Nurofen dlya detey rasmini ko'rish

Tarkibi:

5 ml Nurofen® dlya detey suspenziyasi quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 100 mg ibuprofen, yordamchi moddalar: 0,5 mg polisorbat 80, 0,5 ml glitserol, 1,625 ml maltitol siropi, 10 mg natriy saxarinati, 20 mg limon kislotasi, 25,45 mg natriy tsitrati, 37,5 mg ksantan kamedi, 5,5 mg natriy xloridi, 0,5 mg domifen bromidi, 12,5 mg apelsin aromatizatori 2M16014 yoki qulupnay aromatizatori 500244Е, tozalangan suv 5 ml gacha

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ibuprofen

Preparatning savdo nomi:

Nurofen dlya detey

Farmakalogik guruhi:

nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYAQP)

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun suspenziya [apelsinli, qulupnayli]

siropsimon konsistentsiyali, apelsin yoki qulupnay hidili, oq yoki deyarli oq rangli suspenziya.

nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYAQP)

So‘rilishi – yuqori, me’da-ichak yo‘llari (MIY) dan tez va deyarli to‘liq so‘riladi (qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 90%). Preparatni och qoringa qabul qilingandan so‘ng ibuprofen qon plazmasida 15 minutdan so‘ng aniqlanadi, ibuprofenning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi (Smax) ga 60 minutdan keyin erishiladi. Preparatni ovqat bilan birga qabul qilish maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqtini (TSmax)  1-2 soatgacha oshirishi mumkin. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 2 soat. Bo‘g‘imlar bo‘shlig‘iga sekin kiradi, plazmadagiga nisbatan yuqoriroq kontsentratsiyani hosil qilib, sinovial to‘qimada tutib qolinadi. So‘rilganidan so‘ng farmakologik faol bo‘lmagan R-shaklining taxminan 60% faol S-shakliga asta-sekin aylanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Buyrak orqali (o‘zgarmagan holda ko‘pi bilan 1%) va kamroq darajada safro bilan chiqariladi. Cheklangan tadqiqotlarda ibuprofen ko‘krak sutida juda past kontsentratsiyalarda aniqlangan.

Nurofen® dlya detey suspenziyasi 3 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkir respirator kasalliklarda (shu jumladan grippda) isitma tushiruvchi vosita sifatida, bolalardagi infektsiyalarda, tana haroratini oshishi bilan kechuvchi boshqa infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida va emlashdan keyingi reaktsiyalarda simptomatik davolash uchun qo‘llanadi. Preparat kuchsiz va o‘rtacha og‘irlikdagi og‘riq sindromida simptomatik og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida, shuningdek tish og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i, migren, nevralgiyalar, quloqlardagi og‘riq, tomoqdagi og‘riq, pay cho‘zilishidagi og‘riqlar, mushak og‘riqlari, revmatik og‘riqlar, bo‘g‘imlardagi og‘riqlarda qo‘llanadi. Preparat og‘riqni kamaytirish va qo‘llash vaqtidagi yallig‘lanishni simptomatik davolash uchun mo‘ljallangan, kasallikni rivojlanishga ta’sir qilmaydi.

