo‘lib hisoblanmaydi. O‘tkir tonzillitni davolashda qo‘llanmaydi. Quyosh nurlari yoki ultrabinafsha nurlanish (simob-kvartsli lampalar, solyariy) ta’sirida bo‘lish tavsiya etilmaydi. Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlar, allergik reaktsiyalar, soxtamembranoz kolit paydo bo‘lgan hollarda preparatni bekor qilish kerak. Kolonoskopik va/yoki gistologik jihatdan isbotlangan soxtamembranoz kolitda, vankomitsin va metronidazolni peroral buyurish ko‘rsatilgan. Ofloksatsin qo‘llanganida kam hollarda yuz beradigan tendinit, ayniqsa keksa patsiyentlarda, paylarni uzilishiga (asosan axillov payini) olib kelishi mumkinligini hisobga olish lozim. Tendinit belgilari paydo bo‘lgan hollarda, zudlik bilan davolashni to‘xtatish, axillov payini immobilizatsiya qilish va ortoped bilan maslahatlashish lozim. Davolanish davrida etanol iste’mol qilish mumkin emas. Preparat qo‘llanganida, molochnitsani rivojlanishini yuqori xavfi tufayli, ayollarga gigiyenik tamponlarni ishlatish tavsiya etilmaydi. Davolanish fonida miasteniyaning kechishini yomonlashishi, moyil patsiyentlarda porfiriya xurujlarini tezlashishi yuz berishi mumkin. Tuberkulezning bakteriologik diagnostikasida soxta manfiy natijalarga olib kelishi mumkin (Mycobacterium tuberculosis ni ajratib chiqarilishiga to‘sqinlik qiladi). Jigar yoki buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarda ofloksatsinning plazmadagi kontsentratsiyasini nazorat qilib turish kerak. Og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligida zaharli samaralarni rivojlanish xavfi oshadi. Davolanish davrida avtotransportni xaydash va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Homiladorlikda ofloksatsinni qo‘llash mumkin emas. Ofloksatsinni ko‘krak sutiga chiqarilishi tufayli, bola uchun xavf sababli preparatni emizikli ayollarda qo‘llash mumkin emas. Preparatni qo‘llanilishining majburiy zarurati holatida ushbu vaqtda emizishni to‘xtatish lozim.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Simptomlari: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, tormozlanish, dezoriyentatsiya, tirishishlar, uyquchanlik, qusish, shilliq qavatlarning ta’sirlanishi simptomlari. Davolash: jadallashgan diurez, simptomatik davolash.

Shifokor retsepti bo‘yicha

100 ml preparat plastik flakonda. Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton korobkada.

3 yil.