Nohush samaralari organizm tizimlari va mutloq tez-tezligi bo‘yicha sanab o‘tilgan.
Tez-tezligi quyidagicha aniqlangan: tez-tez (>1/100, <1/10); ba’zida (>1/1000, <1/100); kam g‘ollarda (>1/10000, <1/1000); juda kam hollarda(<1/10000).
Qon yaratish tizimi tomonidan: tez-tez emas – trombotsitopeniya, leykopeniya, eozinofiliya, qon ketishi vaqtini uzayishi; kam hollarda– neytropeniya, shu jumladan og‘ir darajali; juda kam hollarda– trombotik trobotsitopenik purpura (TTP), aplastik anemiya, pantsitopeniya, agranulotsitoz, og‘ir darajali trombotsitopeniya, granulotsitopeniya, anemiya.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh miya ichki qon quyilishlari (o‘lim bilan yakunlangan bir necha holatlar haqida xabar berilgan), bosh og‘rig‘i, paresteziyalar, bosh aylanishi; juda kam hollarda – gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kam – vaskulit, arterial gipotenziya.
Nafas tizimi tomonidan: juda kam hollarda – nafas yo‘llarinidan qon ketishi (qon tupurish, o‘pkadan qon ketishi), bronxospazm, interstitsial pnevmonit.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – diareya, qorinda og‘riq, dispepsiya; tez-tez emas – me’da va o‘n ikki barmoq ichak yaralari, gastrit, qusish, ko‘ngil aynishi, qabziyat, meteorizm; juda kam hollarda – me’da-ichak yo‘llaridan va qorin parda orti qon ketishlari, ba’zida o‘lim bilan yakunlanadigan, pankreatit, kolit (shu jumladan yarali yoki limfotsitar kolit), stomatit, jigar faoliyati ko‘rsatkichlarini buzilishi, gepatit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez emas – toshma, teri qichishishi, terida qon talashishlar (purpura); kam hollarda – bullyoz dermatit (toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema), angionevrotik shish, eritematoz toshma, eshakemi, ekzema, yassi temiratki; juda kam hollarda– gemorragiyalar.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: kam hollarda – skelet mushakdan qon ketishi (gemartrozlar), artrit, artralgiya, mialgiya.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: tez-tez emas – gematuriya; kam hollarda – glomerulonefrit, kreatinin miqdorini oshishi.
Sezgi a’zolari tomonidan: tez-tez emas – ko‘z ichki qon quyilishlari (kon’yunktival, retinal).
Allergik reaktsiyalar: juda kam hollarda – zardob kasalligi, anafilaktoid reaktsiyalar, operatsiyadan keyingi yaralarni qonuvchanligi.
Boshqalar: kam hollarda – isitma.