Nurofen® dlya detey – suspenziyasi bolalar uchun maxsus ishlab chiqarilgan. Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Me’dani yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni ovqatlanish vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi. Faqat qisqa muddat qo‘llash uchun. Preparatni qabul qilishdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing. Iste’mol qilishdan oldin flakonni yaxshilab chayqating. Preparat dozasini aniq o‘lchash uchun qulay bo‘lgan o‘lchov shprits ilova qilinadi. 5 ml preparat 100 mg ibuprofen yoki 1 ml 20 mg ibuprofen saqlaydi. O‘lchov shpritsini ishlatish: O‘lchov shpritsini flakon bo‘yniga zich qo‘ying. Flakonni tubi bilan yuqoriga aylantiring va suspenziyani shpritsga kerakli belgigacha tortib, porshenni pastga asta torting. Flakonni oldingi holatiga qaytaring va shpritsni ehtiyotkorlik bilan burab oling. Shpritsni og‘iz bo‘shlig‘iga joylang va suspenziyani asta chiqarib porshenni sekin bosing. Iste’moldan keyin shpritsni issiq suv bilan yuving va bola ololmaydigan joyda uni quriting. Isitma va og‘riq: Bolalar uchun dozalash bolaning yoshi va tana vazniga bog‘liq. Maksimal sutkalik doza preparatni qabul qilish orasidagi interval 6-8 soat bo‘lib, bola tana vazniga 30 mg/kg dan oshmasligi kerak. 3-6 oylik bolalar (bola vazni 5 kg dan 7,6 kg gacha): 24 soat davomida 3 marta 2,5 ml (50 mg) dan, lekin sutkada 7,5 ml (150 mg) dan ortiq emas. 6-12 oylik bolalar (bola vazni 7,7-9 kg): 24 soat davomida 3-4 marta 2,5 ml (50 mg) dan, lekin sutkada 10 ml (200 mg) dan ortiq emas. 1-3 yoshli bolalar (bola vazni 10-16 kg): 24 soat davomida 3 marta 5,0 ml (100 mg) dan, lekin sutkada 15 ml (300 mg) dan ortiq emas. 4-6 yoshli bolalar (bola vazni 17-20 kg): 24 soat davomida 3 marta 7,5 ml (150 mg) dan, lekin sutkada 22,5 ml (450 mg) dan ortiq emas. 7-9 yoshli bolalar (bola vazni 21-30 kg): 24 soat davomida 3 marta 10 ml (200 mg) dan, lekin sutkada 30 ml (600 mg) dan ortiq emas. 10-12 yoshli bolalar (bola vazni 31-40 kg): 24 soat davomida 3 marta 15 ml (300 mg) dan, lekin sutkada 45 ml (900 mg) dan ortiq emas. Davolash davomiyligi – 3 kundan ortiq emas. Ko‘rsatilgan dozani oshirmang. Agar preparat qabul qilingandan keyin 24 soat davomida (3-5 oylik bolalarda) yoki 3 kun davomida (6 oylik va undan katta bolalarda) simptomlar saqlansa yoki kuchaysa, davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur. Postimmunizatsion isitma: 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarga: 2,5 ml (50 mg) dan preparat. Zarurati bo‘lganida 6 soatdan keyin yana 2,5 ml (50 mg). 24 soat davomida 5 ml (100 mg) dan ortiq qabul qilmang.

Agar preparatni qisqa kurslarda, simptomlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan minimal samarali dozada qabul qilinsa, nojo‘ya samaralarni yuz berish xavfini minimumga yetkazish mumkin. Nojo‘ya samaralar asosan dozaga bog‘liqdir. Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaktsiyalar ibuprofenni sutkada 1200 mg dan oshmaydigan dozalarda qisqa muddat davomida qabul qilinganda aniqlangan. Surunkali holatlarni davolaganda va uzoq muddat qo‘llanganda boshqa nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin Nojo‘ya reaktsiyalarni yuz berish tez-tezligini baholash quyidagi mezonlarga asosan amalga oshirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma’lum (tez-tezligini baholash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q). Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar Juda kam hollarda: qon yaratilishini buzilishi (anemiya, leykopeniya, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, agranulotsitoz). Bunday buzilishlarning birinchi belgilari bo‘lib isitma, tomoqda og‘riq, og‘iz bo‘shlig‘ida yuza yaralar, grippsimon simptomlar, kuchli holsizlik, burundan qon ketish va teri osti qon quyilishlari, noma’lum etiologiyali qon ketishlari va noma’lum etiologiyali ko‘karishlar hisoblanadi. Immun tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari – nospetsifik allergik reaktsiyalar va anafilaktik reaktsiyalar, nafas olish yo‘llari tomonidan reaktsiyalar (bronxial astma, shu jumladan uni zo‘rayishi, bronxospazm, hansirash, dispnoe), teri reaktsiyalar (qichishish, eshakemi, purpura, Kvinke shishi, eksfoliativ va bullez dermatozlar, shu jumladan toksik epidermal nekroliz, Layell sindromi, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema), allergik rinit, eozinofiliya.Juda kam hollarda: yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari, shu jumladan yuz, til va hiqildoq shishi, hansirash, taxikardiya, arterial gipotenziya (anafilaksiya, Kvinke shishi yoki og‘ir anafilaktik shok). Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, dispepsiya.Kam hollarda: diareya, meteorizm, qabziyat, qusish.Juda kam hollarda: peptik yaralar, me’da-ichakdan qon ketishi yoki teshilishi, melena, qon aralash qusish, yarali stomatit, gastrit.Tez-tezligi noma’lum: kolitni zo‘rayishi va Kron kasalligi Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Juda kam hollarda: jigar faoliyatini buzilishi. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Juda kam hollarda: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (kompensvatsiyalangan va dekompensatsiyalangan), ayniqsa qon plazmasida mochevina kontsentratsiyasini oshishi va shishlarni paydo bo‘lishi bilan birga uzoq muddat qo‘llanganda, papillyar nekroz. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i.Juda kam hollarda: aseptik meningit (autoimmun kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda). Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tezligi noma’lum: yurak yetishmovchiligi, periferik shish, uzoq muddat qo‘llanganida trombotik asoratlar xavfini oshishi (masalan, miokard infarkti), arterial bosimni oshishi. Nafas tizimi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar Tez-tezligi noma’lum: bronxial astma, bronxospazm, hansirash. Boshqalar Juda kam hollarda: shishlar, shu jumladan periferik shish. Laboratoriya ko‘rsatkichlari gematokrit yoki gemoglobin (kamayishi mumkin)qon ketish vaqti (oshishi mumkin)qon plazmasida glyukozaning kontsentratsiyasi (pasayishi mumkin)kreatinin klirensi (kamayishi mumkin)kreatininning plazma kontsentratsiyasi (oshishi mumkin)“jigar” transaminazalar faolligi (oshishi mumkin) Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

Preparatning tarkibiga kiruvchi ibuprofenga yoki har qanday komponentga yuqori sezuvchanlik.Bronxial astma, burun yoki burun oldi bo‘shliqlarining qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYAQP ni o‘zlashtirolmaslikni to‘liq yoki noto‘liq qo‘shilib kelishi.NYAQP ni qabul qilinishi oqibatida qo‘zg‘algan anamnezdagi me’da-ichak yo‘llaridagi yaradan qon ketishi yoki perforatsiya.Me’da-ichak yo‘llari a’zolarining eroziv-yarali kasalliklari (shu jumladan me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, Kron kasalligi, yarali kolit) yoki faol bosqichida yoki anamnezida yaradan qon ketishi (yara kasalliklari yoki yaradan qon ketishining ikki yoki undan ortiq shikastlangan epizodlari).Og‘ir jigar yetishmovchiligi yoki faol fazadagi jigar kasalligi.Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/min), tasdiqlangan giperkaliyemiya.Dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, aortokoronar shuntlash o‘tkazilgandan keyingi davr.Tserebrovaskulyar yoki boshqa qon ketishlari.Gemofiliya qon ivishining boshqa buzilishlari (shu jumladan gipokoagulyatsiya), gemorragik diatezlar.Homiladorlik (III uch oylik).Fruktozani o‘zlashtirolmaslikTana vazni 5 kg gacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ibuprofenni quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik kerak: Atsetilsalitsil kislotasi: shifokor tomonidan buyurilgan atsetilsalitsil kislotasining past dozalari (ko‘pi bilan sutkada 75 mg) dan tashqari, chunki birga qo‘llash nojo‘ya samaralarni yuz berish xavfini oshirishi mumkin. Bir vaqtda qo‘llanganda ibuprofen atsetilsalitsil kislotasining yallig‘lanishga qarshi va antiagregant ta’sirini pasaytiradi (antiagregant vosita sifatida atsetilsalitsil kislotasining kichik dozalarini qabul qilayotgan patsiyentlarda, ibuprofenni qabul qilish boshlangandan keyin o‘tkir koronar yetishmovchilikni rivojlanish tezligi oshishi mumkin).Boshqa NYAQP, shu jumladan TsOG-2 ning selektiv ingibitorlari: NYAQP guruhiga mansub ikki va undan ortiq preparatlarni bir vaqtda qo‘llashdan, nojo‘ya samaralarni yuz berish xavfi oshishi mumkinligi tufayli bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak. Quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak: Antikoagulyantlar va trombolitik preparatlar: NYAQP antikoagulyantlarning, xususan, varfarinning va trombolitik preparatlarning samarasini kuchaytirishi mumkin.Antigipertenziv vositalar (AAF ingibitorlari va angiotenzia II antagonistlari) va diuretiklar: NYAQP bu guruh preparatlarning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Diuretiklar va AAF ingibitorlari NYAQP ning nefrotoksikligini oshirishi mumkin.Glyukokortikosteroidlar: MIY da yaralarni hosil bo‘lish va me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari xavfi oshadi.Antiagregantlar va serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari: me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishlarini yuz berish xavfi oshadi.Yurak glikozidlari: NYAQP va yurak glikozidlarini bir vaqtda buyurilishi yurak yetishmovchiligini og‘irlashishiga, buyrak kalavalari filtratsiyasi tezligini pasayishiga va qon plazmasida yurak glikozidlarining kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.Litiy preparatlari: NYAQP ni qo‘llash fonida qon plazmasida litiyning kontsentratsiyasini oshish ehtimoli to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.Metotreksat: NYAQP ni qo‘llash fonida qon plazmasida metotreksatatning kontsentratsiyasini oshish ehtimoli to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.Tsiklosporin: NYAQP va tsiklosporinni bir vaqtda buyurilganda nefrotoksiklik xavfi oshadi.Mifepriston: NYAQP ni qabul qilishni, mifepriston qabul qilingandan keyin kamida 8-12 kundan so‘ng boshlash lozim, chunki NYAQP mifepristonning samaradorligini pasaytirishi mumkin.Takrolimus: NYAQP va takrolimus bir vaqtda buyurilganda nefrotoksiklik xavfi oshishi mumkin.Zidovudin: NYAQP va zidovudinni bir vaqtda qo‘llanishi gepatotoksiklikni oshishiga olib kelishi mumkin. Zidovudin va ibuprofenni birga qo‘llab davolangan gemofiliyasi bo‘lgan, OITV-musbat patsiyentlarda gemartroz va gematomalarni yuz berishining yuqori xavfi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.Xinolon qatori antibiotiklari: NYAQP va xinolon qatori antibiotiklarini birga qabul qilayotgan patsiyentlarda tirishishlarni yuz berish xavfi oshishi mumkin.

Preparatni maksimal ravishda iloji boricha qisqa kurslarda va simptomlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan minimal samarali dozada qabul qilish tavsiya etiladi. Uzoq muddatli davolanish vaqtida periferik qon manzarasini va jigar hamda buyrakning funktsional holatini nazorat qilish kerak. Gastropatiya belgilari paydo bo‘lganida ezofagogastroduodenoskopiya, qon umumiy tahlilini (gemoglobin miqdorini aniqlash), ahlatda yashirin qon borligi yuzasidan tahlilini o‘z ichiga oluvchi sinchkov nazorat ko‘rsatilgan. 17-ketosteroidlarni aniqlash zarurati tug‘ilganida, tekshirishdan 48 soat oldin preparatni bekor qilish kerak. Davolanish davrida etanolni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparat tarkibida maltitol bo‘lganligi sababli fruktozani o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. Nurofen® dlya detey preparatni qandli diabeti bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin, chunki preparat qand saqlamaydi. Bo‘yovchilar saqlamaydi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari lozim, chunki buyrakning funktsional holatini yomonlashish xavfi mavjud bo‘ladi. Gipertoniyasi, shu jumladan anamnezida gipertoniyasi va/yoki surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari lozim, chunki preparat organizmda suyuqlikni tutilishini, arterial bosimni oshishini va shishlarni chaqirishi mumkin.

Preparatni homiladorlikning III uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Preparatni homiladorlikning I-II uch oyliklarida yoki emizish davrida qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim. Ibuprofen oz miqdorda ko‘krak sutiga o‘tishi to‘g‘risida ma’lumotlar bor, bu emizikli bolaning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda

Bolalarda dozani oshirib yuborish simptomlari tana vazniga 400 mg/kg dan ortiq dozani qabul qilgandan keyin yuz berishi mumkin. Kattalarda dozani oshirib yuborish simptomlarini dozaga bog‘liqligi kamroq namoyon bo‘ladi. Doza oshirib yuboilganda preparatni yarim chiqarilish davri 1,5-3 soatni tashkil etadi. Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq, kamroq hollarda – diareya, quloqni shang‘illashi, bosh og‘rig‘i, me’da-ichakdan qon ketishi. Og‘irroq hollarda markaziy nerv tizimi tomonidan ko‘rinishlar: uyquchanlik, kam hollarda – qo‘zg‘alish, tirishishlar, dezoriyentatsiya, koma kuzatiladi. Og‘ir zaharlanish hollarida metabolik atsidoz va protrombin vaqtini oshishi, buyrak yetishmovchiligi, jigar to‘qimasini shikastlanishi, arterial bosimni pasayishi, nafasni susayishi va tsianoz rivojlanishi mumkin. Bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda bu kasallik zo‘rayishi mumkin. Davolash: nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash sharti, EKG va hayot faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini patsiyentning holati normallashguniga qadar monitoringini o‘tkazish bilan simptomatik bo‘lishi kerak. Faollashtirilgan ko‘mirni peroral qo‘llash yoki ibuprofenning potentsial toksik dozasi qabul qilingandan keyin 1 soatdan so‘ng me’dani yuvish tavsiya etiladi. Agar ibuprofen so‘rilib bo‘lgan bo‘lsa, ibuprofenning kislotali hosilasini buyrak orqali chiqarish maqsadida ishqoriy suyuqliklarni ichish, jadallashtirilgan diurez buyurilishi mumkin. Tez-tez kuzatiladigan yoki davomli tirishishlarni diazepam yoki lorazepamni vena ichiga yuborib bartaraf etish kerak. Bronxial astmani kechishi yomonlashganda bronxodilatatorlarni qo‘llash tavsiya etiladi.

Retseptsiz

Ichga qabul qilish uchun suspenziya [apelsinli, qulupnayli] 100 mg/5 ml. Past zichlikdagi polietilen yoki polipropilen prokladka qopqoqchali 100 ml, 150 ml yoki 200 ml suspenziya saqlovchi polietilentereftalat flakon. Har bir flakon shprits-dozator bilan majmuada qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga  joylanadi.

3 yil. Flakon ochilgandan keyign 6 oy davomida ishlatilsin.